Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika inistituti gumanitar fanlar fakulteti


Kurs ishining maqsadi va vazifalari



Download 64,55 Kb.
bet3/11
Sana01.06.2022
Hajmi64,55 Kb.
#626404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MAVLUDA

Kurs ishining maqsadi va vazifalari.
Ushbu kurs ishning maqsad vazifalari quydagilardan iborat:

  • Pudrat shartnomasi tushunchasini o’rganish;

  • Pudrat shartnomasi bo’yicha bajariladigan ishlarni tahlil qilish;

  • Bosh pudratchi va yordamchi pudratchi vazifalarni o’rganish;

  • Ishni bajarish muddatlarini tahlil qilish;

  • Pudratchi ishning baxosi, tejami va ishga haq to’lash tartibni tahlil qilish;

  • Pudratchi shartnomasi turlarini o’rganish va tahlil qilish;

  • Pudratchi ishni bajarayotgan paytda buyurtmachning huquqlarini o’rganish;

  • Maishiy pudrat shartnomasi tushunchasini o’rganish;

  • Qurulish pudrati shartnomasi tushunchasini o’rganish.

Kurs ishining predmeti va obyekti.


Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ish kirish, ikki bob, olti paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, hajmi 35 betni tashkil etadi.
I.BOB.FUQAROLIK HUQUQIDA PUDRAT SHARTNOMASI TUSHUNCHASI VA BELGILARI.
1.1. Pudrat shartnomasi tushunchasi va belgilari.
Pudrat shartnomasi bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘p uchraydigan hamda kishilarning turmush hayotida juda ko‘p qo‘llaniladigan shartnomalardan biri hisoblanadi. Pudrat shartnomasi tuzish orqali ishlab chiqarish texnikasiga oid texnika vositalarini tayyorlash, yasab berish, uy-joylar, binolar, inshootlar qurib berish, qayta tiklash, ta’mirlash, loyihalash, qidiruv ishlari, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarish kabi munosabatlar vujudga keladi.
Pudrat munosabatlari turli davrlarda aholining maishiy ehtiyojlarini qondirishning asosiy vositasi hisoblangan. Bu shartnoma turi har qanday “izm”larda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan, aksincha turli normativ hujjatlar orqali tartibga solingan va takomillashtirilib borilgan. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq pudrat ishlarini bajarish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida ichki va tashqi siyosatning asosiy me’zonlaridan biriga aylangan desak mubolag’a bo’lmaydi. Shu sabab ham bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida pudrat ishlarini bajarish hayotiy zaruratga aylanib bormoqda.
Shunday qilib pudratchi ishining bajarilishi ma’lum bir natijaga erishishni ko’zda tutgan. Masalan, ashyolarni ishlab chiqarish, uning ta’mirlanishi, iste’mol xususiyatlarining yaxshilanishi yoki o’zgarishi yoxud ijrochidan aniq ashyoviy yoki moddiy natijani olishga yo’nalgan.
Hozirgi kunda pudrat munosabatlari alohida shartnoma turi sifatida huquqiy asoslari va nazariy jihatlari yaxshi ishlangan. Bu shartnoma alohida shartnoma turi sifatida fuqarolik qonunchiligida maxsus normalar bilan tartibga solinadi. Pudrat shartnomasi munosabatlari maxsus qonunlar – FKning 37-bobi (Pudrat tug’risida umumiy qoidalar (631-655-moddalar), maishiy pudrat (656-665-moddalar), qurilish pudrati (666-685-moddalar), loyiha va qidiruv ishlari pudrati (686-692-moddalar), ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomalari (693-702-moddalar)), Shaharsozlik kodeksi (masalan, ShKning 16-moddasi obyektlar qurilishi bo’yicha pudratchilarning huquqiy holatini belgilab beradi)1, Qurilish sohasidagi huquqbuzarlik uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to’g’risidagi qonun2 va boshqa qonunlar bilan tartibga solinishi bilan birga qonun osti hujjatlari asosida ham huquqiy tartibga solinadi.
Jumladan, “Kapital qurilishda xo’jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.09.2003 yilgi 395-sonli Qarori, 2003 yil 6-maydagi PF-3240-sonli “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari to’g’risida”3 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, 2000-yil 13-apreldagi “Kapital qurilishni boshqarish tuzilmasini yanada qayta tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 144-sonli O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori4, 2000-yil 5-avgustdagi “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 305- sonli Vazirlar Mahkamasining qarori5, “Obyekt muddatidan ilgari foydalanishga topshirilganligi va shartnoma qiymatiga nisbatan mablag’lar tejalganligi uchun pudratchi tashkilotni buyurtmachi tomonidan mukofotlash tartibi to’grisida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.03.1999 yilgi 135-sonli Qarori, “Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish tizimi faoliyatini tashkil etish to’g’risi”da O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.09.1997 yil 446-sonli Qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-oktyabrdagi 399-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi aholisiga maishiy xizmat ko’rsatish Qoidalari, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Mikroiqtisodiyot vazirligi va Davlat arxitektura qurilish qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 26.05.2001 yil 1035-son bilan ro’yxatga olingan “Buyurtmachilar va pudrat tashkilotlari tomonidan davlat byujeti mablag’lari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalanadigan qurilish obyektlari uchun xarid qilinadigan uskunalar, binokorlik materiallari va konstruktsiyalarining eng yuqori narxlarini belgilash tartibi to’g’risida”gi Nizom6 va boshqalar.
Pudrat shartnomasi bo’yicha shaxslarning mehnat natijalari Tovar topshirish yoki xizmat ko’rsatish emas, muayyan ishni bajarishga qaratilgan bo’ladi. Pudrat shartnomasi orqali bir necha turdagi ishlar bajariladi. Aynan mana shu bajariladigan ishlar pudrat shartnomasining predmeti hisoblanadi. Pudrat shartnomasiga maishiy ta’minlash, muayyan obyektni qurish va ta’mirlash, loyihalash va rejalashtirish, ilmiy-telshirish, tajriba konstruktorlik va tajriba ishlari kiradi.
Pudrat shartnomasi tushunchasi FKning 631-moddasida berilgan. Pudrat shartnomasi deb pudratchi hisoblangan bir tarafning buyurtmachi (ikkinchi taraf) topshirig’iga binoan ma’lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini, buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilish va buning uchun haq to’lash majburiyatini olish bilan bog’liq shartnomaga aytiladi.
Pudrat sharnomasining ayrim turlari (maishiy pudrat, qurilish pudrati, loyihalash yoki qidiruv ishlari pudrati, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati)ga, agar FKning bunday turdagi shartnomalar qoidalarida boshqacha tartib belgilangan bo’lsa, pudrat to’g’risidagi umumiy qoidalar qo’llaniladi.
Pudrat shartnomasini boshqa fuqarolik-huquqiy shartnomalardan farqlash lozim.
Pudrat shartnomaviy munosabati mol-mulkni yoki boshqa ashyoviy huquqqa bo’lgan mulk huquqini boshqa shaxsga o’tkazish bilan bog’liq munosabatlardan kelib chiqadigan shartnomalar (oldi-sotdi (chakana oldi-sotdi, mahsulotni yetkazib berish, tovarlar yetkazib berish to’g’risidagi davlat kontrakti, kontraktatsiya, energiya ta’minoti, ko’chmas mulkni sotish, uy-joy binolarini (kvartiralarni) sotish, korxonani sotish), shuningdek ayriboshlash, hadya, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish)7 dan farqi shu bilan belgilanadiki, pudrat munosabatlari muayyan ishni bajarish va uning natijasini topshirish bilan bog’liq bo’lsa mol-mulkni yoki boshqa ashyoviy huquqqa bo’lgan mulk huquqini boshqa shaxsga o’tkazish bilan bog’liq shartnomaviy munosabatlarda mulk tayyorlash, bajarish, qayta ta’mirlash mutlaqo ahamiyatsiz bo’lib, kelishuvga asosan kreditorga mulk topshirilishining o’zi kifoya bo’ladi. Shuningdek, pudrat shartnomasining predmeti pudratchi mehnatining ijobiy-natijasi hisoblanib, u buyurtmachining topshirig’iga asoslanadi va buyurtma asosida yaratiladi.
Xizmat ko’rsatish bilan bog’liq munosabatlardan kelib chiqadigan shartnoma (masalan, haq evaziga amalga oshiriladigan turli xil, shuningdek yuridik xizmatlar, turli xil transport vositalarida yo’lovchi, bagaj va yuk tashish, transport ekspeditsiya, omonat saqlash, moliyaviy xizmatlar(sug’urta, qarz va kredit) repititorlik, sayyohlik xizmati shartnomalari)ning predmeti moddiy (pudrat shartnomasi kabi) ko’rinishda bo’lmasdan, xizmat ko’rsatish shartnomalarining natijasi odatda, g’oyaviy, nomoddiy ko’rinishda bo’ladi.
Pudrat shartnomasi mehnat shartnomalaridan ham farqlanadi. Mazkur farq munosabat subyektlarida, obyektlarida hamda munosabatning vujudga kelish asosida ko’rinadi. Mehnat munosabatlarida tuziladigan mehnat shartnomalarining taraflari ish beruvchi hamda xodim hisoblanib, topshiriqni bajaruvchi xizmatchi-xodim faqatgina jismoniy shaxs hisoblanadi. Pudrat shartnomasida esa pudratchi fuqarolar bilan bir qatorda yuridik shaxslar ham bo’lishi mumkin. Mehnat shartnomasi obyekti xodimning mehnat faoliyati hisoblansa, pudrat shartnomasida esa pudratchining mehnat natijasi hisoblanadi. Mehnat shartnomasida xodim tashkilotga qo’shilgan holda u belgilagan ichki tartib qoidalarga bo’ysingan holda mehnat faoliyatini amalga oshirsa, pudrat shartnomasida pudratchi o’z faoliyatini o’zi mustaqil belgilaydi va ish natijasi yuzasidan butun ma’suliyatni zimmasiga olgan holda nuqsonli ishning oqibati fuqarolik-huquqiy javobgarlik bilan yakunlanishini e’tiborga olib, faoliyat yuritadi.
Shuningdek, mehnat shartnomasi mehnat munosabatlaridan kelib chiqsa, pudrat shartnomasi fuqarolik huquqiy munosabatni yuzaga keltiradi. Mehnat shartnomasi shartlarini buzganlik uchun O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga asoslangan holda intizomiy javobgarlikka tortilsa, pudrat shartnomasi fuqarolik-huquqiy moddiy javobgarlikka tortiladi.
Mehnat shartnomasi bo’yicha uyida ish bajaradigan xodimning mehnati bilan pudrat shartnomasi bir-biriga o’xshab ketsa-da, lekin ular farqlanadi. Uyda ish bajaruvchi aniq bir buyirtmani ishxonadan olib uyida bajarib beradi. Lekin garchi u korxona mehnat tartib qoidalaridan yiroqda bo’lsada korxonaning ishchisi hisoblanadi va unga nisbatan ijtimoiy kafolatlar qo’llaniladi.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 5-yanvarda “Yirik sanoat korxonalari bilankasanachilikni rivojlantirish asosida ishlab chiqarish va xizmatlar o’rtasida koopetsiyani kengaytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Kasanachilik to’g’risida”gi Nizomga asosan kasanachilik faoliyati rivojlanmoqda. Kasanachilikning pudrat munosabatlaridan farqi ham yuqoridagi qoidalardan kelib chiqib belgilanadi. Kasanachilik bu – tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq 16 yoshdagi yoki undan katta yoshdagi jismoniy shaxs (kasanachi)ning yashash joyi bo’yicha yoki uning oila a’zolariga tegishli bo’lgan boshqa binolarda ish beruvchining buyirtmalari bo’yicha tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko’rsatish bo’yicha amalga oshiriladigan ish – mehnat faoliyatidir. Korxona bilan mehnat shartnomasini imzolagan kasanachiga korxona asbob-uskunalari, jihozlar, xom ashy ova materiallar yetkazib beradi. Korxonada ishlayotgan xodim bilan kasanachining maqomi tenglashadi. Mehnat haq to’lash, ijtimoiy muhofazalash, ijtimoiy sug’urtalash masalalari hal qilinadi hamda soliq imtiyozlari qo’llaniladi. Demak kasanachilik pudrat shartnomasidan farqli ravishda mehnat munosabatlarini vujudga kelishi uchun asos bo’ladi.
Shuningdek mehnat munosabatlarida xodim ish beruvchiga bo’ysunadi, kasanachi ham buyurtmachi bilan mehnat munosabatlari orqali bog’liq bo’lganligi va faqatgina uning buyurtmasi orqali mehnat qilishini nazarda tutsak unga nisbatan ham “ish beruvchiga bo’ysunadi” iborasini qo’llasak bo’laveradi. Xodim ish beruvchi buyurgan ishni yakunlagandan so’ng ham ish beruvchi bilan munosabatda qolaveradi. Pudrat shartnomasida esa pudratchi buyurtmachiga bo’ysunmaydi va undan alohida uning buyurtmasini bajargandan so’ng u bilan munosabatlari tugaydi.
Pudrat shartnomasi bilan tuziladigan majburiyatlarning konstitutiv belgilari quyidagilardan iborat:
-pudratchi buyurtmachining topshirig’i bo’yicha buyurtmachining u yoki bu individual topshiriqlarini qondirish maqsadida ishni bajaradi;
-pudratchi yangi ashyoni yaratish yoki qayta tiklash, yaxshilash, mavjud bo’lgan ashyoni o’zgartirish kabi natijaga ega bo’lgan belgilangan ishni bajarishga majburiyatini oladi;
-pudrat shartnomasi bo’yicha yaratilgan ashyo to buyurtmachi bajarilgan ishni qabul qilgunga qadar pudratchiga mulk huquqi asosida tegishli bo’ladi;
-pudratchi shartnomaga asoslangan natijaga erishish usul va vositalarini mustaqil tanlash huquqiga ega (shartnomada va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holler bundan mustasno);
-pudratchi ishni bajarish jarayonida uning natijasiga nisbatan tavakkalchilik qiladi.
Pudrat shartnomasining huquqiy belgilari quyidagilardan iborat:
Pudrat shartnomasi ikki tomonlama shartnoma hisoblanadi. Chunki, pudrat shartnomasida shartnoma taraflarining har birida o’ziga xos huquq va amajburiyatlar mavjud. Pudratchida shartnoma belgilangan ishni bajarish majburiyatini va bajarilgan ish haqini talab qilish huquqi mavjud bo’lsa, buyurtmachi shartnomada belgilangan, bajarilgan ish uchun haq to’lash majburiyati va ishni bajarishni talab qilish huquqi mavjud bo’ladi.
Pudrat shartnomasi konsesual shartnoma hisoblanadi. Chunki, shartnoma taraflar o’rtasida kelishuvga erishilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi va shu paytdan boshlab kuchga kiradi.
Pudrat shartnomasi haq baravariga tuziladigan shartnomalar turkimiga kiradi. Pudrat shartnomasida buyurtmachi pudratchi tomonidan amalga oshirilgan ishlar uchun shartnomada belgilangan haqni to’lashi lozim bo’ladi. Bajarilgan ishning bahosi taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.
Taraflarning kelishuviga ko’ra, pudratchi tomonidan bajariladigan ishlar pudrat shartnomasining predmeti hisoblanadi. Pudrat shartnomasi bo’yicha bajariladigan ish ma’lum bir ashyoni tayyorlash, masalan, ishlab chiqarish texnikasiga oid bo’lgan mahsulot yetkazib berish shartnomasi bo’yicha olishi mumkin bo’lmagan asbob-uskunalar va shunga o’xshash mahsulotlarni yasatib olish, fuqarolarning maishiy ehtiyojlari uchun buyumlar tayyorlab berish yoki ashyolarni qayta ishlab, ta’mirlab, xom ashyoga qayta ishlov berish yoxud boshqacha tartibda ishni bajarib, buyurtmachiga topshirish yoki buyurtmachining topshirig’iga muvofiq, uning tomonidan ko’rsatilgan, vakil qilingan shaxslarga topshirishdan iborat hisoblanadi.8

Download 64,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish