Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet33/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

«Birinchidan: kadrlar masalalarini hal qilishga daxldor kishi­lar, ayniqsa, bizning xalqlarimizning ko‘p millatli xususiyatlarini e’tiborga olishi zarur. Kadrlaming tarkibi ustida ham, biz milliy va mahalliy cheklanishlardan ustun turish uchun ham barcha choralami ko‘rishimiz lozim. Bu o‘rinda respublikaning ko‘p yillik shakllan- gan hayot tarzini, ko‘p millatlilik xususiyatlarini, o‘zaro hurmat va do‘stlik rishtalarini saqlab qolish maqsadlaridan kelib chiqib, ish tutishimiz lozim.
Ikkinchidan: biz kadrlami ishbilarmonlik fazilatlarini yetarli- cha qadrlay bilishimiz kerak.
ITchinchidan: Hokim mahkamasida har bir fuqaro uchun eshik ochiq bo‘lishi shart... Odamlami arzimas sabablarga ko‘ra sarson-sargardon qilishga, bevosita o‘z zimmasidagi ish uchun ja- vobgarlikni o‘zidan soqit qilishga urinishiga chek qo‘yish payti keldi».
0‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotganiga o‘n besh yil bo‘ldi. 0‘tgan 1991-2006-yillarda ko‘plab murakkab va jiddiy iqtisodiy, ma’naviy va ijtimoiy muammolami hal qilishga to‘g‘ri keldi. Mavjud muammolami hal qilishga kirishilar ekan, ayni chog‘da, kadrlami tanlash va joy-joyiga qo‘yish borasida ham qator qiyinchiliklarga duch keldi. Shuning uchun ham hukumat mamlakat­da kadrlar siyosatini zamon talabiga mos ravishda ishlab chiqish, bu boradagi ko‘rsatmalami hayotga izchil tatbiq etish lozimligini dol­zarb masala qilib qo‘ymoqda.
0‘zbekistonda mustaqillik yillarida kadrlar yetishtirish va tarbi- yalash borasida, ular bilan ishlashdagi dastlabki tajribani tahlil qilar ekan, Prezident I.A. Karimov kadrlami uch toifaga bo‘ladi.
Birinchi toifa - bu hozirgi og‘ir vaziyatdan foydalanib qolish- ga harakat qiladigan, faqat o‘z manfaatini o‘ylaydigan, xalq g‘ami, tashvishidan begona kishilar.
Ikkinchi toifa - befarq, loqayd odamlar bo‘lib, ular hech kimga qarshi gapirishni, dushman orttirishni xohlamaydigan kimsalar.
Uchinchi toifa - yosh, tashabbuskor, kuch-g‘ayratga to‘la, Va­tan ravnaqi uchun fidoiylik bilan xizmat qiluvchi kadrlar.
Mana shu tahlilning o‘zi ko‘rsatib turibdiki, kadrlami tanlash, joy-joyiga qo‘yish istiqlolni mustahkamlash, mamlakatni yanada rivojlantirish manfaatlari nuqtayi nazaridan g‘oyat dolzarb masa- ladir.
Amaliyot kadrlar siyosatida konkret lavozimlarga kishilami tan- lashning asosiy mezonlarini aniqlab olishni, umuman bu borada dav­lat dasturi va strategik yo‘lini ishlab chiqishni talab qilmoqda. Chun- ki kadr tanlashdek nozik va mas’uliyatli vazifa har narsadan og‘ir va u mamlakat taqdirini, xalq kelajagini, istiqlol istiqbolini belgilaydi- gan asosiy omil hisoblanadi.
Darhaqiqat, mamlakatda iqtisodiy islohotlaming izchil amalga oshirilishi, mustaqillikni mustahkamlash yo‘lida tadbir va dasturlar- ni amalga oshirilishi mana shu o‘rta pog‘ona rahbar kadrlar faolligi- ga bogliqdir.
Hokimlar odamlaming tashvishlaridan, kundalik yumushlaridan xabardor bo‘lib, ulami o‘zaro birlashtirib, ruhlantirib, zarur sharoit- lar va ma’naviy iqlim yaratib, xalq oldida turgan vazifalar ijrosiga tayyor turmoqlari lozim. Bu - birinchidan.
Ikkinchidan, islohotlaming taqdiri, ulaming samarasi, av- valambor kadrlaming malakasiga, ulami o‘z ishini qay darajada o‘zlashtirib olganligiga, yurtparvarligi va fidoyiligiga bog‘liqdir. Bugungi o‘tish davrida bu muammo eng dolzarb va murakkab masalaga aylanib qoldi. Bu masalani to‘g‘ri yechishga erishilsa, xalq g‘amini, tashvishini o‘z dardidek his qiladigan bilimdon, in- sofli, diyonatli, elim deb, yurtim deb, yonib yashaydigan odamlar- ni joy-joyiga qo‘yish masalasi hal etilsa, shubhasiz, taraqqiyotimiz yana ham tezlashadi. Rahbarlik lavozimi mansab emas, awalo odamlarga xizmat qilish mas’uliyati ekanligini barcha to‘g‘ri tu- shunib olmog‘i zarur. Rahbarlik degani, hammadan ko‘ra ko‘proq ishlab, fiiqaro saodati va yurti ravnaqi uchun yelib-yuguradigan fidoyi inson bo‘lishi kerak.
Uchinchidan, har bir kadrdagi yuksak axloqiylik, halollik, vij- doniy poklik, kamtarlik kabi yuksak insoniy fazilatlar eng muhim talab ekanligini ta’kidlash joizdir.
Gap kadrlar tanlovi va ulami joy-joyiga qo‘yish haqida ketar ekan, ulami muntazam ravishda tarbiyalash, boshqarishga o‘rgatish xususida ham borishi kerak. Chunki, hech kim tayyor rahbar bo‘lib tug‘ilmaydi. Uni qat’iyat va bardosh bilan tarbiyalash, o‘stirmoq ke­rak. Har bir hayot sabog‘idan to‘g‘ri, odil xulosa chiqarishga, xalq- dan ajralmasdan, uning dardi, o‘y-fikriga doimo sherik bo‘lish m- hida tarbiyalamoq lozim. Bir so‘z bilan aytganda har bir kadrda odamlarga yetakchi bo‘lish malakasini izchillik bilan shakllantirib borish lozim.
Ana shu maqsadlami amalga oshirish uchun 1995-yil sentabr oyida mamlakat Prezidenti huzurida Davlat va jamiyat qurilishi Aka- demiyasi tashkil qilindi. Akademiyaning ochilish marosimida nutq so‘zlar ekan, I. Karimov shunday degan edi: «Akademiya tash­kil qilish, bu shunchaki orzu ketidan quvish, yangi bir institut tashkil etishga intilish emas, balki tabiiy zaruriyat, qonuniyat taqozosi va hayotiy ehtiyojdir... Islohotlarni amalga oshirish bo- rasidagi bundan buyongi olg‘a siljishlarimiz tobora qiyin mu- ammoga borib taqalishi mumkin. U ham bo‘lsa yuksak malakali xodimlarning eng awalo, davlat hokimiyati va boshqaruvi, ja- moat idoralari, bank va moliya tizimini boshqaradigan daraja- dagi rahbarlarning yetishmasligidir...
Akademiyaning vazifasi faqatglna muayyan soha uchun kadr tayyorlab foerisfadangina iborat emas, balki u o‘zining il- miy, pedagogik salohiyati asosida butun maorif tizimini islohot qilish uchun yangi muhit, yangi sharoit yaratib berishi lozim».
Hukumat ko'rsatmalari asosida Akademiya qisqa vaqt ichida xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun zarur kadrlar tayyorlashda katta ishlami amalga oshirdi. Keyingi ikki yil mobaynida 300 dan ortiq yosh mutaxassis 10 oylik kurslarda o‘qib, boshqaruv sirlarini jahon amaliyoti andozalari darajasida egallab qaytdilar va turli soha- larda faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Shu davrda Akademiyaning rnalaka oshirish kursiarida bir necha yuzlab shahar va tuman hokimiari, va- zirlik va davlat idoralari xodimlari zamonaviy boshqaruv san’atining yangi qirralari bilan tanishib amaliyotda qo‘llamoqdalar.
Hozirgi zamon kadrlar siyosatiga doir yana bir jihatga, ya’ni kadrlar zaxirasi, uni shakllantirish, undan foydalanishga ham e’tibor kuchaydi.
Kadrlarni tayyorlash, tarbiyalash va joy-joyiga qo‘yish yangi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar shakllanib borayotgan, tuzum boshqacha mohiyat kasb etayotgan paytda muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda Prezidentlik devonida, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasida, viloyat va tuman hokimliklarida ishlayotganlaming asosiy qismini yoshlar tashkil etmoqda. Xususan 2001-2007-yillarda vazirliklar, konsemlar, aksionerlik birlashmalari rahbarligiga yosh, navqiron, hozirgi siyosiy o‘zgarishlar va islohotlaming tub mohiyatini to‘g‘ri anglaydigan, o‘z vazifasi va burchini aniq tushunadigan yoshlar ta- yinlandi. Bu mamlakatni boshqarishda yangi avlodning kirib kela- yotganidan, sog‘lom ma’naviy-siyosiy muhit shakllanayotganidan dalolat beradi.
Boshboshdoqlik, o‘zibo‘larchilik, turli xildagi jinoyatchilik avj olib ketganligi sababli bir qator viloyatlar va tumanlarda, vazirliklar va yirik idoralarda rahbarlarning o‘zgartirilishi bunday salbiy hodi- salarga qat’iy chek qo‘yish, har qanday sharoitda ham mustaqillikni mustahkamlash va mamlakat ravnaqini ta’minlash imkoniyatini ber- moqda.
Mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik illatlari bilan kelisha olmas- lik, barcha shaxsiy adovat va manfaatlardan umumxalq manfaatini ustun qo‘yishni qat’iy talab qilish kadrlar siyosatida muhim o‘rin tutadi. Rahbar eng awalo millat ramzi, mamlakat obro‘-e’tiboridir. U ana shunday yuksak unvonga munosib bo‘lishi uchun «Xalq», «Vatan», «Millat» tushunchalarini hammadan chuqurroq anglashi, hammadan ko‘ra ko‘proq fidoyi bo‘lmog‘i lozim. Bu uchun unda, qalbining tub-tubida sadoqat, qat’iyat bo‘lmog‘i kerak. Rahbar ma’naviyati, uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘mi xususida ga- pirar ekan, Islom Karimov kuyinib bunday deydi: «Sadoqatli odam boshiga qilich kelganda ham so‘zidan, ahd-u qaroridan qayt- maydi. Inson awalo oilasiga, xalqiga, vataniga sadoqatli, va- fodor bo‘lishi zarur. Bugungi zamonda sadoqatli bo‘lish qiyin. Oqim u tomonga tortadi, nafs bu tomonga, «o‘yinchilik» boshqa tomonga. Shunday paytda odam agar mard bo‘lsa, irodasi ba- quwat bo‘lsa, u yoq, bu yoqqa og‘ib yurmaydi.

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish