Uchinchi kitob


partiya dasturida belgilanganidek, ko‘p ukladli iqtisodi- yotga



Download 57,25 Mb.
bet44/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

partiya dasturida belgilanganidek, ko‘p ukladli iqtisodi- yotga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan fuqaro­lik jamiyatini qurish jarayoniga hamda unga xizmat qiladigan demokratik-huquqiy davlatni barpo etish ishiga amaliy hissa qo‘shishdir». Ushbu bosh maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun ho- zirgi vaqtda joylarda mazkur partiyaning 2000 boshlang‘ich hudu­diy tashkilotlari, 202 ta tuman va shahar partiya tashkilotlari hamda 14 viloyat maqomiga ega partiya tashkilotlari faoliyat ko‘rsatayapti. Partiyaning «Fidokor» nomli ijtimoiy-siyosiy gazetasi mavjud.

  1. yil 5 va 19-dekabr kunlari 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylangan deputatlardan 34 nafari Fidokorlar mil­liy demokratik partiyasi a’zolaridir. 2000-yil 9-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida Islom Abdug‘aniyevich Karimovning 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi ham aynan Fi­dokorlar milliy-demokratik partiyasidan ko‘rsatildi. Ma’lumki. 0‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ham o‘z vakili Abdulhafiz Marahimovich Jalolovni 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod qilib ko‘rsatgan edi. Xalqaro miqyosda umum e’tirof etil- gan demokratik tamoyillarga to‘liq rioya qilingan holda xorijiy va mahalliy kuzatuvchilaming nazorati ostida odilona tarzda, muqo- billik asosida o‘tkazilgan mazkur saylovda Fidokorlar partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Islom Karimovning 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi respublika tarixida muhim voqea bo‘ldi. Bu bir tomondan, Fidokorlar milliy-demokratik partiyasining res­publika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi nufuzi kun sayin oshib borayot- ganligini bildirsa, ikkinchi tomondan, respublika mustaqilligining poydevori va ishonchli tayanchi hisoblanmish yosh, iqtidorli kadrlar- ning siyosiy kuch sifatida birlashib, ko‘pfikrlilik, ko‘ppartiyaviylik mavjud bo‘lgan sharoitda xalqaro andozalarga mos keladigan de­mokratik tamoyillarga to‘liq rioya qilgan holda o‘zining bosh maq- sadini ro‘yobga chiqarishga, kelajagi buyuk davlat qurishga qodir ekanligidan dalolat beradi.

  2. yil 14-aprel kuni «Vatan taraqqiyoti partiyasi» va Fi­dokorlar milliy demokratik partiyasining qo‘shma qurultoyi bo‘idi. Unda har ikki partiya harakati, faoliyat dasturi yakdilli- gi muhokama qilindi va ular birlashib ishlash maqsadga muvo- fiq, degan xulosaga keldilar. Partiyalar birlashib, Vatan taraqqiyo- ti yo‘lida xizmat qilishga qaror qilindi. FMDP bosh kotibi qilib Axtam Tursunov saylandi.

Partiyalaming Oliy Majlisdagi fraksiyalari ham birlashib, depu- tatlar soni 54 taga yetdi.

  1. yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda FMDPdan jami 616 deputat saylandi. Shundan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 18 kishi, senatiga 6 kishi, qolganlari esa mahalliy kengashlarga say- lanishdi, 2007-yilga kelib partiya a’zolari soni 60 mingdan oshdi.

  1. yil 26-iyul kuni 0‘zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi va Fidokorlar milliy demokratik partiyasining qumltoylari bo‘lib o‘tdi. Unda har ikki partiya dasturlari va siyosiy qarashlarida mushtaraklik borligini nazarda tutib, birlashishga qaror qilishdi.

Mamlakatda ko‘ppartiyaviylik tobora takomillashib bordi. Ular erkin va ozod hayot, demokratik davlat, fuqarolik jamiyat qurish borasida ma’lum ishlami amalga oshirmoqdalar. Biroq, hayot shuni ko‘rsata boshladiki, har bir partiyaning aniq, faqat o‘ziga xos qiyofa- ga, o‘z saylovchilari va tarafdorlariga ega bo‘lishi borasida sustkash- lik sezila boshlandi.
Masalan, dehqon-fermerlar, tadbirkorlar va ishbilarmonlar, ular qaysi soha va yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatishidan qat’i nazar partiya­laming e’tiboridan chetda qola boshladi. Shu nuqtayi nazardan jami- yatimizning iqtisodiy hayotida tobora kengayib, kuchga to‘lib bora- yotgan tadbirkor va ishbilarmonlar, kichik va o‘rta biznes, fermerlar harakati el-yurt taraqqiyotiga, mamlakatimizning hal qiluvchi soha- larida to‘siq bo‘lib turgan muammolami bartaraf qilish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olish uchun ularga siyosiy maydonni ochib berishni hayot taqozo qila boshladi.
Shu maqsadda, 2003-yil oktabr oyida Tadbirkorlar va ishbi­larmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi o‘zining ta’sis qurultoyiga to‘plandi va mamlakat siyosiy hayoti­da yangi siyosiy kuch sifatida vujudga keldi. Uning raisi etib Mu- hammadyusuf Teshaboyev saylandi. 0‘zLiDeP o‘z dasturida siyosiy kuch sifatida tadbirkorlaming yo‘lini ochib, ularning istiqbolini ham g‘oyaviy, ham amaliy sohalarda isbotlab berish, manfaatini himoya- lash, ertangi kunini ta’minlashni ko‘rsatib bergan.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan mu­him qoida siyosiy institutlaming, mafkuralar, fikrlar xilma-xilligi va ularning o‘zaro raqobat asosida rivojlanishi belgilab qo‘yildi. Bun- dan tashqari, 0‘zbekiston Respublikasining «Jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi va siyosiy partiyalar faoliyati bilan bog‘liq bir qator qonunlari qabul qilindi. Mazkur davrda siyosiy partiyalar turli si­yosiy tabaqa va guruhlaming irodasini ifoda etishi, demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yiladigan vakillik organlari orqali davlat hokimiyati­ni tuzishda ishtirok etishi qonun bilan mustahkamlandi. 0‘zbekiston Respublikasining «Jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi qonuni si­yosiy partiyalar faoliyatining umumiy tavsifini shakllantirib berdi. 0‘zbekiston Respublikasining «0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida», «0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga say­lov to‘g‘risida», «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengash- lariga saylov to‘g‘risida»gi qonunlarining qabul qilinishi va amalga tatbiq etilishi mustaqillikning dastlabki yillarida amalga oshirilgan zarur demokratik islohotlardan biri bo‘ldi.
Ко ‘ppartiyaviylik asosida saylangan yangi vakillik organi - 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi siyosiy partiyalar faoliya­tini yanada jadallashtirish borasida o‘ziga xos ishlami olib bordi. «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi 0‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Vakillik organida siyosiy partiyalaming faoli­yatini va qonun qabul qilishda ishtirokini oshirish maqsadida frak- siyalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bir qator qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Qabul qilingan qonunlar fuqarolarning huquq va manfaatlarini muhofaza qilishga, jamiyatni demokratlash- tirishga, bozor islohotlarini sakrashlar va falaj qiluvchi holatlarsiz tezlashtirishga qaratildi.
Siyosiy partiyalaming aholi va o‘z saylovchilari o‘rtasida obro‘-e’tiborini oshirish, ulaming iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ta’minlash bilan bir qatorda moliyaviy manbalarini muvofiqlashtirish maqsadida 2004 yili 0‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiya­lar faoliyatini moliyalash to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi.
0‘tgan davr mobaynida to‘plangan tajriba va ko‘nikmalarga tayangan holda 0‘zbekiston Respublikasida 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi 0‘zbekistonda siyosiy partiya­laming faoliyat yo‘nalishini yangi bosqichga ko‘tardi. 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini ikki palatali qilib shakllantirish va uning quyi palatasini doimiy asosda faoliyat ko‘rsatishi siyosiy partiya respublika parlamentida ko‘proq o‘rin egallashini, ular o‘rtasidagi o‘zaro raqobat yuzaga kelishini ta’minlab berdi. «0‘zbekiston Res­publikasining Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi, «Xalq depu­tatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi 0‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa bir qator qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi. «0‘zbekistonRespublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi, «0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Reglamenti to‘g‘risida»gi 0‘zbekiston Respublikasi qonunlari yangidan qabul qilindi.
Ikki palatali parlament tizimida nafaqat respublika vakillik or- ganlarida siyosiy partiyalaming faoliyati samaraliroq kuzatildi, balki joylardagi vakillik organlarida ham ular awalgiga qaraganda ancha faolroq ishtirok etadilar. Chunki parlamentning yuqori palatasi - Se- nat aynan joylardagi vakillik asosida shakllantirilishi qonunchilikda belgilab qo‘yildi.
Ikki palatali parlamentning shakllantirilishi siyosiy partiyalar fa- oliyatidagi yana bir yangi bosqich bo‘ldi.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 0‘zbe- kiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Sena- tining qo‘shma majlisidagi «Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiyalash va isloh etish» nomli ma’ruzasi va u asosda qabul qilingan 0‘zbekiston Respublikasi Pre- zidentining qarori siyosiy partiyalaming davlat va jamiyat hayotida- gi faoliyatining keyingi ustuvor vazifa hamda yo‘nalishlarini belgi­lab berdi.
Ushbu qarorda siyosiy partiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat va jamiyat hayotidagi masalalami hal etishdagi ulaming ta’siri va ishtirokini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar mustaqillik dav- rida amalga oshirib kelingan ishlaming mantiqiy davomi bo‘ldi.
Dastawal siyosiy partiyalar vakillik organlari - 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarini saylash jarayonlarida qatnashishi, ular o‘rtasida raqobat muhitining yuzaga kelishi, ular o‘rtasidagi kurash mustaqillikning dastlabki yillarida erishilgan yu- tuqlardan biri bo‘ldi. Chunki, davlat va jamiyat hayotida yakkaho- kimlik qilgan partiyadan bir necha partiyaviy tizimga o‘tildi. Xalq o‘zining partiyalarga bo‘lgan ishonchini o‘tkazilgan saylovlar orqali ko‘rsatdi.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 0‘zbekis- ton Respublikasi Oliy Majlisi fraksiyalarini tashkil etish va ular fa­oliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash siyosiy partiyalaming davlat va jamiyat masalalarini hal etishda o‘mi va rolini yana bir bosqich yuqoriga ko‘tardi. Chunki, qonunchilik organida siyosiy partiyaning o‘z oldiga qo‘ygan saylovoldi dasturlarini amalga oshirish borasida- gi sharoit yaratib berildi.
Ikki palatali parlament sharoitida siyosiy partiyalami moliya- lashtirish masalalarining yo‘lga qo‘yilishi va qonunchilik palatasi to- monidan 0‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqla- nishi siyosiy partiyalaming jamiyatidagi mavqeini yana bir pog‘ona ko‘tarishga xizmat qildi desak xato bo‘lmaydi.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jamiyatni demokrat- lashtirish va yangilash, mamlakatni modemizatsiya va isloh etish, maqsad va vazifalami amalga oshirish Dasturi to‘g‘risida»gi qarori ilovasiga asosan siyosiy partiyalarga davlat tomonidan berilayotgan subsidiya, grant va boshqa tartibdagi yordamlami huquqiy jihatdan kafolatlash, davlat hokimiyatining ayrim vakolatlarini bosqichma- bosqich jamoat tashkilotlariga topshirish Konsepsiyasini ishlab chi- qish, joylardagi davlat hokimiyati organlari faoliyatida siyosiy parti­yalaming ishtirokini yanada kuchaytirish maqsadida ular ishtirokida ijtimoiy sherikchilik bo‘yicha jamoatchilik komissiyalarini tashkil qilish kabi tadbirlami amalga oshirishning belgilanganligi siyosiy partiyalarga yaratilayotgan imkoniyatlami yaqqol namoyon qiladi.
Yuqorida nazarda tutilgan siyosiy partiyalar faoliyatini isloh qi­lish bosqichma-bosqich, turli xil sakrash va inqiloblarsiz, yuqorida ta’kidlaganimizdek, barqaror amalga oshirilib kelinmoqda. Bu o‘z navbatida ularning davlat boshqaruv tizimidagi rolini oshib borishi- ga xizmat qilayapti.
Shu ma’noda Prezident I. Karimov tomonidan parlament quyi palatasiga Qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan «Davlat bosh- qaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakat­ni modemizatsiya qilishda siyosiy partiyalaming rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun va «0‘zbekiston Respub­likasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (89-moddasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining 2-qismiga) tuzatishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunlar loyihalarida ilgari surilgan yangicha qoidalarga ham to‘xtash joiz. Chunki ushbu qonunlar mamlakatni modemizatsiya qilishda uzoqni ko‘zlovchi «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini ifodalaydi. Ushbu Qonun loyi- halari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qabul qilinib Oliy Majlis Senatining IX (2007-yil mart) yalpi sessiyasida ma’qullandi. Shu bilan birga siyosiy partiyalaming sa’y-harakatlari orqali fuqaro- laming davlat boshqaruvida faol qatnashishining huquqiy asosini ta’minlaydi.
Shubhasiz, qonun chiqaruvchi hokimiyat - parlamentning sama- rali faoliyati siyosiy partiyalar faolligiga bog‘liq bo‘lgani bois, ush­bu qonunlar siyosiy partiyalaming davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘mi va rolini ko‘chaytirishga qaratilgan. «Davlat boshqaruvini yan­gilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modemiza- tsiya qilishda siyosiy partiyalaming rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun turli xil siyosiy maqsadlarini ko‘zlaydigan, saylovlardan so‘ng shakllantirilgan hukumatning tutadigan va dastu- riga o‘z munosabatini belgilab oladigan siyosiy partiyalar fraksiya- larining huquqiy maqomi aniq ta’riflangan. Unga muvofiq, yangidan shakllantiriladigan hukumatning tutgan yo‘li va dasturi yoki uning ayrim yo‘nalishlari borasida o‘zgacha fikri bo‘lgan siyosiy partiya­lar fraksiyalari, shuningdek, saylovchilar tashabbuskor guruhlari- dan saylangan deputatlar o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mum­kin. Bu parlament muxolifati institutining shakllanishi va faoliyat yuritishining huquqiy asoslarini yaratadi.
Qonundagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va ularga qo‘shilgan mustaqil deputatlar faoliyatini baholash prinsiplari va mezonlari esa demokratik davlatlaming umume’tirof etilgan tajribasidan kelib chiqadi.
Bu boradagi yana bir yangilik shuki, siyosiy partiyaning Qo­nunchilik palatasida tuzilgan fraksiyasi o‘z vakilini mazkur palata Spikeri o‘rinbosari lavozimlaridan birini egallashiga kafolatli huquq berayotgani sababli Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari o‘z va- zifasini bajarish paytida siyosiy partiyaga a’zolikni to‘xtatib turishi hamda fraksiya va boshqa deputatlar birlashmasi tarkibiga kirishi mumkin emasligi bo‘yicha amaldagi tartib tubdan o‘zgartirildi.
0‘zbekiston Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash borasida parti- yalarga muayyan huquqlar berildi. Chunonchi, Oliy Majlis palata- larining mansabdor shaxslari saylanganidan va organlari shakllan- tirilganidan keyin bir oy ichida 0‘zbekiston Prezidenti tomonidan Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining har biri va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bi­lan maslahatlashuvlar o‘tkazadi. Shundan so‘ng Bosh vazir nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatiga tasdiqlash uchun kiriti- ladi va qonunda belgilangan ovoz berish amaliyoti o‘tkaziladi.
Mazkur amaliyot ko‘plab demokratik mamlakatlarda, xususan, Germaniya, Finlyandiya, Ispaniya, Chexiya, Slovakiya va Gretsiya davlatlarida mavjud.
Siyosiy partiyalaming joylardagi rolini, hokimiyatning mahal­liy vakillik organlarini shakllantirishdagi ta’sirini kuchaytirish maq­sadida viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bi­lan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng tegishli xalq deputatlari Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etilishi belgilab qo‘yildi.Shuningdek, yangi qonunda partiya guruhlariga viloyat va Tosh­kent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan shaxslaming qoniqarsiz faoliyati to‘g‘risida 0‘zbekiston Prezidentiga asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi bilan chiqish huquqini berish nazarda tu- tilgan. Agar mazkur tashabbus yetakchi partiya guruhlari tomoni­dan qo‘llab-quwatlansa, 0‘zbekiston Prezidenti uni xalq deputatlari Kengashi muhokamasiga kiritadi va muhokama natijalariga muvofiq ushbu masala yuzasidan qaror qabul qiladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘zgartirishlardan kelib chiqib, 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga tuzatishlar kiritildi. Masalan, Konstitutsiyaning 89-moddasi yangi tahririda berilmoqdaki, unda «0‘zbekiston Respublikasining Prezi­denti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishil- gan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi», deb belgilab qo‘yilgan.
Oliy Majlis tomonidan 2007-yil 28-martda ma’qullangan har ik- kala qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda amalga oshirilayot- gan keng ko‘lamli islohotlaming davomi, huquqiy va siyosiy tizim- ni bosqichma-bosqich rivojlantirishning samarasi, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari qo‘yilgan muhim qadamdir.
Mamlakatda «Xalq birligi» harakati ham 1995-yil iyundan fao­liyat ko‘rsatmoqda. Uni Adliya vazirligi 1995-yil 9-iyunda ro‘yxatga olgan.
Harakatning asosiy maqsadi ko‘p millatli mamlakatda xalqlar birligini yanada mustahkamlash, 0‘zbekiston Respublikasi Kons- titutsiyasida mustahkamlangan barcha fuqarolarning huquq va ka- folatlarini to‘la-to‘kis amalga oshirish va fuqarolik, vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishdan iborat.
0‘zbekiston «Xalq birligi» harakatining oliy organi - qumltoy 4 yilda bir marta chaqiriladi. Unda rahbar organlar saylanadi.
0‘zbekiston «Xalq birligi» harakati tarkibida viloyat, shahar va tuman kengashlari, 165 ta boshlang‘ich tashkilotlari ish olib boradi.
0‘zbekiston «Xalq birligi» harakatining «Birlik» va «Единство» haftalik gazetalari mavjud.
Shuningdek, istiqlol yillarida 0‘zbekistonda turli jamoat tash­kilotlari uchun ham keng imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, shu kun- larda 0‘zbekiston kasaba uyushmalari turli kasb egalari bo‘lgan mehnatkashlaming jinsi, diniy e’tiqodlari, irqiy va milliy mansublik- laridan qat’i nazar ixtiyoriy birlashtimvchi mustaqil ommaviy jamo­at tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kasaba uyushmalarining tashkiliy tuzilishi o‘zgardi. Uning aso- sini jahon kasaba uyushmalari amaliyoti andozalariga mos keladi­gan federalizm, demokratiya, mustaqillik va ixtiyoriylik tamoyillari tashkil eta boshladi. Kasaba uyushmalarining tuzilishi federalizmga asoslangan. Quyidan yuqorigacha barcha kasaba organlari kasaba uyushmalari a’zolari tomonidan saylangan vakillaming yig‘ilishlari, konferensiyalari va qurultoylarida saylanadi va ular oldida hisob be- radi. Kasaba uyushmalarining har bir a’zosi saylash va saylanish, yig'ilishlar, matbuot va boshqa vositalar orqali kasaba uyushmalari hamda ma’muriy organlar faoliyatiga taalluqli masalalami qo‘yishi mumkin.
0‘zbekiston kasaba uyushmalarining 2006-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra 53 mingga yaqin boshlang‘ich tashkilotga birlashgan 7,5 mtl- liondan ziyod a’zosi bor. 0‘zbekiston kasaba uyushmalari Federa- tsiyasi tarkibida 21 tarmoq kasaba uyushmalaridan tashqari hududiy jihatdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 viloyat hamda bitta sha­har kasaba uyushmalari kengashlari mavjud.
Mustaqillik sharoitida ayollami, ko‘p bolali onalami har tomon- lama muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, mehnatkash va ijod- kor ayollami bozor iqtisodiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan muammolami hal etishda faol qatnashishga keng safarbar etish, ilm-fan sohasidagi ayollaming imkoniyatlarini yanada kengaytirish va ulami qo‘llab- quwatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 1-martdagi 0‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi to‘g‘risidagi farmo­yishi bilan Xotin-qizlar qo'mitasi tuzildi.
0‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi tarkibi­ga hammasi bo‘lib bitta respublika (Qoraqalpog‘iston Respublika­si), 12 ta viloyat xotin-qizlar qo‘mitalari, Toshkent shahar Xotin- qizlar qo‘mitasi, 38 shahar, 170 tuman, 14 mingdan ortiqroq mehnat jamoalari va turar joylarda tashkil etilgan xotin-qizlar qo‘mitalari kiradi. Qo‘mita qoshida xotin-qizlar toifalariga qarab turli-tuman professional, ijodiv va boshqa uyushmalar tuzilgan.
Qo ‘mita j amiyatda xotin-qizlaming rolini oshirish, ularning qizi- qishlarini himoya qilish, turli-tuman ma’naviy va madaniy talablari- ni qondirish, ayollarga ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy yor- dam berish, oilani, onalik va bolalikni, xalqlar o‘rtasidagi do'stlikni va o‘zaro hamkorlikni muhofaza qilish, tinchlik va ijtimoiy taraqqi- yot uchun ayollaming xalqaro demokratik harakatiga 0‘zbekiston ayollarining ishtirok etishlarini ta’minlash kabi vazifalami bajara boshladi. Biroq, keyingi yillar shuni ko‘rsata boshladiki, xotin-qizlar qo‘mitasi uning joylardagi tashkilotlari faoliyatida jiddiy kamchilik- lar sezila boshlandi. Xususan, ular ko‘proq davlat hisobidan moli- yalashtiradigan yuqoridan buyruq beruvchi davlat tuzilmasi sifatida ish ko‘rish uslublari sezila boshlandi. Oqibatda bunday yondashuv bilan ayollar ahvoli va kayfiyati chetga surilib qolish hollari yuz bera boshladi.
Xotin-qizlar qo‘mitalari garchi davlat tomonidan moliyalash- tirilsa-da, aslida ular jamiyatda fuqarolik instituti sifatida ish ko‘rish- larini hayot talab qila boshladi.
Shuning uchun ham 2004-yil 25-mayda Prezident I. Karimov «0‘zbekiston xotin-qizlari qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quwatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» farmon qabul qildi. Farmondan maqsad 0‘zbekiston xotin-qizlar Qo‘mitasining Respublika xotin-qizlar tashkilotlarining ayollar huquqlarini himo­ya qilish, ulaming mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy holatidagi sotsial- madaniy yo‘nalishlardagi faol ishtirokini ta’minlash, xotin-qizlar hamda yoshlaming intellektual va ma’naviy saviyasini yuksaltirish borasida olib borayotgan ishlarining samaradorligini oshirishdir. Shu kunlarda 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasi­da o‘z faoliyatini jamoat tashkilotlari, partiyalar va harakatlar bilan hamkorlikda olib bormoqda. Qo‘mitaga Respublika Bosh Vaziri o‘rinbosari RAkbarova boshchilik qilmoqda.

  1. §. Soxta demokratlarning ekstremistik yo‘l bilan hokimiyat uchun kurashi, ularnlng xalq tomonidan badnom qilinishi

Inson hayot ekan, u hamisha ikki kuch - yovuzlik va ezgu- lik o‘rtasida yashaydi. Ana shu tuyg‘ular kishi qalbining tub-tubiga o‘mashib olib, turli davrlarda, turli holatlarda o‘zini ko‘rsatib turadi. Bu tabiiy hodisa.
Biroq, ma’naviyat, ma’naviy yetuklik va komillik singari tu- shunchalar ham borki, u hamisha kishini hushyorlikka, o‘zini o‘zi boshqarib turishga, atrofidagilarga e’tibor bilan qarashga da’vat etib turadi. Ana shunday paytda shaxsning beqiyos imkoniyatlari, o‘zini o‘zi idora qilish salohiyati ko‘zga yaqqolroq tashlanadi. Agar kishi siyosiy arbob, davlat boshqamvchisi yoki bunday nufuzlarga da’vogar bo‘lsa, undan yana ham ko‘proq mas’uliyat talab etiladi. Zotan, jamiyat taraqqiyoti, kishilik hayotidagi barqarorlik, mamla­katda shakllanadigan ma’naviy-ruhiy muhit bevosita ana shu fazilat bilan bog‘liq.
Fikrlar xilma-xilligi, so‘z va fikr erkinligi jamiyatni sog‘lomlashtiruvchi, uni barkamol qiluvchi noyob voqelik. Biroq, bu xayolga kelgan gapni aytish, ko‘ngil tusagan ishni qilish, o‘z man- faati uchun hamma narsaga tayyor turish degani emas. Aksincha, umummanfaat, umumjamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi sog‘lom harakat, sog‘lom fikr yuritish, imon-e’tiqod yuzasidan ish tutish demakdir. Ulug‘ bobokalonimiz Abu Nasr Farobiy ham «Agar fikrlari va hara- katlari jamiyat manfaatlariga xizmat qilmaydigan bo‘Isa, mamlakatni bunday kishilardan ozod qilish kerak», deya bejiz aytmagan edi. Bir necha ming yillar mobaynida milliy davlatchiligimiz tarixiy tajriba- larida sinovlardan o‘tgan bunday xulosalar hozir ham o‘z qiymatini yo‘qotgan emas.
Ma’naviy yetuklik, ma’naviy barkamollik rahbaming beqi- yos fazilati. Zotan, Sharqda azaldan rahbar kishi yurt otasi, xalq yo‘lboshchisi sifatida tan olingan. Yurtboshi o‘z xalqini farzandi kabi ulug‘lagan, uning kundalik tashvishi, orzu-armonlari, sevinch-u quvonchlaridan har doim xabardor bo‘lgan. Fuqarolar esa o‘z dav- latboshchisini padari buzrukvori darajasida ko‘rgan. Unga ergash- gan. Jahon siyosatdonlari Sharqda bunday munosabatni yuksak ma’naviyat va komillik mahsuli, deb talqin etishadi.
Darhaqiqat, xalq tashvishi, yurt istiqboli siyosiy yetakchining maqsad va g‘oyasi bilan qorishib ketgan taqdirda u o‘z davrining yo‘lchi yulduziga, haqiqat timsoliga aylanadi. Natijada hamisha odamlar ko‘ksidagi ezgulik tuyg‘ulariga jon bag‘ishlaydi, hayot baxsh etadi. 0‘z mamlakati fuqarolarini yaxshilikka undaydi. Yara- tishga, yashnatishga, bunyod etishga, o‘zidan kelgusi avlodlarga mu- nosib meros qoldirishga da’vat etadi.
G‘oyalari va maqsadlari shaxsiy manfaat atrofida o‘ralashib qol­gan «arbob»lar ham tarixda ko‘p uchraydi. Ular hamisha o‘z mamla­kati va xalqi manfaatini shaxsiy shon-shuhrat, soxta obro‘-e’tibor va manfaat yo‘lida qurbon qiladi. Mustaqillikning o‘tgan qisqa davri, xususan, uning dastlabki yillari xalqimizni ana shunday «arbob»larga hamro‘baro‘ qildi...
Turli qarama-qarshi g‘oyalar bilan yashayotgan siyosiy gurah- lar va partiyalar agar chindan ham xalq va mamlakat manfaatini ko‘zlaydigan bo‘lishsa, ular o‘tish davrida, jamiyat tubdan yangila- nayotgan bir sharoitda birlashib faoliyat ko‘rsatadilar. Chunki eng awalo jamiyatni sifat jihatidan sog‘lomlashtirish, uning har tomon- lama taraqqiyotiga zamin yaratish umumiy manfaatlar mazmunini belgilaydi va ana shu maqsad ulami birlashib harakat qilishga da’vat etadi.
Chinakam yangilanishlar butun jamiyat hayotida ham, odamlar ongi va tafakkurida ham, ulaming turmush tarzida ham tub burilish- lar yasaydi. Yangicha yashash va yangicha fikrlash tarzi shakllangun- ga qadar har qanday g‘oyaviy po‘rtanalar va siyosiy bo‘hronlarga erk bermaslik, og‘ir-vazminlik, qat’iy iroda va siyosiy yetuklik namuna- sini ko‘rsatish katta ahamiyatga ega ekanligini hayot ko‘rsatmoqda.
Yurt farovonligi, Vatan ravnaqi, til, matbuot va vijdon erkinligi kabi xalqimizning azaliy orzu-umidlarini o‘ziga shior qilib olgan «Birlik» harakati ma’lum bir muddat turli nomaqbul yo‘llar bilan respublika siyosiy hayotiga o‘z ta’sirini o‘tkazishga harakat qilib ko‘rdi. Lekin mamlakatni ma’naviy va iqtisodiy inqirozdan olib chi- qishga qaratilgan biron-bir aniq dasturga, xalqni bir yoqadan bosh chiqarib yurt osoyishtaligi va Vatan ravnaqini ta’minlashdek yago­na maqsadga chorlovchi g‘oyaga ega bo‘lmaganligi sababli ko‘p o‘tmay ushbu harakat xalq ishonchsizligiga uchradi va respublika siyosiy sahnasidan tushib ketishga majbur bo‘ldi.
Tashqi g‘animlaming respublikada mavjud barqarorlikni buzish- ga qaratilgan xavf-xatarlarini bartaraf etish endigina oyoqqa turgan mustaqil 0‘zbekiston uchun katta muammo bo‘lib turgan bir paytda, «Birlik» harakati tarafdorlari kabi ichki g‘animlaming ba’zan ko‘r- ko‘rona, ba’zan atayin yuzaga qalqib chiqishi respublikada barqaror­likni ta’minlashga jiddiy tahdid tug‘dirar, xalq hayoti osoyishtaligini jiddiy xavf ostiga qo‘yar edi. Respublikada barqarorlikni ta’minlash, xalqimiz yakdilligiga raxna soluvchi, xalqimiz uchun ham, davlati- miz uchun koni ziyon bo‘lgan bunday harakatlar faoliyatini bartaraf etish, respublika xalqini buyuk kelajak qurishdek yagona maqsad sari chorlovchi sog‘lom siyosiy muhit yuzaga kelishiga imkon ya- ratish maqsadida yuqorida bayon etilganlami inobatga olib Yurtbo- shimiz qat’iy ta’kidlagan edi: «Ayni zamonda, mavjud konstitut­siyaviy hokimiyatni kuch bilan ag‘darishni maqsad qilib olgan partiya va harakatlar, shuni aniq aytishimiz kerak, taqiqlab qo‘yilishi kerak. Respublika chegaralari daxlsizligi va xavfsiz- ligiga qarshi kurashuvchi, fashizm, irqchilik, zo‘ravonlik, mil- My va diniy nizolarni targ‘ib etuvchi, demokratik erkinliklar va xalq ma’naviyati asoslariga tajovuz etuvchi har qanday partiya va jamoat harakatlari qonunga xilof deb e’lon qilinishi shart».
Shu bilan birgalikda, Prezident «kelajakda jamiyatimizda qan­day partiyalar tuzilmasin, ularning soni qancha bo‘lmasin, qaysi partiya oldiga qanday vazifa qo‘yilmasm - ular o‘z maqsadlari- ga, o°z g‘oyalarini amalga oshirishga saylovchilarning ovozini, ya’ni ishonch-e’tiborini qozonibgina erishishi mumkin.
Boshqacha aytganda, odamlarni har xil baqiriq-chaqiriqlar bilan maydon-u ko‘chalarga chorlamasdan, ularning tinchli- gi, totuvligi, ijtimoiy barqarorlikni buzmasdan, adolatli saylov orqali hokimiyat organlariga vakillarini o‘tkazish, o‘ziga va- kolat olish, tuman, shahar, viloyat, respublika kengashlarida o‘zlari bergan va’dalarni, dasturlarini amalga oshirishga kuch- g‘ayratini bag‘ishlash, saylovchilar oldida olgan vakolatlarini o‘z muddatida mas’uliyat bilan ado etish - partiyalar faoliya- tining bosh yo‘nalishi bo‘lishi lozim», - deb, qat’iy va adolatli g‘oyani ilgari surdi.
Saksoninchi yillaming ikkinchi yarmida sobiq SSSR hududida junbishga kelgan siyosiy vasvasalar va demokratiya o‘yinlari natijasi sifatida 0‘zbekistonda «Егк» demokratik partiyasi, «Birlik» xalq ha­rakati vujudga kelgan edi. Ular o‘z maqsad va intilishlari bilan mav­jud siyosiy rejimga, u yetmish yil mobaynida j alq boshiga keltirgan kulfatlarga qarshi edi. Mazkur guruhlar ma’muriy-buyruqbozlik usu- liga asoslangan davlat boshqaruviga, yakkahokimlik va g‘oyaviy hu- kumdorlik egariga minib olgan kommunistik mafkuraga qarshi holda faoliyat ko‘rsatdilar.
Biroq, bu faoliyat konstruktiv harakat, hukumat darajasiga ko‘tarilgan siyosiy nufuz va aql-idrok ko‘rigi sifatida emas, balki dahanaki janglar, ehtirosli shiorbozliklar, ibtidoiy hayqiriqlar shakli- da dunyoga keldi. Bu jamiyat hayoti uchun ham, xalq hayoti uchun ham jiddiy xavf tug‘dirdi.
Har qanday sharoitda ham demokratiyaga sog‘lom munosabatda bo‘lish, demokratiyani yuksak ma’naviyat, aql-idrok mezoni, siyo­siy yetuklik va tom ma’noda xalq manfaatlari yo‘lidagi noyob ho- disa ekanligini anglamoq zarur. Ana shu xulosalardan kelib chiqib va mustaqillikning dastlabki yillarida 0‘zbekistonda yuzaga kelgan og‘ir ijtimoiy-siyosiy vaziyat, jazavalar, bo‘hronlar oqibatlarini hi- sobga olib Prezident I. Karimov mamlakat Oliy Kengashining 1993- yil 2-3-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan X sessiyasida shunday degan edi: «Demokratiya ustun bo‘lgan jamiyatda konstruktiv sog‘lom op- pozitsivaning roli juda katta bo‘ladi. Bunday oppozitsiya jami- yatning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shadi.
Ayni zamonda, mavjud konstitutsiyaviy hokimiyatni kuch bilan ag‘darishni maqsad qilib olgan partiya va harakatlar, shu- ni aniq aytishimiz kerak, taqiqlab qo‘yilishi kerak. Respubli­ka chegaralari daxlsizligi va xavfsizligiga qarshi kurashuvchi, fashizm, irqchilik, zo‘ravonlik, milliy va diniy nizolarni targ‘ib etuvchi, demokratik erkinliklar va xalq ma’naviyati asoslariga tajovuz etuvchi har qanday partiya va jamoat harakatlari qo- nunga xilof deb e’lon qilinishi shart».
Bu 0‘zbekiston hukumatining mustaqillikning eng tahlikali kunlarida tutgan qat’iy siyosiy yo‘li, strategik qarashlari edi. Ayni ana shunday qat’iyat, jur’at, ichki va tashqi g‘animlarimiz zo‘r be- rib 0‘zbekistonda barqarorlikni yo‘q qilishga, fuqarolar urushi- ni keltirib chiqarishga urinayotgan bir paytda uning sobitqadam- ligidan, har qanday ig‘vogarliklarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rayotganligidan dalolat beradi.
«Егк» demokratik partiyasi vakillari va ulaming homiylari mamlakatda vujudga kelgan qiyinchiliklami ro‘kach qilib, har qan­day yo‘l bilan hokimiyat tepasiga chiqib olish uchun ochiqdan-ochiq kurash boshladilar. Ular ko‘cha-ko‘ylarda mitinglar uyushtirib, om­maviy noroziliklami keltirib chiqarishga harakat qildilar. Xalq sayla- gan deputatlarga ishonchsizlik bildirib, ulaming iste’foga chiqishla- rini talab qilishdi. Ayni Tojikiston voqealarini takrorlashga intilishdi. Demak, oldin shiorbozlik, mitingbozlik, keyin katta maydonlarda va hukumat binolari oldida ochlik e’lon qilishlar, undan so‘ng esa qu- rolni ishga solib qonuniy parlamentni barbod etish va nihoyat davlat to‘ntarishini amalga oshirish...
Balki hukumat boshqamv jilovini ozgina bo‘shashtirganida, ikkilanish yoki sarosimaga tushganida Tojikistondagi voqealardan ham dahshatlirog‘i yuz berishi mumkin edi. Lekin unday bo‘lmadi. 0‘zbekiston hukumati qanchalik ta’na-dashnomlar yomg'iri tagida qolmasin demokratiya kushandasi, diktatura hokimiyati degan malo- matlami eshitmasin, o‘z yo‘lida qat’iy turdi, ikkilanmadi.
«Егк» demokratik partiyasining tajovuzkorona harakatlari va siyosiy qo‘poruvchilik faoliyati, ayniqsa, 1991-yil 29-dekabrdagi Prezident saylovlari kunlarida yuqori cho‘qqiga chiqdi. Partiya va­killari saylovchilar bilan uchrashuvlarda, partiya yig‘ilishlarida ehti- rosga berilishlar, qonuniy hukumatni ochiqdan-ochiq badnom qilish va zo‘ravonlik harakatlarini yaqqol namoyish qildilar. To‘g‘ridan to‘g‘ri hukumat rahbarlariga turli yo‘llar bilan g‘oyaviy, siyosiy va ma’naviy zarba berishga harakat qildilar.
Prezident saylovlarida M.Solihning yetarli ovoz ololmasligi aniq edi. Buni uning o‘zi ham, tarafdorlari ham yaxshi bilishar edi. Al- batta, M.Solihning saylovda g‘alaba qozonolmasligining o‘ziga xos asoslari bor edi:

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish