10
I. BOB
UMUMIY TAKTIKA
1.1.ZAMONAVIY UMUMQO„SHIN JANG ASOSLARI.
Mavjud va yashirin harbiy tahdidlar tahlili Respublikaning harakatchan,
yetarlicha ta‟minlangan,
yaxshi qurollangan, yurt tinchligi va osoyishtaligini
samarali va ishonchli himoya qilishga qodir Qurolli Kuchlarini yaratish zarurligini
taqozo etmoqda.
Harbiy xizmatchining ishonchliligi
– harbiy burchni teran idrok etishi,
Harbiy
qasamyodga doimo sodiq qolishi, professionallik darajasi yuqori bo„lib,
qo„yilgan har qanday vazifani hal etish qobiliyatiga ega bo„lishi demakdir.
Jangovar harakatlarda g„alaba qozonish uchun shaxsiy tarkibning o„z
ixtisosligiga oid yuksak tayyorgarligi, zamonaviy
qurol-aslaha turlari bilan
qurollanganligi, jang qilish mahorati puxta shakllanganligi bilan bir qatorda, har
bir harbiy xizmatchining ishonchliligi, vaziyatning har qanday sharoitida o„z
harbiy burchini oxirigacha bajara bilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: