Uchinchi kitob


MUSTAQIL 0‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI TARKIBIDA SUVEREN QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI



Download 57,25 Mb.
bet35/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

MUSTAQIL 0‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI TARKIBIDA SUVEREN QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
l-§. 0‘zbekiston mustaqilligi yillarida Qoraqalpog'iston davlatchiligi taraqqiyoti
XX asming boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtiso­diy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta o‘zgarishlar yuz berdi. 1924- yili Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xo‘jayli hamda Qo‘ng‘irot tumanlari hududida Qozog‘iston ASSR tarkibida Qoraqalpog‘iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930- yildan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932-yilda Qoraqalpog‘iston Avto­nom Respublikasiga aylantirildi.
Qoraqalpoqlar tarixida 1936-yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoladi. Chunki, shu yili ular o‘z taqdirlarini 0‘zbe- kiston SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi va o‘z tanlagan yo‘lining istiqbolli ekanligini ko‘rsata oldi.
SSSR tarqalib ketganidan so‘ng mustaqil 0‘zbekiston tarkibi- dagi suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabi- iy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan o‘zbek xalqi o‘rtasida do‘stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, tur- mush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orolbo‘yi kengliklarida qadimiy o‘zbek va qoraqalpoq ajdodlari birgalikda yashab, mehnat qilishdi. 0‘zlarinmg mushtarak taraqqiyot yo‘llarini bosib o‘tishdi.
Qadimiy turkiy qavmning ikki shajarasi yillar mobaynida haqi- qiy og‘a-inichilik fazilatlarini ko‘rsatdilar, o‘zaro munosabatlami chuqurlashtirdilar. Bu ikki qavm ma’naviy-mhiy yaqinligini belgi- laydigan asosiy omil va madaniyatlar mushtarakligi, ularning o‘zaro yaqinligi edi. Darhaqiqat, tillar yaqinligi dillar yaqinligiga olib kel­di. Madaniyatlar bir-birini boyitdi. Qadimiy madaniyat namunalari, umummilliy qadriyatlar, jondosh-u qondosh bo‘lgan har ikki mil- lat uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan an’analar shakllandi. Shu asosda iqtisodiy hamkorlik, yagona iqtisodiy makon vujudga keldi.
0‘zbekiston tarkibida o‘tgan 60 yillik tarix qoraqalpoq xalqi uchun jiddiy o‘zgarishlar davri bo‘ldi. Madaniy va ma’naviy ravnaq,

san’at va adabiyotdagi yuksalish, qishloq xo‘jaligi va sanoat ish­lab chiqarishidagi katta yutuqlar bevosita qardosh o‘zbek xalqining beg‘araz yordami, og‘alarcha ko‘magi bilan dunyoga keldi.
Qardoshlik va yaqin qo‘shnichilik singari yuksak insoniy fa- zilatlar asrlar sinovidan o‘tib, og‘ir kunlarda eng ishonchli qurol bo‘lib xizmat qildi. Natijada, Sovet hokimiyati yillaridagi ma’muriy- buyruqbozlik usuli, soxta va asossiz milliy siyosat, «ulug‘ og‘a»larga xos soxta va yuzaki «millatparvarlik» bu makon xalqlarining muno- sabatlariga rahna sololmadi.
Qoraqalpoq va o‘zbek xalqi bir necha o‘n yilliklar mobaynida to‘planib qolgan muammolami hal etishda, ijtimoiy-iqtisodiy mu- nosabatlami yanada chuqurlashtirishda o‘z an’analaridan unum- li foydalanish yo‘lini tanladilar. Har ikki xalq taqdiri, istiqboli bir ekanligini, ulami mushtarak orzular, yagona intilish birlashtirib tur- ganligini oehiq-oydin ko‘rsaidilar. Tarixan turli davrlarda turli siyo- siy o‘zgarishlar va qiyinchiliklarda toblangan do‘stlik va qardoshlik munosabatlari bunga asos bo‘ldi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, sobiq SSSR davrida milliy masaladagi yuzaki yondashuvlar, balandparvoz shiorlar, asossiz chaqiriqlar faqat «ulug‘ og‘a»lar manfaatiga xizmat qilardi, xolos. Bu shiorlar milliy ravnaq, kichik xalqlaming milliy taraqqiyoti, itti- foqdosh respublikalar xalqlarining milliy ehtiyojlarini qondirishdan uzoq edi. Totalitar davlatchilik paytida birinchi rahbar biron marta ham Qoraqalpog‘istondan bo‘lmagan, uning xalqi hayoti bilan ta- nishmagan, unga yaqindan yordam bermagan edi.
Yuqoridan amalga oshirilgan bir yoqlama rejalashtirish, kichik xalqlarga bo‘lgan e’tiboming sustligi tufayli Qoraqalpog‘iston sobiq ittifoq tarkibida taraqqiyot darajasi eng past bo‘lgan o‘lkaga aylandi. Ittifoq hukumatining aybi bilan qiyinchiliklar chuqurlashdi, muam- molar ustiga muammolar to‘plandi. Ekologik halokat yuzaga keldi. Amudaryo suvining ifloslanishi va Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy muammolar paydo bo‘ldi.
To‘planib qolgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraq­qiyot borasidagi muammolar tizimini hal etishda eng adolatli yo‘l tanlandi: yagona zamin, yagona makon birlashtirib turgan, umumiy taqdirini mushtarak etgan 0‘zbek va Qoraqalpoq xalqlari o‘z taqdir- larini abadiy birlikda ko‘rishdi. Qoraqalpoq xalqi milliy davlatchilik asoslarini qurishda hamda tom ma’nodagi siyosiy va iqtisodiy mus­taqillikka o‘zbek xalqi ko‘magida erishdi va o‘zining porloq kela- jagini yaratishga kirishdi. Uning ulkan orzu-umidi bekam-u ko‘st amalga oshadigan bo‘ldi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qoraqalpog‘iston jamoatchiligining 0‘zbekiston tarkibida dav­lat mustaqilligi va respublika maqomining huquqiy asosiga ega bo‘lishga intilishi Prezident Islom Karimov tomonidan qo‘llab- quwatlandi. Natijada 1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining IV sessiyasida «0‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat suve- reniteti to‘g‘risidagi» Deklaratsiyani qabul qildi. Mazkur Deklara­tsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «0‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda o‘zining huquqiy maqomiga ega bo‘ldi. Unda Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlit- ligi va mustaqilligi to‘la e’tirof etildi. Qonunda Qoraqalpog‘iston va 0‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik, ikkito- monlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida mustahkamlanishi ko‘rsatib berildi. Har ikki respublika o‘rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar 0‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsi- yasida (70--75-moddalar) o‘z aksini topdi. Natijada ikkitomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat’iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bo‘ldi.
Bundan tashqari 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek (70-modda) Qoraqalpog‘iston Respublikasi 0‘zbe- kiston Respublikasi tomonidan himoya qilinadi.
Konstitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog‘iston Res­publikasi fuqarosi ayni paytda 0‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga 0‘zbekiston xalqlarining barcha huquqlardan foydalanish imkonini beradi. Ulaming haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Qoraqalpog‘iston Res­publikasi taraqqiyoti uchun qator imkoniyatlar beradi. Masalan, Oliy Majlis va 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida uning hu­quqiy vakilligi mavjud. 86-moddada mustahkamlab qo‘yilganidek, 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi o‘rinbosarlaridan bin Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘ladi.
Konstitutsiyaning 98-moddasiga binoan Qoraqalpog‘iston Res­publikasi hukumati rahbari lavozimi bo‘yicha 0‘zbekiston Respub­likasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. 107-moddaga binoan esa 0‘zbekiston Respublikasi sud tizimiga Qoraqalpog‘iston Respubli­kasining xuddi shunday huquq organlari kiradi. Sud hujjatlari o‘zbek tili bilan birga qoraqalpoq tilida ham olib boriladi (115-modda).

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish