Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet29/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Birinchidan, ilgari davlat boshqaruvi sohasida juda katta va hal qiluvchi masalalar Ittifoq idoralari vakolatida edi. Mustaqillik sharo- itida bu vakolatlar to‘liq ravishda 0‘zbekiston Respublikasi tegishli markaziy idoralariga - Prezident, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va boshqa mahkamalarga o‘tdi.
Awal respublika hukumati, vazirliklari va davlat qo‘mitalarining 80-90 foizi markazning tegishli idoralariga itoat etgan bo‘lsa, endi- likda ular mustaqil davlat idoralariga aylandi. Demak, respublikada markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi vazifasi nihoyatda kengay- di.
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan hozirgi sharoitda 0‘zbekistonda jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishida Prezident, Vazirlar Mahkamasi olib borayotgan ishlar ko‘lami tobora kengayib boryapti, ular faoliyatida awalgi ma’muriyatchilik uslub- lari kamayib, yangi sharoit talablariga ko‘ra ishlash ustun kelayapti. Ilgari vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa markaziy mahkamalar faqat davlat korxonalari va tashkilotlariga rahbarlik qilgan bo‘Isa, endilikda ular o‘miga barpo etilayotgan konsem, assotsiatsiya, kom- paniya, uyushma va korporatsiyalar ham davlat, ham mulkchilikning boshqa shakllari asosida faoliyat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilot- larga rahbarlik qilyapti, yoki ulaming faoliyatini muvofiqlashtirib turyapti.
Shunday qilib, 0‘zbekiston mustaqil davlat sifatida bozor iqti­sodiyotiga o‘tish jarayonida iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning yangi shakli vujudga kelgan paytda dadillik bilan boshqaruv tizimini o‘z milliy taraqqiyotiga mos tarzda o‘zgartira bordi.
Umuman olganda 1991—1996-yilIar yosh Mustaqil mamlakati­mizda davlat tizimini takomillashtirish va uni butunlay yangi shaklda barpo etish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Ayrim tashkilot va muassasalar nomi ikki-uch yil orasida bir necha marta o‘zgartirildi. Ba’zi turdosh tarmoqlar birlashtirildi, bir qismi bo‘lib yuborilib, yangitdan tuzildi. Bir qator sohaiar, ayniqsa, bank, pul-kredit, tashqi iqtisodiy faoliyat, sobiq SSSR markaziy organlari va qator idoralar bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarda butunlay yangi vazirliklar va boshqa shakldagi muassasalar tashkil etildi.
Tarixan juda qisqa davrda tub islohotlami amalga oshiradigan, aholi ongi va dunyoqarashini butunlay o‘zgartira oladigan davlat tizimini mustahkamlash, keng tarmoqli xalq xo‘jaligini boshqarish- ga qodir bo‘lgan, eng samarali va eng zamonaviy usullami qidirib topish zarur edi. Mamlakatimiz hukumati aholi turmush darajasi va iqtisodiy-ijtimoiy hayotida barqarorlikni saqlab turish, o‘tish davrida jiddiy qiyinchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, ma’naviy-ruhiy ozurdalik, tushkunlik va qashshoqlikning oldini olish maqsadida eng awalo boshqaruv tizimini takomillashtirish, davlat apparatining har qanday tanglik sharoitida ham barqaror ishlashini ta’minlash ishiga jiddiy e’tibor berdi.
Milliy davlatchilikda yangicha boshqaruv usullari haqida gap ketganda 0‘zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilgan islohot- laming ikki muhim yo‘nalishi haqida fikr yuritish joiz.
Birinchidan, mustaqillikning keyingi yillarida davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida amalga oshirilgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad hokimiyat barcha tarmoqlari, xususan ijro hokimiyati boimish hukumat faoliyatining mas’uliyati va samarasini oshirishga qaratildi.
Ma’lumki, 0‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi usuli Prezidentlik boshqaruv shakliga asoslanadi va bu qoida Konstitutsi- yada belgilab berilgan.
Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Senatining 2005- yil 28-yanvardagi Qo‘shma Majlisida Prezident ma’mzalarida ta’kidlanganidek, 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiri- tilgan o‘zgarishlar bo‘yicha Prezident zimmasidagi ayrim vazifalar nafaqat Senatga, balki hukumatga ham berildi. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar yanada aniqlashtirildi.
Jumladan, hamma masalalar, vazifalar soha-soha qilib, ya’ni komplekslar bo‘yicha bo‘lib berildi. Bundan maqsad ishda qat’iy, aniq tartib-intizom va natija bo‘lishi ko‘zda tutildi.
Binobarin, Bosh vazir o‘rinbosarlari o‘z komplekslari bo‘yicha ishni boshqarib, javobgarlikni oxirigacha o‘z zimmalariga olishi, har qaysi hukumat a’zosi, har qaysi vazir o‘z sohasiga mas’ul bo‘lib Prezident oldida javob berishi, Parlament oldida hisob berishi belgi­landi.
Ikkinchidan, mamlakatimiz davlat mustaqilligining keyingi yil­larida ma’muriy islohotlami bosqichma-bosqich amalga oshirish tu- fayli bir-birini takrorlovchi vazirliklar, idoralar va davlat tashkilot- larini, resurslarini taqsimlash vazifalari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga rahbarlik qilishni tugallash orqali davlat va xo‘jalik boshqaruvining tarkibini optimallashtirish amalga oshirildi. Natijada respublikada 13 ta vazirlik, 11 ta davlat qo‘mitasi, 9 ta agentlik va 3 ta qo‘mita saqlanib qolindi, ularning vazifalariga umuman iqti- sodiyotni va uning sohalarini boshqarishning strategik masalalarini ishlab chiqish kiradigan bo‘ldi.
Xo‘jalik birlashmalari endilikda ishlab chiqaruvchilar uyushma- lari shaklida faoliyat kocrsatadigan bo‘ldi. Bu boradagi islohotlar izchil davom ettirildi. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2004 yil 5 yanvarda «Hududiy davlat boshqaruv organlari tarkibini takomillashtirish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Unga muvofiq bar- cha hokimliklar yangi boshqaruv tarkibiga o‘tadi. Viloyat, shahar, tuman hokimlarining o‘rinbosarlari qisqartirildi hamda hokimliklar mahkamasidagi shtatlar ham qisqartirildi. Beshta shahar, 8 ta sha­har ichki tumanlari qisqartirilishi natijasida budjet hisobidan moliya- lashtiriladigan hududiy boshqaruv organlari xodimlarining soni 500 birlikka qisqartirildi. Shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 331 birlikka qisqardi va ulami saqlashga ketadigan xarajatlar 312 million so‘mga kamaytirish imkonini berdi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida boshqaruv xodimlar sonini optimallashtirish natijasida 0‘zbekistonda ming nafar kishiga amaldorlar soni 6,1 kishini yoki aholining 1,6 foizini tashkil etdi. Qozog‘istonda ushbu ko‘rsatkich tegishli ravishda 19,2 va 3,4 ni, Ukrainada - 20 va 4,5 ni, Rossiyada 22,1 va 3,9 ni tashkil etdi.
Boshqaruv apparatini saqlash xarajatlari davlat budjetining 1,9 foizini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Q‘zbekiston bozor iq- tisodiyoti rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin oldi. Masalan AQSHda bu ko‘rsatkich 1,1 ni tashkil etadi.
Bundan tashqari boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirilishi natijasida boshqaruv xodimlari soni 40 ming kishiga qisqartirildi, bu esa 40,5 milliard so‘mlik budjet mablag‘larini tejash imkonini berdi.


  1. Download 57,25 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish