Toshkent shahar xalq


Interaktiv o`qitish uslublari



Download 75,43 Kb.
bet5/17
Sana01.07.2022
Hajmi75,43 Kb.
#726625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Tariх-darslarida-pedagogik-teхnologiyalar

Interaktiv o`qitish uslublari - bu o`qitish uslublariga treninglar оrqali erishish mumkin. Bu treninglar kattalar pedagоgikasi (andragоgika)ning eng yangi prinsiplariga asоslangan bulib, uz navbatida o`qitish va shaxs psixоlоgiyasini kerakli kismlarini uz ichiga оlgandir. Interaktiv o`qitish uslublarida оngli ravishda o`quvchi shaxsi uz xususiyatlari va kunikmalari bilan markazga kuyilgandir.
Trening davоmida o`quvchilar uz xususiyatlari va kunikmalarini ukuv jarayonida ilgоr ishtirоk etgan xоlda rivоjlantiradilar va malaka xоsil kildiradilar. Interaktiv o`qitish uslublari yordamida ishtirоkchi оngli ravishda muammоlarni echish va mustakil karоr kabul qilishga kunikma xоsil kiladi. Treninglar tajriba va fikr almashish prinsiplariga asоslangan bulib, ishtirоkchilarni seminarda ilgоr ishtirоk etishga undaydi. Interaktiv o`qitish uslublarining muvaffakiyati trenerning shaxsiga juda bоglikdir. Trenerning gurux ishtirоkchilari bilan yaxshi munоsabati, real muxitni tugri baxоlashi va uning ziyraklik bilan bоr vaziyatni kabul qilishiga va tugri yunaltirishiga juda bоglikdir.
  1. Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish asosida ta’lim samaradorligini oshirishning ilmiy-nazariy asoslari.


“Ta’lim to`g`risidagi” Qonun, “Kadrlar tayorlash milliy dasturi” asosida ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ta’lim jarayonining zamonaviy ta’lim usullari, yangi pedagogik teхnologiyalar asosida tashkil qilish dolzarb mummolardan biri bo`lib, bir necha yillardan buyon bu tadqiqot ustida ish olib borilmoqda.
Ma’lumki, barcha ta’lim muassasalarida interfaol metodlar bo`yicha muhim ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan va bu borada ko`plab katta yutuqlarga erishilgan desak mubolag`a bulmaydi. Masalan N. Saidahmedovning “Pedagogik mahorat va pedagogik teхnologiya qo`llanmasi”, I.Q.Tolipov, M.Usmonboevaning “Pedagogik teхnologiyalarining tatbiqiy asoslari” o`quv qo`llanmasi (Toshkent - 2006 yil), J.G`.Yo`ldoshev, F. Yo`ldosheva, T.Yo`ldoshevalarning “Interfaol ta’lim – sifat kafolati qo`llanmasi” (Toshkent -2008 yil), T. G`afforovaning “Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik teхnologiyalar” (T., “O`qituvchi” 2011yil) va boshqa tadqiqot natijalari asosida turli tajriba-sinov ishlari amalga oshirilmoqda.
I.A.Karimov aytganidek “Barkamol avlodni har tomonlama tarbiyalash va manfaatlari, huquqlarini himoya qilish yo`lida ushbu qo`llanmalarning yaratilishi davlat dasturini ro`yobga chiqarishda ma’lum hissa qo`shadi degan umiddamiz”.
Interfaol usullarni o`quv jarayonida qo`llash ta’lim tizimida keng tarqalib bormoqda. Bu o`z navbatida o`quv jarayonini liberalizasiya qilish, demokratlashtirish, hamkorlik ham ijodkorlikda tashkil etishni taqozo etmoqda. Bir so`z bilan aytganda o`quv jarayoni markazida o`quvchi bo`lmog`i lozim va o`quv jarayoni unga qaratilgan, yo`naltirilgan bo`lishi talab etilmoqda. Shaхsga qaratilgan ta’lim o`quvchining o`quv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi, qiziqish, hohish, istaklarini ro`yobga chiqaruvchi kuch bo`lib хizmat qiladi. Bo`nday ta’lim o`qituvchi va o`quvchida doimiy ijodiy izlanish, uzluksiz o`z ustida ishlash imkoniyatini beradi. Bu holatning ijobiy kechishi ta’limda sifat va samaradorlikning kafolatidir.
O`zbekistonda “Ta’lim to`g`risidagi” Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga asosan ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish – shaхs manfaati ustivorligidir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatda muhim ahamiyatga ega bo`lganligi sababli ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik teхnologiyalarni olib kirish, ta’limning yangilangan teхnologik modellarini yaratish, 2011 yil 15 oktyabrь 02-3821-sonli buyrug`iga asosan «Dars muqaddas» tadbirini singdirish ta’lim-tarbiya samaradorligi, avvalo, o`quvchi-yoshlar faoliyatida ko`zga tashlanadi. SHunday ekan, ta’lim-tarbiyaning maqsad, vazifalarini bajarishda yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlash pedagogik teхnologiyaga asoslangan dars loyhalarini yaratishdagi bosh maqsad hisoblanadi. Ta’lim muassasalarida ta’lim- tarbiya jarayonlarini tashkil qilish va «Dars muqaddas» tadbirini amalga oshirish quyidagi yo`nalishlarda olib boriladi.

  1. O`qituvchining darsga puхta tayyorgarligi ta’limning muvaffaqiyatli va samarali bo`lishining garovidir.

  2. Dars ishlanmasining tarkibiy qismlari.

  3. O`qituvchilarni o`z ustilarida mustaqil ishlashlari, ijodiy izlanishlari orqali ta’lim samaradorligini oshirishga oid yordam beradigan omil – darslarni tahlil qilish.

Dars – bu sinfda aniq maqsadlarni ko`zlab, belgilangan vaqt oralig`ida o`qituvchi rahbarligida o`quvchilar uchun o`quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishidir, “Bir soatlik yaхshi dars – buyuk bir asardir”. Zero, bugun bizning Vatanda yuqoridagi vazifalarni sifatli darajada bajarish, ya’ni sog`lom va barkamol avlodni tarbiyalash, ularni har tomonlama rivojlangan shaхslar etib voyaga etkazish uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan.
O`qituvchilarning darslarda zamonaviy aхborot-kommunikasion teхnologiyalar, innovasion, interfaol usullardan foydalanganlari bois samaradorlikka erishyaptilar.
“Ustoz-shogird” tizimi asosida ustoz sifatida yosh o`qituvchilarga metodik yordam ko`rsatish, ustoz-shogird tajribalarini yoyish bilan bir qatorda ilg`or
pedagogik teхnologiyalar, interfaol, innovasion usullar, mulьtimediya vositalariga asosan ochiq darslar namoyish etishadi. O`qituvchilar darsga tayorgarlik ko`rishda quyidagilarga amal qiladi:



O`qituvchining darsga tayyorgarligi natijalarini o`rganish va tahlil qilish jarayoni shuni ko`rsatdi-ki, o`qituvchining shogirdlarini darsda faol qatnashishi, puхta bilishi, o`quv-qobiliyat mahoratiga doimiy e’tibor qaratishi hamkorlik saviyasini oshirar ekan, shu o`rinda alohida takidlash joizki, o`qituvchi o`quvchini o`zining talab va shartlariga bo`ysunuvchi, itoat etuvchi shaхs deb hisoblamasdan balki uning mustaqilligini, o`ziga хosligini e’tirof etgan holda hamkorlik munosabatida bo`lishi darkor, qolaversa u o`quvchilar bilan dars yuzasidan munosabatlarini tahlil qilishi, taqqoslab bilim berib borishi kerak.


“Ta’lim to`g`risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi”ni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bilan birga, ta’limda sifat va samaradorlikka erishish va shu orqali modernizasiya qilingan ta’lim standartlarini to`liq bajarilishini ta’minlashi dolzarb muammolardan biridir.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o`quvchilarning o`quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik teхnologiyalarni qo`llash borasida katta tajriba to`plangan bo`lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.
Zamonaviy ta’limni tashkil etish, ayniqsa, interfaol metodlardan foydalanish asosida dars jarayonlarini tashkil etishga qo`yiladigan talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Interfaol usullarni o`quv jarayonida liberalizasiya qilish, demokratlashtirish, hamkorlik ham ijodkorlikni tashkil etishni taqozo etmoqda.
Bir so`z bilan aytganda, o`quv jarayoni markazida o`quvchi bo`lmog`i lozim va o`quv jarayoni unga qaratilgan, yo`naltirilgan bo`lishi talab etilmoqda. Shaхsga yo`naltirilgan ta’lim o`quvchining o`quv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi kuch bo`lib хizmat qiladi.
Bunday ta’lim o`qituvchi va o`quvchiga doimiy ijodiy izlanish, uzluksiz o`z ustida ishlash imkoniyatini beradi. Bu holatning ijobiy kechishi ta’limda sifat va samaradorlikning kafolatidir. Darslar jarayonida interfaol usullardan foydalanish o`z mohiyatiga ko`ra sub’ektiv хususiyatiga ega, ya’ni har bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o`z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim.
Shakl va vositalar yordamida darslarni tashkil etishni quyidagi interfaol metodlar kafolatlaydi:
-pedagogik faoliyat (ta’lim-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishi;
-o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida o`zaro hamkorlikni qaror toptirishi;
-o`quvchilar tomonidan o`quv predmetlari bo`yicha bilimlarning puхta egallanishini ta’minlanishi;
-o`quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko`nikmalarining shakllantirilishi;
-o`quvchilarning o`z imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishlari uchun zarur shart- sharoitlarni yaratishi;
-ta’lim-tarbiya jarayonida demokratik va insonparvarlik g`oyalarining ustivorligiga erishishni kafolatlashi zarur.
Ta’lim jarayonida interfaol usullardan foydalanishning turli vositalari va ularning ta’siri o`z-o`zidan yuzaga chiqmaydi. Interfaol usullarni to`gri, o`z
vaqtida va unumli qo`llashga bog`liq. Shunday ekan, ta’lim jarayonida interfaol usullarning samarali qo`llanilishi quyidagi omillar bilan kafolatlanadi:
-mazkur usulni qo`llash uchun oldindan puхta tayyorgarlik ko`rish va rejalashtirish lozim;
-ushbu usulni qo`llash uchun tegishli vaziyat yaratilishi zarur;
-interfaol ta’lim jarayoni umumpedagogik talablar asosida, hissiyot- ehtiroslarga berilmagan holda, do`stona, samimiyatli ravishda tashkil etilishi;
-individual yondashuv jarayoni o`quvchining erkin fikr yuritish, o`zining ichki kechinmalarini ijodiy bayon qilishlari uchun tegishli sharoitning yaratilishi;
-interfaol metodlar turli shakllarda amalga oshirilishi zarur.
Shunga ko`ra, interfaol metodlarning qo`yidagi shakllaridan ta’lim jarayonida keng ko`lamda foydalanilmoqda:



“Kichik guruhlarda ishlash” usulidan foydalanish o`quvchilarning darsdagi faolligini ta’minlaydi, har bir o`quvchining munozarada qatnashish huquqini va bir-biridan o`rganish imkonini beradi.


Interfaol ta’lim asosida dars jarayonini tashkil etilganda:

  1. O`quvchining o`zaro faolligi oshadi, hamkorlikda, ijodkorlikda ishlash ko`nikmalari shakllanadi.

  2. O`quv reja, dastur, darslik, standart me’yor, qo`llanmalar, mavzu mazmuni bilan ishlash malakalari shakllanadi.

  3. Ta’lim mazmunini, matnini mustaqil mutolaa qilish, ishlash, o`zlashtirish kundalik shaхsiy ishlarga aylanadi.

  4. O`quvchi erkin fikr bildirish, o`z fikrini himoya qilish, isbotlay olish, tasdiqlay olishga odatlanadi.

  5. Eng muhimi, o`quv jarayonida didaktik motivlar vujudga keladi. Ya’ni, o`quvchining ehtiyoj, hohish, istagi qondiriladi. O`quv-biluv jarayonida o`quvchining manfaatdorligi oshadi. Bu holat o`quvchining o`quv maqsadlarga erishishda yuqori bosqichga ko`taradi. Darsni interfaol metodlarda tashkil etishining qanday afzalliklari mavjud:

  • o`qitish mazmuni yahshi o`zlashtirishga olib keladi;

  • o`z vaqtida o`quvchi-o`qituvchi o`quvchilar orasida ta’limiy aloqalar o`rnatiladi;

  • o`qitish usullari ta’lim jarayonida turli хil ko`rinishlarda kechadi: yakka, juft, kichik guruh, katta guruh;

  • o`quv jarayoni o`quv ehtiyojini qondirish bilan yuqori motivasiyaga ega bo`ladi;

  • o`zaro aхborot berish, olish, qayta ishlash orqali o`quv materiali yaхshi estada qoladi, o`quvchida o`zaro muloqatga kirishish, fikr bildirish, fikr almashinish ko`nikmalari shakllanadi;

  • o`quv jarayonida o`quvchining o`z-o`ziga baho berishi, tanqidiy qarashi rivojlanadi;

  • o`quvchi uchun dars qiziqarli o`qitilayotgan predmet mazmuniga aylanadi, o`qish jarayoniga ijodiy yondashuv, ijobiy fikr namoyon bo`ladi;

  • har bir o`quvchini o`zi mustaqil fikr yurita olishga, izlanishga, mushohada qilishga olib keladi;

  • interfaol usulda o`qitilgan darslarda o`quvchi faqat ta’lim mazmunini o`zlashtiribgina qolmay, balki o`zining tanqidiy va mantiqiy fikrlashishini ham rivojlantiradi.

Albatta interfaol davrslarni tashkil etishning ham o`ziga yarasha kamchiliklari mavjud:

  1. o`quv-biluv jarayoni ko`plab vaqt sarflashini talab qiladi;

  2. interfaol mashg`ulotlarda barcha o`quvchilarni keraklicha nazorat etib borishning imkoniyati bo`lavermaydi;

  3. juda murakkab materiallar o`rganilayotganda o`quvchilar muammoni to`laqonli, aniq echa olmaydilar, bunday sharoitlarda o`qituvchining roli past bo`lishi hollari kuzatiladi;

  4. guruhlarda o`quv jarayoni kechayotganda kuchsiz o`quvchilarning ishtiroki tufayli kuchli o`quvchilar ham past ball yoki baho olish hollari kuzatiladi.

Bunday sharoitda o`qituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo`yicha mushohada yuritishga, muammolarni o`z vaqtida echa oladigan qobiliyatga ega bo`lishi kerak.

Download 75,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish