Uash taktikasi



Download 43,78 Kb.
bet6/16
Sana03.04.2022
Hajmi43,78 Kb.
#526848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Profilaktikasi.O‘tkir revmatik isitmaning birlamchi profilaktikasi A guruxidagi β-gemolitik streptokokk o‘choqlarini (xalqum, bodomcha bezlari va traxeyalarning o‘tkir hamda surunkali yallig‘lanishlari) bartaraf etishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Ushbu maqsadda β laktam yoki makrolid guruxidagi antibiotiklardan foydalaniladi. Odatda muolajalar bemor yoshi va tana vaznidan kelib chiqib 8-10 kun davomida olib boriladi. SHuningdek, organizmni chiniqtirish (kundalik badantarbiya, faslga mos ravishda kiyinish va boshqalar), zararli odatlardan voz kechish va yiringli jarayonlarni (tish kariesi, furunkul, karbunkul) bartaraf etish revmatizmning birlamchi profilaktikasiga kiradi.
Ikkilamchi profilaktika – o‘tkir revmatik isitma o‘tkazgan bemorlarda qayta xurujlar rivojlanishini hamda revmatik yurak nuqsonlari avjlanishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. U har bir bemor uchun individual hamda JSST tavsiya etgan xavf omillarini inobatga olgan holda o‘tkaziladi. Quyidagilar o‘tkir revmatik isitmani takror xurujlarini yuzaga keltiruvchi xavf omillari hisoblanadi.

  • Bemor yoshi;

  • Surunkali yurak revmatik kasalligining mavjudligi;

  • O‘tkir revmatik isitmani birinchi xurujidan keyin o‘tgan vaqt;

  • Katta oilaning chegaralangan joyda yashashi;

  • Oilada o‘tkir revmatik isitma yoki surunkali revmatik kasalligiga bo‘lgan moyillik;

  • Bemorning ijtimoiy-iqtisodiy holati va bilim saviyasi;

  • Bemor yashayotgan hududda streptokokkli infeksiyaning yuzaga kelish ehtimoli;

  • Bemorning kasbi va ish joyi (maktab o‘qituvchilari, shifokorlar, zich sharoitda ishlovchilarda xavf yuqori).

Ikkilamchi profilaktika davomiyligi quyidagicha bo‘ladi:
Kardit belgilarisiz o‘tkir revmatik isitma (poliartrit, xoreya) o‘tkazgan bemorlarga oxirgi xurujdan so‘ng 5 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida yoki 18 yoshgacha bitsillin-5 har to‘rt haftada 1,5 mln. birlikdan mushak orasiga;
YUrak nuqsonlari shakllanmagan va kardit oxirigacha davolangan bemorlarda oxirgi xurujdan so‘ng 10 yildan kam bo‘lmagan muddatda yoki 25 yoshga qadar;
O‘tkir va qaytalama revmatik isitma oqibatida yurak shikastlanishlari (nuqsonlari) mavjud bo‘lgan bemorlarda bitsillin profilaktikasini butun hayoti davomida.
Amerika kardiologlari uyushmasi ekspertlari ma’lumotlariga ko‘ra yurakni surunkali revmatik kasalligi bo‘lgan barcha bemorlar infeksion endokardit rivojlanish ehtimoli bo‘lgan xavf guruxini tashkil etadilar. SHu sababli bakteriemiya (tishlarni olish, tonzillektomiya, adenotomiya, o‘t yo‘llari va ichaklarda o‘tkaziladigan jarrohlik amaliyotlari va boshqalar) bilan kechadigan barcha tibbiy muolajalardan oldin albatta ularga antibiotiklar buyuriladi.
Uchlamchi profilaktika chora-tadbirlari yuqoridagi sanab o‘tilgan tadbirlar bilan bir qatorda yangi yurak nuqsonlari paydo bo‘lishi va SYUE rivojlanishini oldini olish, so‘nggi asorat yuzaga kelganda uning belgilarini bartaraf etish hamda bemor hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan bo‘lishi lozim.

Download 43,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish