Tovu sh va uning talaffuzi



Download 24,6 Kb.
bet1/9
Sana20.02.2022
Hajmi24,6 Kb.
#460460
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-seminar O\'TO\'M


Fonetika (grekcha pohne - tovush) nutq tovushlari, ularning hosil bo'lishi, talaffuzi, imlosi, tasnifi, harf va yozuvning o'zaro munosabati, bo'g'in va bo'g'in ko'chirish, so'z urg'usi xususiyatlari
60 haqidagi fan. Unda nutq tovushlari — so'zlarning, qo'shimchalarning eng kichik bo'lagi t o v u sh va uning talaffuzi o'rganiladi. 5-sinfda bu bo'lim takrorlash bilan boshlanadi. Bunda berilgan so'zlardagi tovushlar talaffuzi qiyoslanadi, unli va undoshlarning o'ziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Tovushlar talaffuzida ishtirok etadigan nutq a'zolari belgilanadi. Berilgan so'zlarga tovushdosh (tosh, tish, tush, to'sh kabi), shakldosh (tosh - suvda erimaydigan qattiq tog' jismi, ot; sakkiz chaqirimga teng masofa, ot: bir toshdan ortiq yo'l bosdi kabi); fe'l - toshmoq, qirg'oqdan chiqib ketmoq; toshbag'ir - ko'ngilchan, ko'ngli bo'sh kabi zid ma'noli so'zlar topib, ma'nolarini sharhlaydilar va izohlaydilar. "Alfavif'ni yod olish o'quvchilarda berilgan so'zlarni alifbo tartibida joylashtirish, turli lug'atlardan so'zlarni tez topish ko'nikmasini mustahkamlaydi, lug'at zaxirasini oshiradi. Unli va undosh tovushlar ustida ishlashda o'quvchilar u - o', i - u, a - o, k - b, s - z, t - d, k - g, q - g', x - h kabi tovush juftlarining talaffuzi va imlosini bilib olib, shu tovushlar ishtirok etgan so'z ma'nolarini tushuntiradilar, qiyoslash orqali ma'no farqlarini izohlaydilar. Chunonchi, birinchi bo'g'inda u, o', ikkinchi bo'g'inda u, i yoziladigan qisqa, i, u tovushlari tushib qoladigan (to'lqin, tutun, buran, sistema), jarangli tovushlarning b — d , x, h, ng, h kabilarning ishtirokida so'z birikmalari va gaplar tuzish o'quvchi ongiga to'g'ri talaffuz hamda to'g'ri yozish ko'nikmalarini singdiradi.
Fonetikani o'rganishda kommunikativ savodxonlikni oshirish
usullari Fonetika bo'limida, asosan, nutq tovushlari, ularning paydo bo'lishida ishtirok etuvchi nutq a'zolarining xizmati, hosil bo'lgan o'rni va usuli, talaffuz va imlo, bo'g'in va bo'g'in ko'chirish, so'z urg'usi kabi mavzular ustida bahs yuritilsa-da, uning so'z boyligini oshirish, mustaqil va ijodiy fikrlash, fikrni ravon, go'zal va ta'sirchan ifodalash imkoniyatlarini anglash va rivojlantirish ham muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, talaffuz va imlo masalalariga e'tiborni 61
qaratish zarur. Masalan: unlilar imlosi o'rganilayotganda o — a, o —
i, i - u, u — o', i — e, o - e, tovushlari ishtirok etgan so'zlardagi
tovush va harf orasidagi munosabatlar izohlanadi: bar - bir - ber
— bor — bur — bo'r: oq — uq — o'q — yuq; qor — qor — qur —
qo'r; tar - tor - tir — ter — tur - so'z juftlarida ma'no farqlash
vazifasidagi o'yin — topshiriqlardan foydalanish mumkin:
1. Tovushdosh so'zlar qatori tuziladi, ma'nosi murakkab
so'zlar izohlanadi:
qir - adir, tepalik, lalmi yer; qur - bunyod qilmoq, uyni
qurmoq; qo'r -olov, o'tinning cho'g'idan hosil bo'lgan qoldiq.
Ko'chma ma'no: mol-dunyo, qo'r- qut...
2. Tovushdoshlar so'z turkumlariga ajratiladi: uq - fe'l, o'q ot, oq - sifat, qor - ot, tar- (yangi meva) sifat, tur- fe'l...
3. Tovushdoshlar ishtirokida so'z birikmalari va gaplar tuziladi:
til - dil kaliti, uyga kir, o'yga botdi, o'tni o'r, markazga ur kabi;
Qir- adirlarni oppoq qor qopladi. Tur, to'rga o't. Torga tor dunyo,
kengga keng dunyo (maqol)...

Download 24,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish