Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi


Schyotlar to‘g‘risida tushuncha va ularning tuzilishi



Download 0,49 Mb.
bet2/11
Sana23.06.2022
Hajmi0,49 Mb.
#694705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Бухгалтерия — копия

Schyotlar to‘g‘risida tushuncha va ularning tuzilishi

Buxgalteriya hisobi schyotlari - bu xo‘jalik mablag‘lari, operatsiyalarini joriy aks ettirish, iqtisodiy guruhlash va tezkor nazorat qilish usuli deb ta^riflasak bo‘ladi.
Schyotlardagi yozuvlar, hisobga olinayotgan ofrektlaming xususiyatiga qarab har xil - natura, mehnat va pul o‘lchov birliklarida olib boriladi. Lekin maMumotlami natura va mehnat o‘lchov birliklarida ifodalash bilan birga schyotlardagi barcha maMumotlar, albatta, pul o‘lchov birligida ham ko‘rsatiladi. Bu umumlashtirilgan, yakuniy ko‘rsatkichlami olish uchun zarurdir.
Xo‘jalik mablag‘larining harakati tegishli balans moddalarining ko‘payishi yoki kamayishiga olib keladi. Masalan, kassadagi naqd pullaming harakati ulaming g‘aznaga kelib tushishi («Kassa» moddasining ko‘payishi) yoki undan berilishi («Kassa» moddasining kamayishi) bilan tavsiflanadi; mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblaming harakati - bu korxonalarining mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzning ko‘payishi («Mol etkazib bemvchilar» moddasining o‘sishi) yoki uning uzilishi «Mol etkazib bemvchilar» moddasining kamayishiga olib keladi. Schyotdagi umumiy summani hisoblab chiqishni osonlashtirish uchun mablag‘laming ko‘payishini ulaming kamayishidan alohida ajratib ko‘rsatish qulayroq, shuning uchun schyot ikki qismga bo‘linadi: chap va o‘ng tomonga. Uning biri (chap tomoni) dsbet, boshqasi (o‘ng tomoni) kredit deb nomlanadi.
Hisobning har bir ob’ekti hamda mablag‘lar va manbalaming har bir turi uchun alohida schyotlar ochiladi. Debet va kredit bo‘yicha yozilgan operatsiyalar summalarining jami oborot (oborot) deb nomlanadi. Schyotning bir tomonida qayd etilgan summalar bilan uning boshqa tomonida ko‘rsatilgan summalar o‘rtasidagi farq qoldiq yoki saldo deb nomlanadi. Qoldiqlar debeti kreditidan ortiqmi yoki aksinchami ekanligiga qarab, debetli yoki kreditli bo‘lishi mumkin. YAngi qoldiqni aniqlash uchun avval mablag‘lami ko‘payganligini ko‘rsatuvchi oborot summani boshlang‘ich qoldiqqa qo‘shiladi, so‘ngra uning kamayishini aks ettimvchi oborot summasi ayirib tashlanadi. Agar qoldiq boimasa, schyot yopilgan hisoblanadi.
Aktiv va passiv schyotlamiig shaklini keltiramiz.

1 - misol. «Kassa» moddasi korxonalaming naqd pullarini aks ettiradi. Faraz qilaylik, kassada 2000 so‘m bor. Xo‘jalik mablagiari balansning aktivida ko‘rsatilganligi bois, schyotlarda ulaming qoldiqlarini debetga yozish tartibi qabul qilingan. Demak, 2000 so‘m qoldiqni «Kassa» schyotining debetiga yozish kerak.
SHuningdek, shunday operatsiyalar sodir bo‘lganki, ulaming natijasida kassaga korxonvalarda birinchi operatsiya bo‘yicha 500 000 so‘m, uchinchi operatsiya bo‘iicha 300 000 so‘m kelib tushgan; kassada ikkinchi operatsiya bo‘yicha 600 000 so‘m va to‘rtinchi jarayon yuzasidan 280 000 so‘m chiqib ketgan (sarflangan). Pullaming kelib tushishi (ko‘payishi)ni «Kassa» schyotining debetiga, ulaming chiqib ketishi (kamayishi)ni uning qarama-qarshi tomoniga - kreditiga yozish kerak. Bu, kassadagi mablag‘lar harakatining yakunlarini hisoblab chiqishda naqd pullami kelib tushishini qoldiqqa qo‘shish, chiqib ketishini esa ayirish uchun kerak.
SHunday qilib, 500 000 va 300 000 so‘m «Kassa» schyotining debetiga, 600 000 va 280 000 so‘m uning kreditiga yoziladi.
Naqd pullar harakatini debeti va krediti bo‘yicha oborotlar summasi hisoblab chiqarilgandan keyin qoldiqni aniqlaymiz. U 22 000 so‘mga teng bo‘ladi 2 000 +800 000-780 000).
To‘rtta operatsiya yozilgandan keyin «Kassa» schyoti quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

Bu schyotdagi oxirgi qoldiq faqat debetida bo’lishi mumkin, chunki mavjud bo’lgan naqd puldan ortiqcha sarflash mumkin emas.
2 - misol. «Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» moddasi korxonalar mablag’lari manbaini aks ettiradi. Balansda unga yozilgan summa - korxonalarning mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzi miqdorini ko‘rsatadi. Bu modda bo‘yicha boshlang‘ich qoldiq 400 000 so‘mga teng deylik.
«Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» moddasining o‘zgarishini anglatuvchi operatsiyalar korxonalar qarzining oshishini kamayishini ko‘rsatishi mumkin. Faraz qilaylik, uchta operatsiya sodir bo‘lgan: birinchisi - korxona mol etkazib beruvchilarga boigan qarzini 150 000 so‘mga uzgan, ikkinchisi - korxonaning mol etkazib beruvchilariga qarzi 200 000 so‘mga oshgan, uchinchisi - mol etkazib beruvchilarga boigan korxona qarzini 350 000 so‘mga uzgan.
Mol etkazib beruvchilarga doir operatsiyalarni hisobga olish uchun 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga toianadigan schyotlar» schyoti yuritiladi. Bu schyot mablagiar manbaini aks ettiradi, shuning uchun undagi yozuvlar, mablagiar turlarini hisobga oladigan «Kassa» schyotiga qaraganda boshqacha aks ettiriladi. Unda qoldiq, mablagiar manbaining kreditiga yoziladi. Mazkur schyotda ko‘payishni anglatuvchi operatsiyalar - kreditida, kamayishni anglatuvchi operatsiyalar - debetida aks ettiriladi. Demak, 150 000 va 350 000 so‘m shu schyotning debetiga, 200 000 so‘mni esa kreditiga yozish kerak.
Boshlang‘ich qoldiq va operatsiyalar yozilgandan keyin, debet hamda kredit bo‘yicha oborotlar yakunini hisoblab chiqamiz va yangi qoldiq (saldo)ni topamiz. U quyidagichabo‘ladi:
(400 000+200 000-500 000= 100 000).
«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga toianadigan schyotlar» schyoti unga operatsiyalar yozilganidan keyin quyidagi ko‘rinishga ega bo’ladi:

Bu schyotning oxirgi qoddig‘i faqat kreditli bo‘lishi mumkin, chunki korxonvalari mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzini uzishda, mavjud majburiyatdan ortiq summani to‘lamaydi.


Schyotlarning qoldiqlari, hisobga olinadigan ob’ektlaming ko‘payishi va kamayishiga qarab, ularning qar xil tomonlariga yoziladi. Schyotlarning bunday tuzilishi tasodifiy emas. SHunday qilib, aktivlarning turlarini aks ettiruvchi schyotlarda hisobga olinadigan ob’ektlar qoldiqlarini va ko‘payishi debetiga, kamayishi esa kreditiga yoziladi. Mablag‘lar manbalarini hisobga olish uchun xizmat qiladigan schyotlarda qoldiqlar va ko‘payishlar kreditda, kamayishlar zsa - debetda ko‘rsatiladi.
Aktivlar turini yoki ularning manbalarini hisobga olishga qarab, schyotlar aktiv va passivga bo‘linadi.
Aktivlar turlarini hisobga oluvchi schyotlar aktiv, ularning manbalarini aks ettiruvchi schyotlar esa - passiv schyotlar deb ataladi.
Barcha schyotlarda qoldiqlar va operatsiyalar yuqorida keltirilgandek aks ettiriladi. Lekin buxgalteriya hisobida qator murakkab schyotlar borki, ular o‘zlarining tuzilishlariga ko‘ra bunday oddiy tarzdan farq qiladi.
Bundaylarga xo‘jalik jarayonlari, xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari, topshiriqlarning bajarilishi hisobga oladigan schyotlar kiradi. Bu schyotlarda hisobga olinadigan ob’ektlarning xususiyatlari aks ettiriladi. Lekin ular qam aktiv va passiv schyotlarga mansubdir.
Schyotlardan to‘g‘ri foydalanish uchun - u yoki bu schyot yordamida qanday ko‘rsatkichlarni olish mumkinligi va unda qanday ob’ektlar hisobga olinishi zarurligini bilish maqsadida ular tasniflanadi.
Bunday schyotlarni turkumlash ikki belgi asosida tuziladi: qanday maqsadga tayinlanishi va tuzilishi hamda iqtisodiy mazmuniga qarab.
Schyotlarning qanday maqsadlarga tayinlanishi va tuzilishi bo‘yicha turkumlanishi, u yoki bu schyotlar, nima uchun, qanday ko‘rsatkichlarni olish uchun mo‘ljallangan hamda ularning tuzilishi qanday, ya’ni ularning debeti, kreditining mazmuni qanday, ulardagi sal’do qanday xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ular buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan schyotlaming xususiyatlarini o‘rganish uchun xizmat qiladi va ularning ayrim turlari qanday xususiyatlarga ega ekanligini aniqlash imkonini beradi.
Schyotlaming iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlanishi (iqtisodiy turkumlash), schyotlarda nima hisobga olinadi, ya’ni unda qanday aniq iqtisodiy ob’ekt aks ettirilishini ko‘rsatadi hamda mazkur ob’ektga har tomonlama tavsif berish uchun qanday schyotlardan foydalanish kerakligini aniqlab olish imkonini beradi. Iqtisodiy turkumlash mazkur korxonalarda, uning xususiyatlarini hisobga olgan holda, foydalanishi kerak bo‘lgan schyotlar ro‘yxatini belgilab olish uchun mo‘ljallangan.
Har ikkala turkumlash ham chambarchas bog‘langan o‘zaro bir-birovlarini to‘ldiradi. Schyotlaming xususiyatlarini bilish va ulardan amaliyotda to‘g‘ri foydalanish uchun ularning qanday maqsadga tayinlanganligi, tuzilishi va iqtisodiy mazmunini o‘rganish kerak. Schyotlaming turkumlannshi mavjud ma’lumotlardan xo‘jalik faoliyatini boshqarishda zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlaming xususiyatlarini (tarkibiy tuzilishi, turkumlanishi) va unda hisobga olinadigan ob’ektlaming iqtisodiy mazmunini (iqtisodiy turkumlanishi) aniqlab olingandan keyingina ulardan boshqaruv ishlarida to‘g‘ri foydalanish mumkin.



  1. Download 0,49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish