Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet27/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

О ‘zbekiston mustaqil davlat sifatida zimmasiga quyidagi maq- sadlar va ustunliklar haqida majburiyat oldi:

  • insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquqlarini ta’minlash, madaniyatlaming xilma-xilligini hurmat qilish, etnik va diniy negiz- dagi biron-bir ziddiyatga yo 7 qo ymaslik;

  • tinchlik va о 'z fuqarolari xavfsizligi manfaatlarini, mamlakat- da ijtimoiy barqarorlikni har qanday boshqa - iqtisodiy, mqfkuraviy, siyosiy manfaatlardan yuqori qo ‘yish;

  • odamning yashash muhiti sifatida atrof-muhit holatini saqlash va yaxshilashga alohida ahamiyat berish. Mamlakat bundan keyin ham eng mushkul ulkan ekologik muammolaridan biri - qurib bo- rayotgan Orol dengizi muammosini hal etishga katta miqdordagi mablag ‘lar ajrataveradi;

  • fuqarolarning erkin iqtisodiy faoliyati, tadbirkorlik bilan shug ‘ullanishga, kasb tanlashga va о ‘z mehnati bilan qatnashishga kafolatli konstitutsion huquqlarni ta ’minlash;

  • aholi salomatligini saqlash, umumiy о ‘rta ta limni ta ’minlash, oliy kasb ma’lumotini oshirishda faol ishtirok etish, jamiyatning ta ’limiy va intellektual potensialini oshirish uchun sharoitlar yara- tish;

  • bozorga о ‘tish davrida va shundan keyingi davrlarda aholini ijtimoiy himoyalash bo ‘yicha oldindan ко ‘riladigan choralar shakli- dagi kuchli ijtimoiy siyosatni ta ’minlash;

о ‘zbek xalqining fuqarolarning ijtimoiy о ‘z-o ‘zini boshqarish organlari - mahalla yig ‘inlarini jalb etish shaklidagi odamlarning bir-birlariga о ‘zaro yordam ко ‘rsatishi bo ‘yicha asriy an ’analarini tiklash.Ayrim muxoliflarimiz Prezident Islom Karimovni yakkahokim- likda, boshqaruv idoralarining asosiy bo‘g‘inlarini o‘z vakolatiga ol- ganlikda ayblashardi va dalil sifatida uning mamlakat Prezidenti va ayni paytda Vazirlar Mahkamasining raisi ham ekanligini vaj qilib ko‘rsatishardi.
Prezidentiik - respublika boshqaruvida eng muhimi - hokimiyat bo‘linishini adolatli tarzda amalga oshirish imkoni bor. Ya’ni qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyati bir-biriga daxlsiz holda ish olib boradi. Prezidentiik - respublika boshqaruvida ijro hokimiyati Prezi­dent qo‘lida bo‘ladi. Bu usul imkoniyatlarini dunyo tan olgan.
Haqli savol tug‘iladi: nima uchun Prezident Islom Karimov boshqaruvning ayni shu usulini tanladi? Masalaning ikki jihati bor:
Birinchidan, Sharqda azaldan davlat demokratiyaga qanchalik keng imkoniyat yaratib bergan bo‘lmasin, kuchli hokimiyat mav­jud bo‘lgan. Eng ulug‘ va adolatpesha davlat boshlig‘i qat’iyatli, talabchan va, ayni paytda, mehr-muruwatli bo‘lishi bilan hammaga o‘mak bo‘lgan, hamisha tinchlik, adolat va haqiqatga xizmat qilgan. Aks holda har qanday hokimiyat anarxiyaga aylanib ketishi hech gap emas.
Ikkinchidan, boshqaruvning parlamentar - respublika usulida Prezident parlament yig‘ilishida uning a’zolari tomonidan saylana­di. Prezidentiik - respublika boshqaruvida esa u umumxalq saylovi yo‘li bilan barcha fuqarolarning ovoz berishi asosida saylanadi. Bun- da Prezident o‘z vakolatini parlamentning sanoqli a’zolaridangina emas, keng xalq ommasidan oladi. Qolaversa, buning siyosiy, huqu­qiy, ma’naviy va demokratik mazmuni ham bor.
Umuman olganda, jamiyatni boshqarishda davlat boshliqlarini saylash tartibi ham juda katta ahamiyat kasb etadi. Parlamentar - respublika boshqaruvi shaklidagi davlatda Prezident parlament ovo­zi bilan saylanadi. Prezidentiik - Respublika boshqaruvi shaklidagi mamlakat prezidenti esa parlament ishtirokisiz bevosita xalq tomo­nidan saylanadi, u o‘z vakolatlarini xalqdan olgan hisoblanadi. Ho- zirgi zamon davlatchiligi tajribasiga tayanib shuni alohida ta’kidlash mumkinki, boshqaruvning Prezidentiik - respublika shakli davlat boshqaruvining eng maqbul shaklidir.
Darhaqiqat, tarixiy tajriba, yon atrofimizda yuz berayotgan turli xildagi bo‘hronlar, ayrim mamlakatlarda ijtimoiy-siyosiy jarayonlar- ning tahlikali tus olishi shundan dalolat bermoqda.
Prezident Islom Karimov ishlab chiqqan mashhur besh tamo- yilning biri - o‘tish davrida davlat bosh islohotchi bo‘lib qolishi za- rurligining mohiyati shunday paytda ko‘zga yaqqol tashlanadi. Ijro hokimiyati bilan davlatning jilovi bir kishining qo‘lida bo‘lgan taq- dirda va uni parlament qonun bilan himoyalab turgan bir sharoitda mamlakatda sog‘lom ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ruhiy vaziyat barqa- ror bo‘ladi. Demak, tub islohotlaming samaradorligi, har bir fuqaro hayoti va istiqboli kafolatlangan hisoblanadi.
Mutaxassislaming fikricha, keyingi yillarda davlat boshqaruvi- ning parlamentar - respublika va monarxiya shakli o‘matilgan mam- lakatlarda ham hukumat - oliy ijro idorasi asosiy o‘rinni egallamoq- da. Masalan, Olmoniya, Italiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda ana shunday hodisa yuz bermoqda.
Umuman olganda, Prezident Islom Karimov faoliyatidagi qat’iylik, qat’iy intizom, yuksak talabchanlik ulkan mas’uliyatni chuqur his etish ifodasidir. Buni «Комсомольская правда» gazeta- si muxbiri savollariga bergan javoblarida yaqqol ko‘rish mumkin. Jumladan, u «Muxoliflarim meni diktator qilib ko‘rsatishni juda xohlaydilar. Tan olaman: ehtimol mening harakatiarimda avto- ritarizm nishonalari bordir. Ammo, men buni faqat bir narsa bilan izohlayman: tarixning muayyan davriarida, haqiqiy dav- latchilik qaror topayotgan paytda, ayniqsa, bir tizimdan ikkin- chisiga o‘tish davrida, har holda kuchli hokimiyat zarur. Qon to‘kilishiga va qarama-qarshilikka yo‘l qo‘ymaslik, mintaqada millatlararo va fuqarolar totuvligi, tinchligi va barqarorlikni saqlash uchun shunday bo‘lishi zarur. Bu yo‘lda men Jonimni fido qilishga tayyorman», deya o‘z nuqtayi nazarini ochiq-oydin bayon etgan edi.
Darhaqiqat, 0‘zbekiston davlatchiligida qat’iy intizom bor. Uni nazorat qilib boruvchi Konstitutsiyaviy sud mavjud. Dastlab mamla­katda Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi tashkil etildi. Ma’lum mud- dat o‘tgach bu qo‘mita Konstitutsiyaviy sudga aylantirildi. Chun- ki, nazorat qo‘mitasining mazmun-mohiyatida voqea-hodisalami ko‘zdan kechirib qo‘yish, ularga nazar solib turish ma’nosi yotadi. Sudda esa qat’iy talab va hukm mavjud. Bunda talab ham, mas’uliyat ham oshadi.
Ijro hokimiyati haqida gapirganda yana shuni ham ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida ilgarigi ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga xos bo‘lgan xalq xo‘jaligi tarmoqlarini boshqaradigan awalgi vazir- lik va idoralar bekor qilindi. Ular bozor munosabatlariga muvofiq holda korporatsiyalar, konsemlar, assotsiatsiyalar va davlat tasarrufi- da bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi boshqa idoralarga aylantirildi.
Bu o‘rinda umumdavlat ahamiyatiga molik strategik vazifalami hal etish, rivojlanishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini ishlab chiqish, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan korxonalaming faoliyatini muvofiq- lashtirish uchun turdosh tarmoqlami yirik xalq xo‘jaligi kompleks- lariga aylantirish tajribasidan foydalanildi. Shuning uchun ham yan­gi hukumat tarkibiga Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligi va shu kabi boshqa faoliyati asosan aholini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlashga, ko‘p ukladli iqtisodiyotni rivojlantirishga, tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy faoli- yatni muvofiqlashtirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini mu­hofaza qilishga, qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlashga yo‘naltirilgan vazirliklar va davlat qo‘mitalari kiritildi.
Albatta, bozor munosabatlariga o‘tish davrida boshqaruv tizimi- da bunday islohotni taqozo etgan o‘ziga xos omillari bor edi.

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish