Toshkent viloyat chirchiq davlat



Download 0,94 Mb.
bet1/18
Sana20.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#685501
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
K.Glyukning operalarida musiqiy shakl


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYAT CHIRCHIQ DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI
SAN`ATSHUNOSLIK FAKULTETI

“Himoyaga ruxsat etilsin” “Himoyaga tavsiya etilsin”


San`atshunoslik fakulteti dekani “Musiqa ta’limi“ kafedrasi mudiri
______________R.Y.Maxamadaliyev ___________ Sh.R.Mahkamova
“_____”__________2021 yil “________”____________2021 yil


KURS ISHI

“Musiqa elementlari nazariyasi (solfedjio, garmoniya,


musiqa asarlari tahlili)” fani
Mavzu: “K.Glyukning operalarida musiqiy shakl”
Ilmiy rahbar: Muxitdinova M.S.
TVCHDPI “Musiqa ta`limi kafedrasi”
o`qituvchisi
Bajardi: SAIDOVA F. F.
MUT18/1-guruh talabasi


CHIRCHIQ 2021
MUNDARIJA
Kirish
I-BOB. K.V.Glyukning hayoti va ijodi
1.1.Glyukning qisqacha tarjimai holi
1.2.Ijodiy faoliyatning boshlanishi
II-BOB Glyukning opera islohoti
2.1 A. Golovin. K. Glyukning "Orfey va Evridika" operasi uchun to'plam dizayni
2.2 Vena davri
2.3 Parij va hayotning so'nggi yillari
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR
XULOSA
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Uygʻonish davri Yevropa madaniyatida taraqqiy etgan insonparvarlik gʻoyalari va dunyoviy mazmunga asoslangan M. sanʼatida badiiy-estetik maqsadlar asosiy vazifa darajasiga koʻtarildi, cholgʻu (lyutnya, viola) va vokal (madrigal) ijrochiligi rivoj topgan. Professional M.da polifoniya uslubi, jumladan, a kapella xor ijrochiligi (motet, messa va boshqa janrlar) oʻz choʻqqisiga koʻtarildi. Yangi kompozitorlik (Angliyada — D. Dansteybl, Niderland maktabi, Rimda — Palestrina, Vene-siyada — A. va J. Gabriyeli) maktablari shakllandi.
17—18-asrning 1-yarmida yangi janrlar — opera (Italiyada — K. Monte-verdi, A. Skarlatti; Fransiyada — J.B.Lyulli, J. B. Ramo; Angliyada —G. Pyorsell), oratoriya (G. F. Gendel), kantata (G. Shyuts, I. S. Bax), konsert (A. Korelli, A. Vivaldi, I. S. Bax, Gendel), kamer ansambl, sonata (A. Korelli, D. Skarlatti), syuita va boshqa janrlar rivoj topgan. Organ (J. Freskobaldi, Bax, Gendel), klavesin (U. Byord, G. Pyorsell, F. Kuperen, J. Ramo) uchun asarlar yaratilgan. Ushbu davrda zamonaviy kamonli cholgʻu asboblar (skripka, alt, violonchel)ning buyuk ustalari A. va N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari, fortepiano ixtirochisi B. Kristofori ijod etishgan, opera teatrlari, filarmoniyalar, musiqa nashriyotlari, musiqa taʼlimi (konser-vatoriyalar) rivoj topgan. 18-asr oʻrtalari — 19-asrning boshida Yevropa M.si Maʼrifatchilik davri hamda Buyuk Fransiya inqilobi gʻoyalari taʼsiri ostida rivojlangan (fransuz kompozitorlari K. Glyuk, L. Kerubini, J. F. Lesyuerlarning opera ijodi, Vena klassik maktabi vakillari ijodi, simfonizm musiqatafakkuri). 19-asrda rus (M. Glinka, "Qudratli tuda" vakillari, P. Chaykovskiy), polyak (F. Shopen, S. Monyushko), chex (B. Smetana, D. Dvorjak), venger (F. Erkel, F. List), norveg (E. Grig), ispan (I. Albenis, E. Granados), fin (Ya. Sibelius) yangi milliy kompozitorlik maktablari shakllangan, yetakchi ijodiy oqim sifatida romantizm karor topgan (K. M. Veber, F. Shubert, R. Shuman, F. Mendelson, G. Berlioz, N. Paganini vab.). 20-asr M. tarixida alohida oʻrin tutadi. M. madaniyatining barcha jabhalarida tub oʻzgarishlar yuz bergan. Ijodida yangi-yangi uslub va yoʻnalishlar (musiqiy avangardizm, modernizm) rivoj topgan. 20-asrda yuz bergan ilmiytexnik va informatsion inqiloblar (radio, televideniye, grammplastinka va magnit yozuvlarini ixtiro etish) natijasida M.ning tinglovchilarga yetkazish va eshitish sohalarida yangi imkoniyatlar paydo boʻldi. Buning natijasida ommabop musiqa madaniyati rivoj topdi. Kompozitorlik ijodida sof musiqiy (simfoniya, konsert, kamer-cholgʻu M. kabi) janrlar oʻrniga vokal M.si, teatr M.si, kino M.si kabi "aralash" turlar yetakchilik qila boshladi. Kompozitorlik ijodi bilan birga anʼanaviy M. ijodi ham yangi, zamonaviy sharoitlarga moslashib rivoj topdi. Jumladan, Shark, mamlakatlari mumtoz M. janrlari (mas, hind ragalari, pokiston qavalli, ozarbayjon mugʻom, oʻzbek va tojik maqomlari va h.k.) uzining milliy doiralaridan chiqib jahon sahnalarida ijro etila boshladi, kompozitorlik ham ommaviy M. yoʻnalishlariga oʻz taʼsirini oʻtkazdi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish