Tyermiz davlat universiteti pyedagogika instituti



Download 1,07 Mb.
bet1/81
Sana23.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#696757
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
ИТМ ЯНГИ МАЖМУА


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TYeRMIZ DAVLAT Universiteti PYeDAGOGIKA INSTITUTI

Falsafa VA MA’NAVIYaT ASOSLARI KAFeDRASI


Rasulov hakim mamanovich

ilmiy TADQIQOT metodologiyasi
Fanidan o’quv-metodik majmua

Termiz - 2021
O’quv - metodik majmua universitet barcha ta’lim yo’nalishlari magistratura ta’lim bosqichiga talabalariga mo’ljallangan bo’lib, unga ilmiy ijod metodologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, ilmiy ijod jarayoni tarixi, ilmiy ijod jarayonini ifoda etish shakllari, ilmiy ijodda fakt, gipoteza, eksperement, ilmiy bilish metodlari, kabi muammolarga doir ma’lumotlar kiritilgan.
Ma’ruzalar zamonaviy pedtexnologiya talablariga mos ravishda tayyorlanib, unda o’quv maqsadlari, mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar, nazorat savollari, mustaqil ish topshiriqlari, test savollari, glosariylar, joriy, oraliq, yakuniy nazorat savollari va variantlari keltirilgan. O’quv-metodik qo’llanmaning mazkur qismidan 30 soatga mo’ljallangan 15 ta lektsiyalar kursi, o’rin olgan.
Tayyorlovchi:
Siyosiy fanlar nomzodi, dotsent H.M.Rasulov
Taqrizchilar:
Falsafa fanlari nomzodi U.O’.Mustafaev
Falsafa fanlari nomzodi R.I.Norliev

© Termiz davlat universiteti pedagogika instituti
Kirish

Respublikamizning mustaqillikka erishishi fanning turli yo’nalishlarda rivojlanishiga keng yo’l ochib berdi. Bu jarayonda olimlarimizning mashaqqatli mehnatlari va ijodiy izlanishlari alohida ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda mutaxassislarning ilmiy-tadqiqotning nazariy asoslarini o’rganishi va egallangan bilmlarni amaliyotga tadbiq qilishi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.


Ma’lumki, inson o’z ijodiy izlanishlari asosida dunyoni o’zgartiradi va o’zini yaratuvchi, ijodkor, kashfiyotchi sifatida namoyon etadi.
Ijodning maxsus shakli bo’lgan ilmiy tadqiqot jarayoni o’ziga xos metodologik xarakterga ega. U sub’ektning borliq hodisalarini qay darajada bilishida namoyon bo’ladi. Shu nuqtai nazardan, ilmiy tadqiqot fanda evristik xarakterga ega. Zero, ilmiy-tadqiqot jarayonida sub’ekt ob’ektga faol, izchil ta’siri ko’rsatadi. Bu ta’sir jarayonida inson o’zini qurshab turgan muhitni o’zgartiradi, shu paytgacha ko’rilmagan, anglanilmagan, o’rganilmagan, g’aroyib va jozibali yangilikni yaratadi yoki kashf etadi. Shu ma’noda faoliyat kishilik jamiyati mavjudligining zaruriy sharti sifatida dunyoni o’zining maqsadiga ko’ra o’zgartirishga qaratilgan inson xatti-harakati namoyon etadi. Ilmiy-tadqiqot – bu insonning o’zi va atrofidagi o’zgarishlarni anglab yetishga doimiy ravishda tayyor turish, yangicha tafakkur qilish asosida o’z qobig’idan chiqa olishidir. Yangi narsalarni ixtiro etishga bo’lgan intilish olimning nazariy huzur-halovatini namoyon etadi.
Bugungi kunda ko’plab olimlar ilm-fanning nazariy va amaliy masalalarini ilmiy asosda tadqiq etmoqdalar. Bizning nazarimizda nazariy g’oyalarni amaliyot bilan uyg’unlashtirish, kashfiyotlar yaratish va ixtirolar qilishda buyuk olimlar tajribasidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chunki ilmiy- tadqiqot jarayonida shaxs yoki jamoa jamiyat taraqqiyotini ilgarilashiga ta’sir qiluvchi yangilik yaratiladi.
Ijod va uning barcha turlari (badiiy, texnikaviy, ilmiy va boshqalar) haqidagi ilmiy bilimlarning rivoji uning mohiyatiga nisbatan turlicha falsafiy talqinlarning shakllanishiga olib kelgan. Bu esa ijodiy faoliyat doirasida erishilgan ilmiy izlanishlar natijalariga tayangan holda uning mazmuniga aniqlik kiritish, ilmiy asoslangan ta’rifni ishlab chiqishni taqozo qilmoqda.
Ilmiy-tadqiqot faoliyati insonga o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini baholashga amaliy yordam beradi, ya’ni agar inson haqiqiy olim bo’lishni istasa, o’zining ehtiros va intilishlarini boshqarishi, oqilona, samarali va optimal qarorlar qabul qilishi, ezgulikka xizmat qiladigan evristik faoliyat bilan mashg’ul bo’lishi lozim. Bunday faoliyatning natijasi kashf qilish, yaratuvchanlik sifatida namoyon bo’ladi. Ushbu holat, ilmiy-ijodiy faoliyatni tahlil qilish, tushunish va unga baho berishda yangidan-yangi imkoniyatlarni ochadi. Shu nuqtai nazardan ham ilmiy-tadqiqot jarayoniga oid yondashuvlarni yanada chuqurroq tadqiq etish, uning o’ziga xos xususiyatlarini izlab topishga yordam beradi.




  1. Download 1,07 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish