Tovar ishlab chiqarishning yuzaga kelishi hamda rivojlanishining sabablari



Download 36,73 Kb.
bet1/8
Sana09.07.2022
Hajmi36,73 Kb.
#762317
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tovar ishlab chiqarishning yuzaga kelishi hamda rivojlanishining sabablari


Tovar ishlab chiqarishning yuzaga kelishi hamda rivojlanishining sabablari
Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo’jalikni tashkil etishning ikkita umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi . Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo’jalikning bu shaklida yaratilgan maxsulotlar ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish uchun , xo’jalik ichki ehtiyojlari uchun mo’jallangan .
Isteʼmol hajmi va tarkibi koʼpincha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, ularning bir-biri bilan bogʼlanishi bir xoʼjalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kechgan. Bunday munosabatlar eng avvalo ibtidoiy jamoada, keyinchalik patriarxal dehqon xoʼjaligi, feodal pomestyalarida hukm surgan. Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xoʼjalik doirasida qatʼiy cheklab qoʼyadi, tashqi aloqalar uchun yoʼl ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan xoʼjalikka juda qattiq biriktirib qoʼyiladi va koʼchib yurish imkonidan mahrum boʼladi. Natural xoʼjalik shakllarining xuddi shu koʼrsatkichlari qishloq xoʼjalik jamoalari ming yillar davomida barqaror yashovchi boʼlib qolganligining «siri»ni ochib beradi. Natural xoʼjalik ishlab chiqarish maqsadlarini nihoyatda cheklab, ishlab chiqarish hajm jihatidan juda oz va turi jihatidan kam xil boʼlgan ehtiyojlarini qondirishga boʼysungan. Shuning uchun ham jamiyat asta-sekinlik bilan tovar ishlab chiqarishga oʼtadi.
Tovar ishlab chiqarish natural xoʼjalikning rivojlanishi, mahsulotlar turi va miqdorining oʼsishi natijasida paydo boʼldi.
Tovar ishlab chiqarish, yaʼni tovar xoʼjaligida kishilar oʼrtasidagi iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mehnati mahsulini oldi-sotdi qilish orqali namoyon boʼladi. Tovar ishlab chiqarishning natural ishlab chiqarishdan farqi shundaki, bunda tovar yoki xizmat oʼzining isteʼmoli uchun emas, balki bozorga sotish uchun yaratiladi.
Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar oʼrtasidagi munosabatlarning, mehnatni oʼlchash va uni jamiyatning jami mehnati tarkibiga kiritishning oʼziga xos usulidir. Natural xoʼjalikni siqib chiqarish va tovar ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida individual xoʼjaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga oʼtish yoʼli bilan boradi. Аyrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ularni turli xil ishlab chiqaruvchilar oʼrtasida ayirboshlashni zarur qilib qoʼyadi. Ixtisoslashuv esa mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, demak tovar ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali boʼlib boradi. Vaqtni va moddiy resurslarni tejash tovar xoʼjaligini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi boʼlib chiqadi. Аyirboshlash jarayoniga tortiladigan ishlab chiqaruvchilar bir-biriga tobora koʼproq bogʼliq boʼlib qola boshlaydi.
Dastlabki davrlarda tovar xoʼjaliklari jamoalar, quldor latifundiyalari, feodal va dehqon xoʼjaliklari oʼrtasida aloqalar oʼrnatilishiga yordam berib, ishlab chiqarishning va umuman jamiyatning rivojlanishi uchun qoʼshimcha imkoniyatlar ochgan.
Dastlabki davrlarda tovar xoʼjaliklari jamoalar, quldor latifundiyalari, feodal va dehqon xoʼjaliklari oʼrtasida aloqalar oʼrnatilishiga yordam berib, ishlab chiqarishning va umuman jamiyatning rivojlanishi uchun qoʼshimcha imkoniyatlar ochgan.

Maʼlum tarixiy davrlarga kelib tovar munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining barcha tomonlarini keng va chuqur qamrab oladi.


Tovar xoʼjaligining vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
1) ijtimoiy mehnat taqsimotining roʼy berishi. Bunda ishlab chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, oʼz navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili boʼyicha, yaʼni mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi;
2) ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Bunda ular oʼz mehnat natijalarini oʼzlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik xoʼjalik faoliyatiga oid barcha qarorlarni ishlab chiqaruvchining oʼzi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab chiqarishni zarur qilib qoʼyadi va bozor vujudga kelishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, yaʼni bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi.
Tovar ishlab chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun uning asosiy unsuri boʼlgan tovarning xususiyatlarini koʼrib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.






Download 36,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish