O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Samarqand viloyat bo‘limi rahbari
T. Tugalov
6
Ilk qadam
ISTE’DODLI YOSHLAR
KO‘PAYAYOTGANIDAN QUVONAMAN
Ijod... Bu ulug‘ “ish” qo‘liga qalam olib, ushbu sirli oshi-
yon bilan sirlashmoqni istagan yurakni hayot zavqidan bah-
ramand bo‘lishga, yashamoq shavqini ko‘ngil tug‘yonlari ila
go‘zallashtirib, satrlarga singdirmoqlikka chorlaydi. Eng muhimi,
ulug‘vorlik, intiluvchanlik, izlanuvchanlikka undaydi shuurni.
Darvoqe, so‘z zalvori og‘ir, uning yukini faqat yuragi yo-
niq, tun-u kun “so‘z ichadigan, so‘z kechadigan” ko‘ngilgina
ko‘tara oladi. Va shu asnoda ijod mashaqqatini zimmasiga oladi.
Ayniqsa, yoshlar ijodini kuzatar ekanman, yurtimizda ana shu
zalvorni mardonavor ko‘tarib, izlanib, “ijod maydoni”ga dadil
kirib kelayotganlari ko‘pligidan quvonaman. Shu o‘rinda aytib
o‘tish joizki, davlatimiz rahbarining yoshlar iqtidorini to‘la namo-
yish eta olishlariga qaratilgan beshta tashabbusning taklif etilishi
ham ayni muddao bo‘ldi. Ana shu yo‘nalishning biri san’atning
boshqa turlari qatorida adabiyot, ijod sohasida iqtidorli yoshlarni
aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bu sohada
yangi qobiliyatlarni kashf etdi.
Samarqand viloyati “Yosh ijodkorlar kengashi”, viloyat-
ning Past Darg‘om tumani “Past Darg‘om haqiqati” gazetasi
qoshida tashkil etilgan “ Iste’dod”, tuman “Barkamol avlod”
bolalar maktabi qoshida faoliyat yuritayotgan “ Yosh jurnalist
va notiq” to‘garagi a’zolaridan Saydalixon Yoqubjonov, Abbos
Shodmonqulov, Ilhom Narzullayev, Muhiddin Zayniddinov,
Marjona Qobilova, Odiljon Rashidov, Nilufar Norqobilova,
Nurxon Xidirova, Oydin Toshquvvatova, Dildora Yo‘ldoshe-
va, Rahmatilla Murodqulov, Yulduz Abdusamad qizi kabi ijod
sir-asrorlarini yaxshishiga o‘zlashtirib olgan ijodkorlarning maz-
munli, his-tuyg‘ulari go‘zal tarzda ifoda etilgan satrlarini o‘qir
ekansan, beixtiyor adabiyot, she’riyatning kelajagi mana shunday
so‘z egalari bilan porloq bo‘lishiga ishonasan.
7
Ilk qadam
Yuqorida nomlari zikr etilgan yosh ijodkorlarning she’rlari,
badihalari, fikr-mulohazalari ushbu “Ilk qadam” deb atalmish
adabiy-badiiy almanaxdan joy olayapti. Ishonamizki, ilk qadam-
lardan ulug‘lik ildiz otib, buyuklikka iz soladi. Ushbu kitob
ehtimol kamchiliklardan xoli emas. Ammo yurt dovrug‘ini jahon
adabiyoti maydonlariga olib chiquvchi buyuklar ham yosh ijod-
korlar orasidan chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |