Turli millat vakillari o’rtasidagi nikoh tuzilishiga ijobiy fikr bildiraman chunki turli XIL qardosh millatlar bilan



Download 33,91 Kb.
bet5/6
Sana01.07.2022
Hajmi33,91 Kb.
#723525
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Дин казус 6-16

14-kazus: Toshkent viloyatida joylashgan jazoni ijro etish muassasalaridan birida IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi mafkuraviy targ`ibot bo`limi xodimlari tomonidan “Xizbut-taxrir” partiyasiga a`zo bo`lgan maxkum bilan o`tkazilgan tarbiyaviy-profilaktik suxbat jarayonida “xalifalik” tushunchasiga to`xtalib o`tildi. Maxkum “xalifalik”ni dinning asoslaridan biri ekani haqida bir necha marotaba takrorladi. Mutaxassislar tomonidan dinning asoslari to`g`risida dalil va isbotlar keltirilishiga qaramay, u o`z qarashlaridan qaytmasligini, “doris” bo`lgan davrida, unga “mushrif” tomonidan singdirilganini va uning ongi qanoatlanganini ta`kidlaydi.

  1. Xalifalik so`zining ma`nosi nima?

  2. Islom dinining asosiy ustunlari nechta?

  3. Payg`ambar alayxissalomdan rivoyat qilingan hadisda xalifalik haqida nimalar deyilgan?

  4. “Xizbut taxrir” qanday tashkilot ( “doris” va “mushrif” kimlar)?

Javob: Bu kazusga javob berishdan avval “Xalifa” so`ziga taarif berib o`tmoqchiman. Xalifa- o`rinbosar, noib3. Xalifalik- Payg`ambarimiz(s.a.v)dan noib bo`lib, din ishlarini, diniy ilmlarni tarqatish, Islom arkonlarini qoim qilish, jihod olib boorish, unga tegishli: lashkar tayyorlash, jangchilarga maosh berish, tushgan o`ljani bo`lib berish kabi ishlarni, hozirlik ishlarini, hadd-shar`iy jazolarni qoim qilish, zulmlarni ko`tarish, amri ma`ruf, nahiy munkarni yo`lga qo`yish kabi davlat ishlariga rahbarlik( “Izolatul Xafo” 1-2). Xalifalik to`rt yo`l bilan sobit bo`ladi: birinchi- musulmonlarga fikri va nasihati o`tadigan, ahli hill va akd (halol va ishi-so`zi bir) bo`lgan ulamolar, boshliqlar va askarboshilarning bay`ati bilan sobit bo`ladi. Abu Bakr (r.a) ning xalifaliklari shu yo`l bilan sobit bo`lgan.
Rasululloh (s.a.v) o`limlaridan oldin toblari qochib jamoat namoziga chiqib imomlik qila olmagan paytlarida o`rinlariga Abu Bakr Siddiq (r.a)ni imomlik qilishlarini tayinlaydilar. Payg`ambarimiz (s.a.v) vafotlaridan keyin esa Abu Bakr (r.a) jamoat namozida imomlik qilganlari kabi Payg`ambarimiz (s.a.v)dan keyin musulmon ummatiga o`rinbosarlik ya`ni xalifalik qiladilar. Ulamolar, harbiy boshliqlar Abu Bakr(r.a) ga bay`at qiladilar.
Ikkinchi- Xalifa odamlarga vasiyat qilib o`z o`rniga bo`ladigan odamni tavsiya qilishi. Hazrati Umar (r.a)ning xalifaliklari shu yo`l bilan sobit bo`lgan.
Uchinchi- Xalifa saylash uchun sho`ro majlisi tuzish. Hazrati Usmon (r.a) va Hazrati Ali (r.a) ning xalifaliklari shu yo`l bilan sobit bo`lgan.
To`rtinchi- Xalifalik shartlariga ega odamning odamlarga boshliq bo`lib olishi bilan. Payg`ambarimiz (s.a.v) xalifalaridan keyingi xalifalar shu yo`l bilan bo`lgan (“Hujjatullohi Bolig`a” 2-738) Demak bundan shuni anglashimiz mumkinki demokratiya qaysidir ma`noda bizda bo`lgan. Xalifa saylanishining sahobalar davridagi ko`rinishi, demokratiyaning qaysidir shaklida o`z aksini topadi. Masalan to`rt xalifaning saylanishi va undan keyingi xalifalarning saylanishlari to xalifaning saylanishi monarxiya kabi avloddan avlodga mulk bo`lib o`tib ketadigan shaklga kelmaguncha xalq tomonidan ya`ni ummat tomonidan saylangan. To`g`ri aynan hozirgi kundagi saylash tartibada bo`lmasa ham baribir bu ish haqqoniy ravishda jamoaga maslahatlashuvga topshirilgan. Hamda jamoat o`zlari loyiq deb hisoblagan kishiga bay`at qilishgan.
Islomning asosiy ustunlariga to`xtaladigan bo`lsak, islomning 5 asosiy ustuni mavjud. Lekin bu islomning bori shu yani islom shundan iborat degani emas. Bu asosiy ustunlar: Imon, namoz, zakot, haj va ro`zadir. Bu sahih hadis hisoblanib, u hadis Abdulloh ibn Umar (r.a)dan Imom Buxoriy va Imom Muslimlar rivoyat qilgan.
Ushbu islom ustunlarini nazar pisand qilmaydigan. Xalifalik tuzishni yomon, gunoh ishlar bilan, odamlarni qoni, xunrezliklar evaziga qilish mumkin deb hisoblaydigan “Hizbut taxrir” jamoasi haqida keltirib o`tamiz
HIZBUT-TAHRIR (to'la nomi "Hizbut tahrir al-islomiy" - "Islom ozodlik partiyasi") — norasmiy siyosiylashgan diniy tuzilma (oqim). 1953 yilda Isroilda paydo bo'ldi. Asoschisi - shayx Taqiyuddin Nabahoniy (1909-1979). U Misrdagi "al-Azhar" universitetini tamomlagan, Quddusda shar'iy shikoyat sudining a'zosi lavozimida ishlagan. Iordaniyadagi "Musulmon birodarlar" diniy ekstremistik tashkiloti rahbarlaridan biri bo'lgan. "Hizbut taxrir." tuzilma jihatdan piramida ko'rinishida tashkil topgan. "Doris"lardan tarkib topgan "halqa"dagi 4-5 kishi guruh rahbari -"mushrif"dan saboq oladi. Bunday kichik "halqa"larga bo'linish, tashkilot asoschilarining fikricha, fosh bo'lish imkoniyatini mumkin qadar kamaytiradi. Mashg'ulot haftada kamida 1 marta o'tkazilishi shart. Bunday "dars"larda nomigagana diniy ta'lim berilib, asosiy e'tibor yoshlar tarbiyasidagi ma'naviy bo'shliqdan foydalanib, ularning ongiga g'arazli siyosiy fikrlarni joylashga qaratiladi. Halqa a'zolari bir-birlarini faqat ismi yoki taxallusi orqali biladi. Tashkilotga a'zo bo'layotgan nomzod har qanday sharoitda ham hizb faoliyati haqidagi ma'lumotni sir saqlash haqida qasam ichadi. Mintaqaviy rahbar - "mu'tamad", butun dunyo bo'yicha "Hizbut taxrir." harakati rahbari, ya'ni "amir" tomonidan belgilanadi va viloyat darajasida ishlaydigan "mas'ul" hamda tuman miqyosida faoliyat ko'rsatuvchi "musoid"ga rahbarlik qiladi. Tumanlar ham alohida hududlarga bo'linadi va 4 mushrifdan iborat "naqib" rahbarlik qiluvchi "mahalliy jihoz"ni tashkil etadi. "Hizbut taxrir." ko'pgana musulmon davlatlari, jumladan Misr, Iordaniya, Tunis, Iroq, Jazoir, Sudan, Yaman va boshqa davlatlarda o'z faoliyatini yashirin olib bormoqda. Bugungi kunda bu tuzilmaga Falastinlik Abulqadim Zallum rahbarlik qilmoqda. Mazkur diniy tashkilot 1992 yildan O'zbekistonda maxfiy faoliyat yurita boshladi. Hizbchilarning maqsadi: tinch, osoyishta davlatda fuqarolar urushini boshlash, mamlakat iqtisodiy faoliyatini izdan chiqarish, millatlar va dinlararo nizolarni keltirib chiqarish, mamlakatga qurol-yarog' va giyohvand moddalarni olib kirib, fuqarolarning tinch hayotiga raxna solish, mustaqil davlatni qurol-yarog' ishlab chiqaruvchi xorijiy mamlakatlarga qaram qilish. Bu diniy tashkilotning 3 kurash bosqichi bor. Bular 1) tasqif - tushuntirish ishlari. Ongga to'liq shakllanmagan yoshlarni o'z tuzog'iga ilintirish. Fikri zaif, ta'sirga beriluvchan huquq-tartibot organlari, hokimiyatlardagi mas'ul shaxslarni o'z tarafiga og'dirish; 2) tafoul - birgalikda harakat qilish, fikriy kurash orqali "ummatning oyoqqa turishi, fikriy ongliligi yo'lida fikriy inqilobga etishish; 3) inqilob - to'ntarish, hukumatni ummat orqali qo'lga kiritish. "Hizbut taxrir."ning g'oyasi islom ta'limotidan uzoq, demokratik-huquqiy davlat konstitutsiyasiga ziddir. U vijdon erkinligini suiste'mol etib, siyosiy hokimiyatga intilish yo'lini tutgan. "Hizbut taxrir." 1989 yildan turli tillarda "al-Va'y" (Ong) nomli oylik jurnal chiqarib, maxfiy ravishda tarqatib keladi. "Hizbut taxrir."ning rasmiy faoliyati arab davlatlarida taqiqlangan. Ushbu tashkilotning Iordaniyadagi mas'uli shayx Axmad ad-Daur 1969 yilda hukumatni egallashda ayblanib qatl etilgan, 32 a'zosi Misrda sudlangan4



Download 33,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish