Tovar siyosati” mavzusidagi



Download 26,37 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi26,37 Kb.
#233641
Bog'liq
Marketing M.I.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI

« MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI » fakulteti

« SANOAT IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI » kafedrasi

«KORPORATIV BOSHQARUV» yo’nalishi

Menejment. Marketing” fanidan

Tovar siyosati” mavzusidagi

Mustaqil ishi

108-19 (KB) guruh talabasi

Bajardi: Xasanova I.

Tekshirdi: Mirhamidova D.

TOSHKENT-2021

Mavzu: Tovar siyosati

Reja:

Kirish


1.Tovar – ehtiyojni qondirish vositasidir.

2.Tovar belgisi va uning mohiyati.

3.Mahsulotning nomenklaturasi va tovar assortimenti.

4.Tovarning hayot sikli.

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.



1.Tovar-murakkab ko’p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste’mol xususiyatlari , ya’ni tovarning o’z vazifasini bajarish-unga ega bo’lgan iste’molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir. Tovarning iste’mol qiymati uning iste’mol xususiyati majmuasidir. Tovarning quyidagi xususiyatlariga qarab alohida e’tibor beriladi: -rangi , upakovkasi (o’rash, bog’lash), tashqi ko'rinishi (dizayni),ergonomik xususiyatlari (foydalanish, ta’mirlash va boshqalarning qulayligi va boshqalar). Tovarni ishlab chiqarishdan oldin uning iste’mol xususiyati taxlil qilinadi.

Tovarlar quyidagi mezonlari bo’yicha alohida guruhlarga bo’linadi:

• maqsadli ko’rsatkich bo’yicha;

• bozor turiga ko’ra ;

• foydalanishga tayyorligiga ko’ra;

• iste’molchilar soniga qarab bo’linadi.

Maqsadli xarakteriga ko'ra esa tovarlar iste’mol tovarlari va ishlab chiqarishga oid tovarlarga bo’linadi. Iste’mol tovarlari – bu shaxsiy iste’mol uchun mo’ljallangan tovarlardir. Ular kundalik talab tovarlari, dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar, alohida talabdagi tovarlar, passiv talabdagi tovarlarga bo’linadi.

Kundalik talab tovarlariga kundalik turmush uchun zaruriy oziq-ovqatlar, kir yuvish, tozalash vositalari, uy xo’jaligi uchun zaruriy mayda tovarlarni kiritish mumkin.

Kundalik istemol tovarlarini iste’mol qilish intensivligiga ko’ra ularni o’z navbatida 3 ta quyi guruhga ajratish mumkin:

1.doimiy extiyojdagi asosiy tovarlar (non, xo’jalik sovuni)

2.impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar (saqich, gazeta)

3.favqulodda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar (zont).

Dastlabki tanlov asosidagi tovarlar safiga: mebel, kiyim-kechak, uy-ro’zg’or uchun elektr jihozlari kiradi va u xaridorlarni qiyoslashni, narx, moda, dizayn jihatidan tanlovda bir muncha mulohaza yuritishni talab qiladi. Ushbu tovarlar:

• o’xshash tovarlar (sifat jihatdan bir-biriga yaqin, lekin dizayn, narxi bo’yicha farqlanadi)

• alohida kurinishdagi tovarlar (rangi, fasoni, navi jixatidan)

Passiv talabdagi tovarlar – xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda kam o’ylaydigan tovarlardan tarkib topadi. Ishlatish vaqtiga ko’ra

• qisqa muddatli foydalanishga oid tovarlar

• uzoq muddatli foydalanishga oid tovarlar

Tovar siyosatini asosiy maqsadi bo’lib,

• foydani tahminlash

• taqsimotni o'stirish

• firma xarakat qilayotgan bozor ulushini ko’paytirish

• ishlab chiqarish va marketingiga xarajatlarni tejash

• imidjni oshirish hisoblanadi.

Tovar siyosatida asosiy maqsadga erishish quyidagi sohalardagi vazifalarni xal etish orqali amalga oshiriladi:



  • uning innovatsiyasi

  • variatsiya

  • differensiya

  • eliminatsiya

  • markani o’rnatish va tanlash

  • qadoqlash

  • tovarni shakli, turi va boshqalar

Shunga mos holda tovar siyosatining masalalariga quyidagilar kiradi:

  • yangi tovarlarni qidirish

  • yangi tovarlarni rivojlantirish

  • bozorga yangi tovarlarni qiritish

  • tovar shakllarini asoslash

  • tovar sifatini tartibga solish

  • bozordagi yangi tovarlar xulq-atvorini nazorat qilish va boshqalar.

Birinchi 3 tasi bozorga yangi tovarlarni kiritayotganda xal etiladi, qolgan vazifalarni xal etish tovarni butun hayoti davomida amalga oshadi. Buning uchun, yangi qarorni asoslash uchun tovarni hayotiylik sikli modeli ishlatiladi.

Tovarlar va xizmatlar assortimenti – bu foydalanish bo’yicha bir-biriga juda o’xshash tovarlar (xizmatlar) guruhidir. Tovar sifati – bu tovarning o’z funksiyalarini bajarishda ko’rinadi va u quyidagi parametr bilan xarakterlanadi, yahni uzoq muddat xizmat ko’rsatishi, pishikligi, foydalanishda soddaligi va boshqalar.

Marketing fani bo’yicha tovar sifati xaridorlar bergan baho bilan o’lchanadi.

2.Tovar belgisi (savdo belgisi) – tovarga uni boshqalardan ajratish va uni ishlab hiqaruvchi (korxona, firman)ni ko’rsatish uchun beriladigan, qonunlarda belgilangan tartibida ro’yxatga olinadigan belgidir.

Tovar belgisi – 1883-yili Parij konvensiyasi bilan mustahkamlangan sanoat mulki ko’rinishlardan biridir. U tijorat reklaasi bilan birgalikda raqobatning muhim vositasini tashkil qiladi. Ko’rsatilgan konvensiyadan Tovar belgisiga bo’lgan huquqlarni himoya qilish 1981-yili Tovar belgisini xalqaro ro’yxatdan o’tkazish haqida qbul qilingan konvensiyada ham ko’zda tutilgan. Bir qator mamlakatlarda tovar belgisiga huquq ro’yxatga olishdan ustuvorlik tufayli, boshqalarda esa foydalanishdagi ustuvorlik qo’lga kiritiladi.

Marketingdan nuqati-nazaridan kelib chiqganda tovar belgisi – bu tovar uchun ma’suliyatning alohida ramzi bo’lib, u ushbu tovarni boshqarish, undan foyda olish, mutlaq huquqining kimga tegishli ekanligi shu bilan birga sifatsiz tovar jo’natilishi uchun javobgarlik kimning zimmasida ekanligini bildiradi. Tovar belgisi uning egasiga obro’-e’tiborning (reputatsiyasining) band bo’lishini ta’minlaydi.

Tovar belgisining asosiy vazifalari: tovarning yuqori sifatli ekanligiga guvohlik berish, belgi egasining obro’si baland ekanligidan foydalanib xaridorlarda ishonch uyg’otish. Tovar belgisi reklamaga tayanadigan asos bo’lib hisoblanadi, biroq Tovar belgising o’zi ham reklamaga muhtojdir.


Tovar belgisini ro’yxtga olishga intilish sof iqtisodiy sabablar bilan asoslangan: belgi qo’yilgan (firma) tovarlar firma marka (belgisi) qo’yilmaganiga qaraganda 15-25 foiz balandroq baholanadi. Tovar belgilarini ro’yxatdan o’tkazish faqat raqobatchilar bilan kurash, tovar reklamasi va ularni tijorat tuzilmalari va xaridorlarga tanishtirish uchungina emas, balki tovar belgisiga litsenziya (ruxsatnoma)ni sotish imkoniyatiga ega bo’lish uchun ham kerakdir.

Ko’rsatkichlardan kelib chiqqanda tovar belgisi katta iqtisodiy ahamiyatga ega va yirik kompaniyalarda qiymati million, hatto milliard dollar bilan o’lchanadigan qiymatli avtonom mulk obyektida aylanib qolgan bo’ladi.

Belgini (markani) ifodalashning 4 ta turi bor:

1. firmaviy nom – talaffuz etilishi mumkin bo’lgan so’z, harf yoki so’zlar, harflar guruhi.

2. firma belgisi – ramz; rasm yoki ajralib turuvchi rang yoki ifoda;

3. savdo obrazi (timsoli) – shaxsiylashtirilgan savdo markasi;

4. savdo belgisi – fimaviy nom, firma belgisi, huquqiy jihatdan himoyalangan savdo timsol(obraz)i yoki birikmalar.

Ishlatilgan vaqtlarda, ro’yxatga olingan tovar belgisi doira ichiga olingan R harfi bilan qo’shib ifodalanadi. Firmaviy nomlar, firma belgilari tovar obrazlari marketing ifodalari shaklida bo’ladi va agar tovar belgilari sifatida ro’yxatga olinmagan bo’lsa raqobatchilar tomonidan ishlatishdan huquqiy himoyalanganlikni ta’minlay olmaydilar.

Tovar belgisiga sadoqat (bog’lanish).

Bozord 1923-yili yetakchi mavqeyiga ega bo’lgan 25 ta iste’mol tovarlari belgisidan 20 tasi o’z o’rnilarini hozirgi kungacha saqlab turibdilar, bu esa o’z navbatida iste’molchilarning ma’lim bir belgiga doimiy sadoqati, bog’lanishining ishonarli dalilidir.

Tovar belgisiga bog’lanishni quyidagicha o’lchash mumkin:

Birinchhi bosqich – tovar belgisini ajrat bilish, tanish. Bu shuni bildiradiki, demak, mazkur tovar odamlarga tanish, ularning bosha tovarga qaraganda aynan uni sotib olishi ehtimoli ko’p, chunki ular bu tovarni bilishadi.

Ikkinchi bosqich – tovar belgising afzalligi. Bunday holatda, odamlar ushbu tovarni, agar u sotuvda mavjud bo’lsa, ofatlarga ko’ra sotib oladilar, ammo boshqa tovarni ham xarid qlishlari mumkin.

So’ngi bosqich – Tovar belgisiga bo’lgan muhim sadoqat, qattiq bog’langan, bunda iste’molchi bu tovarni boshqa hech qaysisi bilan almashtirishga ko’nmaydi.

Tovar belgisi (savdo markasi)ning qiymat ekvivalenti.



Tovar belgisi (savdo markasi) – kompaniyaning eng qimmatbaho boyligi, chunki aynan shu orqali iste’molchi konkret tovarni bilib olish va indentifikatsiyalash va shunga ko’ra uni yana tanlash va boshqalrga ham tavsiya etish imkoniga ega bo’ladi. Savdo markasining qiymati ekvivalenti- savdo markasining bozordagi moliyaviy mustahkamligi va uning egasi – iste’molchi uchun qimmatligini ko’rsatuvchi umumiy ko’rsatkichdir.

3. Tovarlarning hayot sikli tugashining oqibatlarini oldindan ko’ra bilgan ko’plb kompaniyalar muntazam ravishda yangilarini ishlab chiqarshga joriy etilib,
eskilaridan voz kechadilar. Bu pasayish bosqichida bo’lgan mahsulotni o’sish davrini


Download 26,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish