Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


IX-BOB. FIRMANING ICHKI VA TASHQI BOZORDAGI BIZNES



Download 1,92 Mb.
bet7/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,92 Mb.
#738424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   69
Bog'liq
Biznesni tadqiq etish

IX-BOB.

FIRMANING ICHKI VA TASHQI BOZORDAGI BIZNES
STRATEGIYASINI TANLASH.........................................................


9.1.

Kompaniyaning marketing dasturini ishlab chiqish...........................


9.2.

Korxonaning bozorga tomon yo’naltirilgan ishlab chiqarish, savdo, sotish, moliya funktsiyalarini o’zaro bog’liqligi....................


9.3.

Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi va asosiy bo’limlari........................... ........................... ........................... ...........................



Tayanch tushunchalar.......................................................................................



Muhokama uchun savollar..............................................................................



Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati........................... ...........................

KIRISH


Mamlakatimizda 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi. Bu o’z navbatida faol tadbirkorlikni aynan innovatsion texnologiyalarga mos holda rivojlantirishga hamda innovatsion g’oyalarga asoslangan holda olib borishlarini taqozo etadi. Albatta bunday faoliyatni yo’lga qo’yish eng avvalo biznes sohasidagi zamonaviy tadqiqotlarni olib borishni zaruriyatini tug’diradi. Ma’lumki, bugungi kunda biznes faoliyati bilan shug’ullanayotganlar innovatsion taraqqiyotning global o’zgarishlariga, jumladan, ijtimoiy, texnologik va iqtisodiy tarkibiy o’zgarishlariga to’qnash kelmoqdalar. Bu o’z navbatida ular faoliyatida yangi va ko’plab o’rganilmagan biznesning o’ziga xos qirralarni va jahon taraqqiyotidagi biznes sohasidagi olib borayotgan tadqiqotlarni chuqur o’rganishni taqozo etmoqda. Global o’zgarishlarga javoban iqtisodchi olimlar, yirik mutaxassislar va amaliyotchi tadbirkorlar bunday tarkibiy o’zgarishlarga ta’sir etuvchi korxonani yanada zamon talablariga mos ravishda mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlarning innovatsion usullarini topishga harakat qilmoqdalar. Erkin raqobat asosida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli to’xtovsiz ortib bormoqda.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotni yaratish, jamiyatning ijtimoiy barqarorligini asosi hisoblanuvchi o’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, raqobat muhitini vujudga keltirish va barqaror iqtisodiy o’sishga erishishda muhim omil bo’lib hisoblanadi. Respublikamizda iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil etish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularni rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Lekin bugungi kunda O’zbekistonda bu sohada hali ishga solinmagan juda katta salohiyat va imkoniyatlar mavjud ekanini, dunyodagi taraqqiy topgan davlatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yalpi ichki mahsulot hajmida etakchi va hal qiluvchi o’rinni egallayotganini inobatga oladigan bo’lsak, bu yo’nalishda hali qiladigan ishlarimiz naqadar ko’pligi ayon bo’lib bormoqda. O’zbekiston Respublikasida 2018 yil “Faol tadbir-korlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili” e’lon qilinishi fikrimizning amaliy isboti sifatida keltirib o’tish mumkin.
Mamlakatimizda tadbirkorlik jadal rivojlanib borayotgan bo’lsada, mazkur sohani yanada rivojlantirish yo’llarini aniqlash va ustuvor yo’nalishlarini belgilash bo’yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda. Mamlakatimiz uchun bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining tadbirkorlik faoliyati masalalari yangilik emas. Respublikamiz uchun yangilik iqtisodiyotni bozor qonunlari talablar asosida shakllantirib, ishlab chiqarishni erkin raqobat muhitida olib borishdir. Tadbirkorlik iqtisodiyot sub’ektlarining mavjud iqtisodiy, tabiiy, mehnat va intellektual salohiyatlarini oqilona sarflab, samaraliroq natijalarga erishishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, u bozor munosabatlari rivojlanishi oxiroqibatida iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuchga aylanadi.
Har qanday mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari muhim rol o’ynaydi. Bizning mamlakat ham bu ma’noda istisno emas, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish bugungi kunda mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga olib chiqilgan. Bu respublikamizda amaldagi me’yoriy huquqiy asoslarni mustahkamlash va ushbu sohada islohotlarni jadallashtirish, zamonaviy talablariga javob beradigan iqtisodiy – huquqiy asoslarni mustahkamlash iqtisodiyotning ushbu sektori uchun kreditlar va imtiyozlar barqaror tizimini shakllantirish bo’yicha qabul qilingan choralarni yaqqol namoyish etadi. Kichik biznes korxonalari faoliyatida marketing faoliyatini qo’llashning eng muhim tomoni, korxonaning iste’molchilar bilan to’g’ridanto’g’ri muloqotda bo’lish zaruriyati va imkoniyatidir. Shuning uchun ham kichik biznes faoliyatida marketing funktsiyasi bozorni tashkil etishdan boshlab, sotuv oldi va sotuvdan keyingi xizmatlarni tashkil etishgacha o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Bu esa o’z navbatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxo-nalari faoliyatida biznes faoliyatini tahlil etish usullarini takomillash-tirish va shu orqali
ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarining sifatini oshirish, raqobatbardoshligini ta’minlash muammolari juda muhim, dolzarb masalalardan ekanligini anglatadi.
O’quv qo’llanma mazkur vazifalarni oz bo’lsada bajarishga qaratilgan harakatlardandir. Chunki, unib kelayotgan yosh avlod kelajakda o’z sohasi bo’yicha biznes faoliyatini olib borayotganda va iste’molchilar bozoriga masulot ishlab chiqarish yoki xizmatning yangi turlarini yaratishda albatta biznesning tadqiqot usullarini mukammal o’zlashtirishni zarur bo’ladi. Shuningdek, o’quv qo’llanmani tanishish barobarida biznesni tadqiq etishni tashkil qilish, biznesni tadqiq etish usullarini tanlash, biznesda raqobat ustunligini ta’minlash kontseptsiyasi, biznes jarayonini tahlil qilishda axborot tizimlari, firmaning biznes faoliyatini strategik rejalashtirish, raqobat bozorining jozibadorligini tahlil qilish va talabni o’rganish, biznesda bozor kon’yunkturasini o’rganishning asosiy yo’nalishlari, firmaning ichki va tashqi bozordagi biznes strategiyasini tanlashning mamlakatimiz va xorij adabiyotlaridan foydalanilgan amaliy, taxliliy, qiyosiy taxlil jihatlariga duch keladi. Bu o’z navbatida talabada biznesning hali ochilmagan qirralari yanada mukammal o’zlashtirishga hamda biznes faoliyatini olib borishda zarur bo’ladigan vazifalar ijrosini amalda mustaqil qo’llashga zamin yaratadi.

Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish