Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi


Ikkiyoqlama yozuv va uning ahamiyati



Download 0,49 Mb.
bet3/11
Sana23.06.2022
Hajmi0,49 Mb.
#694705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Бухгалтерия — копия

Ikkiyoqlama yozuv va uning ahamiyati.

1996 yil 30 avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Qonun»da O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy prinsiplaridan biri buxgalteriya hisobini ikki yoqlamali usulda yuritish ekanligi aytib o‘tilgan (6- modda).
Xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlamali yozuv tizimini tarixda birinchi kashf etgan olim italiyalik matematik Luka Pacholi 1494 yili «Schyotlar va yozuvlar to‘g‘risida traktat (ilmiy asar)» chop etib ikkiyoqlama yozuv tizimiga asos soldi.
Ikki yoqlama yozuv xar bir xo‘jalik operatsiyasining o‘zaro bog‘liq bo‘lgan schyotlarda qayd etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu bilan operatsiyalar ta’sir etadigan hisob ob’ektlari o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘matiladi va bu o‘z navbatida, korxonalar xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat qilish va sodir bo‘layotgan jarayonlami o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xo‘jalik operatsiyalarini ikki marta aks ettirish (ikkiyoqlama yozuv) xo‘jalik mablag‘larining davr aylanish jarayonida qiymat shakllarini almashinishining iqtisodiy tabiati bilan bog‘liqdir. Bu jarayonda har bir operatsiya qiymatning bir shaklidan boshqa shakliga olib keladi. Qiymatning boshlang‘ich va oxirgi shakli ta’minot, ishlab chiqarish operatsiyalarida har doim har xil boiadi. Masalan, ta’minot operatsiyalarida qiymatning dastlabki puldagi shakli ishlab chiqarish zahiralari shakli bilan almashinadi, ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish zahiralari o‘z shakllarini mahsulotlar shakliga o‘zgartiradi, sotish uchun tayinlangan xizmatlami sotish operatsiyalarida, ular o‘z shakllarini yana pul shakliga almashadi. Qiymat shaklining bunday almashinishi har bir jarayonning boshqa operatsiyalariga ham xosdir. SHundan kelib chiqib, mazkur operatsiyada qatnashuvchi qiymatning har bir shaklini, ya’ni operatsiyaning boshlanishidagi ko‘rinishi va uning oxirida namoyon bo‘lgan shaklida hisobga olish zamriyati yuzaga keladi.
Bunda qiymat miqdori o‘zgarmaganligi sababli, xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozuv usulida aks ettirilganda, o‘zaro bogiiq boigan schyotlar debeti va kreditiga tegishli summalar, albatta, bir-birovlariga teng boiib qoladi.
Ikki yoqlama yozuv doiraviy aylanish jarayonida faqat qiymat shaklining o‘zgarishigina aks ettirish uchun koilanmay (balans o‘zgarishlarining I tipi), balki barcha xo‘jalik operatsiyalarini ham aks ettiradi. Xuddi shu usul bilan mablagiaming qanday maqsadlarga tayinlanganligi (mablagiar manbalari, n tip), hamda korxonalarning xo‘jalik aloqalari (IH va IV tiplar) ham hisobga olinadi.
SHunday qilib, ikki yoqlamali yozuv xo‘jalik operatsiyalarini bir xil summada buxgalteriya schyotlarida o‘zaro bogiiq holda, ya’ni bir schyotning debetida va ikkinchi bir schyotning kreditida aks ettirish usulidir.
Masalan, hisob-kitob schyotidan korxona kassasiga 150 000 so‘m olindi, deb faraz qilaylik. Bu operatsiya natijasida mablagiaming ikki turiga - kassadagi naqd pullar va bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lariga ta’sir etildi. Kassadagi pullar 150 000 so‘mga ko‘paydi va aksincha, hisob-kitob schyotidagi pullar shu summaga kamaydi. Bu operatsiyani buxgalteriya schyotlarida aks ettirayotganda, uning summasini, birinchidan, «Kassa» schyotining debetiga yozish kerak, chunki bu schyot aktivdir va ko‘payish aktiv schyotlaming debetida aks ettiriladi, ikkinchidan, «Hisob-kitob schyoti» schyotining kreditiga yoziladi, chunki bu schyot ham aktivdir va aktiv schyotlaming kamayishi kreditga yoziladi.
Bu operatsiyaning schyotlarda yozilishi quyidagicha bo‘ladi:
D-t «Kassa» schyoti - 150 000 so‘m
K-t «Hisob-kitob schyoti» - 150 000 so‘m

Xo‘jalik operatsiyasi va uning summasini aks ettiradigan debetlanuvchi va kreditlanuvchi schyotlami belgilash (ko‘rsatish) buxgalteriya yozuvi yoki o‘tkazma (provodka)si deb ataladi.


Yuqorida ko‘rib chiqilgan operatsiya schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:

Ko‘rinib turibdiki, schyotlar bir-birlari bilai o‘zaro bog‘langan. Ulardagi yozuvlar amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari natijasida yuzaga kelgan ikkita o‘zgarishni: kassaga pullaming kelib tushishi va ulaming hisob-kitob schyotidan chiqib ketishini ko‘rsatmoqda.


Xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlamali yozish schyotlaming o‘zaro bog‘lanishiga olib keladi. Bunday bog‘lanish schyotlar korrespondensiyasi deb ataladi.
Schyotlar korrespondensiyasi - xo‘jalik operatsiyalarini schyotlarda aks ettirish paytida paydo bo‘ladi va u schyotlaming o‘zaro aloqasini namoyon bo‘lishlik shaklidir.
Ikki schyotga ta’sir etadigan schyotlar korrespondensiyasi oddiy, uch va undan ko‘proq schyotlarga ta’sir etadiganlari esa murakkab schyotlar korrespondensiyasi deb nomlanadi.
Shuni ham nazarda tutish kerakki, xar qanday buxgalteriya yozuvi bir nechta oddiy yozuvlardan iborat bo‘ladi. Masalan mol etkazib beruvchilardan olingan 1 200 000 so‘mlik materiallami ikki oddiy o‘tkazmaga ajratish mumkin:

  1. D-t - «Xom ashyo va materiallar» schyoti

K-t- «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlan> schyoti - 700 000 so‘m

  1. D-t - «YOqilg‘i» schyoti

K-t- «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti- 500 000 so‘m
Murakkab yozuvlaming oddiylarga ajratilishi mumkinligini, bir schyotning o‘ziga ta’sir etadigan bir necha operatsiyalar birga birlashtirilishi bilan tushuntiriladi (bizning misolda «Mol etkazib bemvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» - passiv).
Shunday qilib, xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozuv usuli bilan aks ettirish, albatta, ikki schyotga ta’sir etadi. Bunda bir schyot debetlanadi, ikkinchisi esa kreditlanadi. 0‘zaro korrespondensiyalanuvchi schyotlaming debeti va kreditiga har bir operatsiya bo‘yicha bir xildagi summalar yoziladi. Murakkab yozuv qilinayotganda, bir schyot bilan bogiiq bo’lgan bir nechta schyotlar bo‘yicha ko‘rsatilgan summalaming jami shu schyotda hisobga olingan umumiy summaga teng boiishi kerak.
Shunday qilib, ikki yoqlama yozuv ikki o‘zaro bogiiq boigan xo‘jalik operatsiyalarini aks ettiruvchi sifatida mantiqiy toifa (kategoriya)dir. Ular xo‘jalik operatsiyalarining o‘z mohiyatidan kelib chiqadi va shuning uchun u barcha mamlakatlar amaliyotida mavjuddir.
Amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarining iqtisodiy mazmuni ustidan ikki yoqlama yozuv yordamida nazorat o‘rnatiladi. Bunda schyotlar korrespondensiyasidan foydalaniladi. Ikki yoqlama yozuvning ahamiyatini, uning ana shu nazoratida ko‘ramiz, ya’ni maMum bir davrdagi barcha schyotlaming debet oborotlari barcha schyotlaming kredit oborotlariga teng bo‘lishi lozim.


  1. Download 0,49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish