Turli millat vakillari o’rtasidagi nikoh tuzilishiga ijobiy fikr bildiraman chunki turli XIL qardosh millatlar bilan



Download 33,91 Kb.
bet3/6
Sana01.07.2022
Hajmi33,91 Kb.
#723525
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Дин казус 6-16

12-kazus: Raxmatilla akaning 3 nafar o`g`li bor. O`g`illaridan faqat 1 nafari turmush qurgan va uning 2 nafar farzandi bor. Ular ko`p qavatli binolarda 3 xonali uyda yashaydilar. Raxmatilla akaning uylanmagan o`g`illaridan biri 28 yoshga ikkinchisi 26 yoshga chiqdi. Uy olishga imkoniyatlari yo`q. Mana shunday sharoitda kreditga uy olish rejalashtirildi. Ammo kichik o`g`li kredit shariatga ko`ra taqiqlanganini aytdi. Raxmatilla aka bir tomondan juda Xudojo`y inson sifatida taqiqlangan ish qilishdan qo`rqadi. Bir tomondan o`g`illarini uylantirishga jiddiy kirishgan.

  1. Kredit masalasida islomiy ko`rsatma qanday? Bu borada qaysi olim qanday fatvo bergan?

  2. Bu holatda Raxmatilla aka qanday yo`l tutgani maqul?

  3. Ribo, sudxo`rlik va foiz evaziga daromad qanday tushunchalar?

  4. O`zbekistonda islom banklari faoliyatlari haqida nimalarni bilasiz?

Javob:Ushbu kazusga javob berishdan avval ribo tushunchasi haqida keltirib o`tmoqchiman. Ribo- ( sudxo`rlik, poraxo`rlik) puldan evazsiz foyda (foiz) olish; g`ayriqonuniy foyda; sudxo`rlik; qarzga beriladigan puldan olinadigan foyda1. Ribo qanday bo`ladi, qay tartibda oldi berdi qilinadi degan savolga javobim shuki agar biror inson yordamga muxtoj bo`lib qarz so`rab kelgan kishiga qarz berib uni ma`lum bir muddatda oshig`i bilan ya`ni shu berilgan pulni qanchadir foizini qo`shib berishni so`rash. Buni qiynalib turgan insonga yana zulm qilishga o`xshatish mumkin.
Ribo lug`atda ziyoda ma`nosini anglatadi. Shariatda esa molni molga almashtirishda ikki aqd qiluvchidan biriga keladigan evazsiz ortiqcha mol ribodir. Alloh taolo “Baqara” surasida quyidagilarni aytadi: “Riboni yeydiganlar (qabrlaridan) faqat shayton urib, jinni bo`lgan kishidek dovdirab turarlar. Bunday bo`lishi, ularning, tijorat ham riboga o`xshashda, deganlari uchundir. Va holbuki Alloh tijoratni halol, riboni harom qilgan. Kimki Robbidan mav`iza kelganda to`xtasa, avval o`tgani o`zig ava uning ishi Allohning O`ziga havola. Kimki yana (riboga) qaytsa, ana ushalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar” (275-oyat).
Darhaqiqat bazi insonlarda “ Riboham tijoratdek gapda” degan fikr paydo bo`lishi mumkin. Chunki savdo sotiq bilan shug`ullanuvchi inson ham baribir qaysidir yurtdan yoki biror ulgurji savdogardan olib kelib ustiga narx qo`yib sotadi degan hayolga borishadi. Lekin bu fikrlar mutlaqo noto`g`ri. Savdo bilan shug`ullanuvchi inson molni olib to haridorlarga sotish jarayonigacha moli xavfda bo`ladi. Masalan olib kelingan molni yaroqlilik muddati o`tishi yoki molga yo`lda biror zarar yetishi xavfi. Savdogar tavakkal qilib tijoratga qo`l uradi. Ribo esa buni aksi, unda mol xatarda ham bo`lmaydi, riboxo`r tavakkal ham qilmaydi. Shu bilan bir vaqtda o`zi ribo evaziga qarz bergan inson haqida o`ylamaydi, u olgan qarzini oshig`i bilan vaqtida bera oladimi yo`qmi. Bu ish ya`ni sudxo`rlik, valyutani bir guruh kishilar qo`lida to`planishiga olib kelishi va jamiyat ustidan iqtisodiy hukmronlik o`rnatilishiga olib kelishi mumkin.
Kredit masalasiga keladigan bo`lsak, bu borada ham turli ulamolar turli xil fikrlar bildirishadi. Bazi ulamolar kredit harom deydi. Bazilari kredit ikkiga bo`linadi: birinchisi bankdan pul qarzga olib uni qanchadir muddatda foizi bilan qaytariladi, bu ribo. Ikkinchisi mashina, uy yoki shunga o`xshash narsalarni qanchadir vaqtda oshig`i bilan to`lash joiz deydilar. Bu huddi ijara kabi bo`ladi. Ijaraga uy berayotgan odamda imkon mavjud va uni biror insonga yashab turish uchun qanchadir muddatga pul evaziga beradi yoki uni qanchadir muddatda usha uy yoki qandaydir moddiy narsani ijaraga olayotgan odamning o`ziniki bo`lib qolishi evaziga bersa maqsadga muvofiq bo`ladi deb aytishadi. Demak kredit masalasida aytiladigan fikr shuki: agar pul olib uni qanchadir muddatda foiz evaziga oshiqchasi bilan qaytariladigan bo`lsa harom, bu ribo. Agarda ijaraga pul evaziga moddiy mulk olinsa bu joiz. Bunda vaqt muddat aniq belgilanadi. Oraga ribo aralashmasa kelishuv qilish mumkin bo`ladi.
Yuqoridagi kazusga qaytadigan bo`lsak, bu vaziyatda Raxmatilla aka o`g`illari uchun ijaraga uy olishi mumkin. Ijara hoh biror muddatga vaqtincha yashab turish uchun olinsin, hoh qanchadir muddatda shu uyni o`zlariga xususiy mulk qilib olish uchun bo`lishi mumkin. Bu har ikki tomonga manfaatli va halol yo`l hisoblanadi. Shunga qo`shimcha qilish mumkinki hozirgi kunda Islomiy bank, islomiy moliya tushunchalari paydo bo`lmoqda. Bu qanday tushunchalar? Islomiy bank shunday banklar tizimiki, bu tizim shundayki u riboga aralashmaydi. Bu bankning boshqa ananaviy banklardan farqli jihatlari ko`p. Bularga birinchi misol yuqorida qayd etilganidek riboga aralashmaydi. Yana bir asosiy jihatlaridan biri, bu bank sherikchilikda ham ish olib boradi. Ya`ni sizning loyihangizga pul tikadi, bu loyiha foyda ko`rsa shu foydaning shartnomada kelishilgan qismini oladi. Ahamiyatli jihati shuki agarda sizning loyihangiz zararga kirsa sizdan pul talab qilinmaydi. Ananaviy banklarning maqsadi foyda olish bo`lsa, Islom bankining maqsadi foyda bilan birga aholiga yordam berish. Agarda siz olingan qarzni vaqtida to`lay olmasangiz va buni to`lashga imkoningiz bo`lmaganligi sabab kechiktirgan bo`lsangiz bu bank buni tushunadi va kechikkan vaqtga ustama to`lov olmaydi. Islom bankining aholiga yordam berish prinspi yuqoridagi holatda o`z aksini topadi.


Download 33,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish