Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet45/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Birinchidan, u hali partiya rahbari va siyosiy yetakchi sifatida omma ichiga kirib ulgurmagan, xalqning alohida e’tiborini qozonol- magan edi.
Ikkinchidan, «Егк» demokratik partiyasi dasturlari, partiya rahbariyatining omma orasidagi chiqishlari tom ma’noda jamiyatni tubdan isloh qilish va uni butunlay yangi o‘zanga burib yuborishga qodir emasligini xalq yaxshi tushunib olgan edi. Partiya xulosalari, islohotlar uchun taklif etgan mulohazalari hayotiy jihatdan ham, il- miy jihatdan ham, siyosiy jihatdan ham yetukligiga hech kim kafolat bermas edi. Aksincha, ularning o‘zlari ortiqcha shovqin-suron va dabdabalar bilan sun’iy ravishda o‘z nufuzlarini oshirishga intili- shardi.
Uchinchidan, Prezident Islom Karimov esa mamlakat jar yo- qasiga borib qolgan eng qiyin va ziddiyatli paytlarda o‘z iqtidori- ni ko‘rsata olgan, o‘z fikrining va g‘oyasining to‘g‘riligiga xalqni ishontira bilgan edi. Bu, ayniqsa, Sobiq Ittifoq tarqalishi oldidan yuz bergan jiddiy ijtimoiy-siyosiy jarayonlar - millatlararo nizolar, qonli to‘qnashuvlar va eng muhimi Moskva bilan Toshkent o‘rtasidagi siyosiy kurashlarda yaqqol ko‘zga tashlangan edi. Xalq mamlakat- ga xuddi ana shunday rahbar zarurligini, uni har jihatdan qo‘llab- quwatlash kerakligini anglab olgan edi. Saylovlar arafasidagi barcha siyosiy o‘yinlar, jizzakiliklar, zarda qilishlar va boshqa xatti- harakatlar ayni ana shu hayotiy haqiqatni tan olmaslikdan, hokimi- yatga egalik xuruji tobora kuchayganidan, mansab va kursiga jon- jahdi bilan intilish jazavasidan kelib chiqqan edi.
Ko‘p nomzodli Prezident saylovlari bugungi hodisa emas. Bu jahon tajribasida bor va demokratik tamoyillar qaror topgan dunyo- ning juda ko‘p mamlakatlarida qat’iy tartib va an’anaga aylangan voqelik.
Biroq ularda saylovlar yuksak siyosiy madaniyat, oshkora, ro‘yi- rost faoliyat asosida o‘tadi. Bir necha partiya, harakat va boshqa si­yosiy guruhlar nomzodlari saylovda bir yo‘la ishtirok etsalar-da, ta- biiyki, ularning faqat bittasi Prezidentlikka saylanadi. Qolganlar esa yana go‘yo hech narsa bo‘lmaganday o‘z faoliyatlarini davom etti- raveradilar. Umumiy manfaat - mamlakat va xalq manfaati yo‘lida birlashib ketadilar. Ichki adovat, kek saqlash, oxir-oqibatda esa dav­lat to‘ntarishini amalga oshirishga bormaydilar. Bu o‘sha nomzodlar- ning ham, ular tarafdorlarining ham va umuman mamlakatda qaror topgan demokratik tamoyillaming ham ma’naviy qiyofasini, siyosiy madaniyatini belgilaydi.
1991-yilgi Prezident saylovlari xalqimizni ko‘p narsaga o‘rgatdi. «Meni saylang, meni saylang» qabilidagi bozorchilikni ham, har qanday tashkiliy-siyosiy ishlardan xatoliklar qidirish yo‘li bilan «suvni loyqalatish» holatlarini ham ko‘rdi. Biroq, u sobiq SSSR hukumati jazavaga tushgan, kichik xalqlarga zug‘um qilayotgan bir paytda o‘z hukumatining qat’iyat bilan ishlaganidan, Moskva - Toshkent o‘rtasidagi siyosiy «jang»laming ko‘pidan xabardor edi.
Mamlakatda sog‘lom g‘oya, ochiq siyosiy hayot qaror topayotga- nini ko‘rib turardi. Mustamlakachilikdan ozod bo‘lish va mustaqil- likni e’lon qilishdagi jasoratini qadrlar va ana shunday hukumatga yashash qanchalik qiyin, mashaqqatli bo‘lmasin, imon-e’tiqodi bilan ishonar edi. Shuning uchun ham u saylov kompaniyasi paytida turli siyosiy nayranglarga uchmadi.
Mamlakatda vujudga kelgan vaqtinchalik tanglikdan foyda- lanishga urinishlar ana shunday qizg‘in tus oldi. Mustaqillikning dastlabki yillari ijtimoiy-siyosiy jihatdan xalqimizga bir qator qiyin- chiliklar keltirdi. G‘oyaviy muxoliflar esa o‘z xatti-harakatlari bilan uni tobora chigallashtirishdi, mamlakatda ma’naviy-ruhiy vaziyatni murakkablashtirishdi. Ana shunday qiyin va ziddiyatli bir paytda 0‘zbekiston hukumati masalaga jiddiy qaradi. Buni Prezident Islom Karimovning 1993-yil 2-3-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis- ning X sessiyasida so‘zlagan nutqida yaqqol ko‘rish mumkin: «Iqti­sodiy tanglik davrida nizo chiqarish juda oson. Gugurt chaqilsa bas - hoi-u quruq baravar yonib ketishi mumkin. Men bu gapni ilgari ham ko‘p marta aytganman, lekin bugun, azizlar, birodar- lar, boshqa qo‘shnilarimizning ahvolini ко‘rib, yana bir marta takrorlashga majburman. Sizlarni, sizlar orqali barcha vatan- doshlarimizni hushyorlikka da’vat etmoqchiman.
Fuqarolar to‘qnashuvi bo‘layotgan mintaqalarda odamlar nobud bo‘Iyapti, qon to‘ki!yapti, xalq xo‘jaligi yuz millionlab so‘m zarar ko‘rmoqda, mol-hol qarovsiz, dalalar ekinsiz qolib ketmoqda.
O‘zbekistonning yo‘li shuki, biz tinchlik va osoyishtalikni saqlab, bozor iqtisodiyotiga o‘tishni shoshmasdan, aholining nochor qismini asrab-avaylab, ularga yetarli shart-sharoitlarni yaratib berib, ana undan keyin amalga oshirishga bel bog‘ladik.
Quruq va’dalar, jizzakilik, siyosiy jazavalar payti o‘tdi. Bu­gun xalqimizga tinchlik va osoyishtaUk kerak. Oldin qorinni to‘yg‘azib, ishning sarhisobini qilib, to‘g‘ri yo‘Ini tanlab, bozor iqtisodiyoti uchun zamin hozirlab, undan keyin siyosiy bahslar bilan shug‘ullanish mumkin. Oldin hammamiz bir bo‘lib, bir tan-bir jon bo‘lib, ertangi kun harakatini qilaylik».
0‘z yo‘liga sobitlik, qat’iyat va iroda eng og‘ir paytlarda musta­qillik degan oliy ne’matni asray oldi. Darhaqiqat, xalq orzu-umidi va ehtiyojlari bilan davlat siyosatining uyg‘unligi ta’minlanmasa bun­day taraqqiyotning umri qisqa bo‘ladi. Har qanday sharoitda ham o‘tish davrida davlat siyosatida qat’iy iroda, qarama-qarshi fikrlar- ga to‘g‘ri munosabat, zarur kelganida esa «diktatura» ko‘rinishidagi qattiqqo‘llik, qat’iy talab ehtiyoj darajasiga ko‘tariladi. Ana shu ehtiyoj qondirilgan taqdirdagina jamiyatda barqarorlik, iqtisodiy ta­raqqiyot, ma’naviy ravnaq qaror topadi.
Demokratiya ishqibozlari o‘z faoliyatlaridagi jiddiy nuqsonlar- ni, g‘oyaviy kemtiklikni va tashkiliy noshudlik illatlarini jazavalar-u vasvasalar bilan niqoblashga qanchalik intilishmasin, qaysidir da- rajada mavjud siyosiy rejim oqibatida vujudga kelgan nuqsonlar- dan jabr tortayotgan, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy jihatdan qiyin ahvolga tushib qolgan aholining ikkilanishlaridan, ichki norozilikla- ridan ustomonlik bilan foydalanmoqchi bo‘ldilar.
Ya’ni, haqiqatga tashna, yaqin o‘tmishdagi to‘rachilik va ma’muriy-buyruqbozlik illatlaridan zada bo‘lgan, tobelik va mute- lik, qo‘rquv va hadik ezib yuborgan xalqning sabr kosasi to‘lgan bir sharoitda u kimgadir ergashishga muhtoj edi. 0‘zlarini millatparvar qilib ko‘rsatishga intilganlar aholining ana shu kayfiyatidan foydala- nishga, shu yo‘l bilan nimalargadir erishishga intilishardi.
Ulaming o‘z iboralari bilan aytganda, muxolifat sifatida may- donga chiqishlari jamiyat hayotida ijobiy hodisa ekanligi ma’lum. Chunki har qanday jamiyatda muxolifatning mavjudligi fikr- lar xilma-xilligi, dunyoqarashlar turlichaligi, g‘oyalaming rang- barangligiga olib keladi va oxir-oqibatda eng sog‘lom fikmi tan- lashga, eng sog‘lom g‘oyalarga ergashishga imkon beradi. Biroq, bu jamiyat hayoti bir tekis ketayotgan, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ma’lum bir izga tushgan, jamiyat taraqqiyotini yo‘naltiruvchi kuch omma fikri mustahkam va yagona zanjirga aylangan bir paytda sa­mara berishi mumkin.
Biroq, yuqorida aytganimizdek, jamiyat bir holatdan ikkinchi holatga o‘tayotgan bir sharoitda barcha kuchlami birlashtirish, umu­miy manfaat yo‘lida birlashib kurashish singari yuksak siyosiy ma­daniyat, xalq va mamlakat oldidagi nihoyatda og‘ir mas’uliyat milliy ravnaq va iqtisodiy barqarorlikning asosidir.
Afsuski, 0‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatgan, o‘zlarini muxolifat deb bilgan siyosiy kuchlar ana shu muhim holatga baho bera olma- dilar. 0‘zbekiston mustaqillikka erishgach endi mamlakat hayotida jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi mumkinligi, uning xoh ijobiy, xoh salbiy oqibatlari bo‘lmasin, hamma uchun birday tegishli ekanligini anglay olmadilar. Ular faoliyatida siyosiy va hayotiy mantiqning eng oddiy ko‘rinishlari ham ko‘zga tashlanmadi. Buni nimalarda ko‘rish mumkin?
Birinchidan, o‘z g‘oyasi, maqsad va vazifalariga ko‘ra kom- munistik diktaturaga qarshi turgan «Егк» demokratik partiyasi ayni kommunistik partiya tarqatib yuborilgandan so‘ng ham endigina shakllanayotgan yangi ijtimoiy-siyosiy tuzum sharoitlarida yuz bera- yotgan hodisalarga keskin qarshi turganligi mantiqsizlik edi.
Ular o‘zlarining har bir chiqishlarida yangilanayotgan tuzum hukumati va mustaqillik tashabbuskorlarini eskicha ishlayotganga, islohotlar o‘tkazishga qodir emaslikda ayblashardi. Xalqni oyoqqa turishga, qalqishga, keskin norozilik bildirishga da’vat etishardi. Jamiyat qon-qoniga singib ketgan qatag‘onchilik, byurokratiya va to‘rachilik illatlarini tezda barbod etish, ertaklardagi singari «bir yu- malab» yangi hayotga erishish mumkin emas edi. Bu tabiiy jarayon. Bir yuz o‘ttiz yillik tobelik kayfiyatlarini, mutelik ruhiyatini sindirib, yangicha yashash tamoyillarini anglash uchun vaqt kerakligini tu- shunishmadi. Yoki aksincha, yaxshigina tushunishardi-yu norozilik kuchayishidan manfaatdor edilar.
Vaholanki, qariyb 130 yillik mustamlakachilikdan ozod bo‘lgan mamlakat taqdiri o‘zini chinakam vatanparvar deb bilgan har qan­day kishini qiziqtirishi, g‘oyasi, e’tiqodi, kasb-u kori, ijtimoiy kelib chiqishi va millatidan qat’i nazar ana shu muqaddas zamin istiqboli yo‘lida, yangi g‘oya - mustaqil taraqqiyot g‘oyasi atrofida jipsla- shish lozim edi.
Ikkinchidan, xalq uzoq yillik siyosiy iskanjadan ozod bo‘lgach, u endi o‘zini qayerga qo‘yishini, qanday yo‘ldan borishini, kelajagi- ni qanday belgilashni bilmay qolgan edi. Mamlakatda sarosimalik vujudga keldi. Ishlab chiqarishda parokandalik yuz berdi. Sobiq it- tifoqning yagona iqtisodiy makonida vujudga kelgan po‘lat zanjirlar uzilgach, kun kechirish og‘irlashdi. Odamlarda ruhiy horg‘inlik, asa- biy charchog‘lik, ma’naviy kemtiklik va asabiy taranglik kayfiyati paydo bo‘ldi. Bu aytish mumkinki, har qanday sharoitda ham siyo­siy kuchlardan jiddiyroq o‘ylashni, jiddiyroq harakat qilishni, har bir qadamini o‘ylab bosishni taqozo etardi. Chunki ta’bir joiz bo‘lsa mamlakatning o‘sha paytdagi ahvoli nihoyatda ulkan gaz bochka- siga o‘xshardi. Uning tuynugiga befarqlik bilan bir gugurt chaqish halokatli va falokatli hodisaga olib kelishi muqarrar edi. Ana shun­day paytda «Егк» demokratik partiyasi mustamlakachilik siyosatiga nisbatan qanday pozitsiyada turgan bo‘Isa, mustaqillikning qonuniy hukumatiga ham xuddi shunday pozitsiyada turdi. Vaholanki, yigir- ma milliondan ortiq aholi taqdiri bitta gugurt chaqilishi bilan bog‘liq bo‘lgan tahlikali vaziyatda edi. Bu muxolifatchilaming jiddiy siyosiy xatosi, uzoqni ko‘ra olmaslik illati edi.
Ana shunday jiddiy xulosalardan kelib chiqib aytish mumkinki, 0‘zbekistonda vujudga kelgan «demokratiya jarchilari»ning baland- parvoz shiorlari-yu qalin-qalin nizom va dasturlari shunchaki gap bo‘lgan, xolos. Chunki ulaming oldingi hukumatga ham, keyingi hukumatga ham birday qarshi turishlaridan mamlakat va xalq man- faati uchun kurash emas, ayni hokimiyat uchun kurash, toj-u taxt jangi, amal-u kursi kurashi ekanligi ayon bo‘ldi. «Егк» demokratik partiyasining nizomida «Егк» demokratik partiyasi jamiyatda totuv- likka, barqarorlikka intilishni qo ‘ 1 lab-quwatlaydi, konfrontatsion kurashish xavfli yo‘l...» degan satrlar bor. Ayni ana shuning o‘zi par­tiya rahbariyati tutgan yo‘l boshqa, qog‘ozda bayon etilgan g‘oyalar boshqa ekanligini ko‘rsatadi.

  • * *

1991-yilning oxirlari 0‘zbekiston mustaqilligining eng tahlikali, iztiroblar va og‘ir kechinmalar jo‘sh urgan davri edi. Hali Moskva- da sobiq ittifoqni saqlab qolish ilinjida yurgan siyosiy arboblaming jazavalari tutgan, asabiy va tund kayfiyat hukmronlik qilayotgan, kelajakka umid bilan qarayotgan bir paytlar edi. Ana shunday zid- diyatli bir paytda 0‘zbekistonda mustaqillikni butun choralar bilan mustahkamiash, uning huquqiy asosini yaratish borasida jiddiy ish- lar amalga oshirilayotgan edi.
Sobiq ittifoq tarqalishi arafasida turli mish-mishlar-u gap- so‘zlar, siyosiy ig‘vogarliklar avj oldi. Birinchilardan bo‘lib o‘z mustaqilligini e’lon qilgan 0‘zbekiston go‘yoki, faqat ittifoq tarki- bidagina kun ko‘rishi mumkin. U hech qachon mustaqil davlat bo‘la olmaydi, mustaqil taraqqiyot yo‘lidan bora olmaydi, oxir-oqibatda esa Moskva marhamatiga zor bo‘ladi, degan fikrlar mavjud edi.
Bunday munozaralaming bo‘lishi tabiiy edi. Chunki, uzoq yillar Moskvaga qaram bo‘lgan, xalqi kamsitilgan, unga noshud- notavon, o‘z taqdirini o‘zi belgilashga qodir bo‘lmagan mavjudot sifatida qaralib kelinganligi sababli 0‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilgach, «ulug‘ og‘a»laming taajjubi oshdi. Biroq, bu tashqi g‘animlaming shunchaki diydiyosi edi, xolos.
Eng yomoni ichki parokandalik. Bu nihoyatda og‘ir va su- runkali kasallik. Uni faqat ancha-muncha asablar va hayot-mamot kurashi evazigagina davolash mumkin. Aksariyat hollarda esa, ich­ki parokandalik siyosiy beqarorlikka aylanib ketib, butun jamiyatni ostin-ustun qilib tashlaydi. Minglab odamlaming yostig‘ini quritadi, millat kushandasi sifatida ildiz otadi va uni yillar mobaynida kemi- rib tashlaydi. Ana shunday xalq boshiga qiron keltiruvchi hodisalar 0‘zbekistonda ham mavjud edi.
Demokratiya o‘yinlari avj olgan bir paytda o‘zini ko‘z-ko‘z qi- lishga ishqivoz bo‘lgan siyosiy arboblar ham maydonga chiqishdi. Ulaming ayrimlari turli mansab pillapoyalaridan tez-tez ko‘tarilib hukumatning eng yuqori kursilarini egallashga ham ulgurishdi. 0‘zlarini mavjud siyosatga sadoqatli, hukumatga esa fidoyi qilib ko‘rsatishdi. Eng achinarlisi, bular orasida uzoq yillar partiya va sho‘ro idoralarida katta-kichik lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan ki­shilar ham bor edi. Ular dahanaki «dasturlari»da yillar mobaynida sovet hokimiyati hukmronligi paytida to‘planib qolgan qator muam­molami hal etish singari xalqimizga xush yoqadigan, uning kundalik turmushiga madad bo‘ladigan masalalami ko‘tarib chiqardilar. Ke- yinroq xuddi ana shu masalalami ko‘tarishda ayyorlik qilishgani va vaziyatdan foydalanib, respublikaning eng yuqori mansab kursilarini egallashga harakat qilishgani ma’lum bo‘la boshladi.
0‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilish, uni mustamlakachilik iskanjasidan qutqarib olish jarayonlari qanchalik tahlikali ekanligi kitobxonga ayon. Oliy Majlisning 1991-yil 31-avgustdabo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida mamlakat Prezidenti 0‘zbekistonni mustaqil deb e’lon qilish taklifini kiritganda zal go‘yo muzlab qol­gan edi. 500 deputat va sessiya qatnashchilari «shok» holatida edi. Prezident «Nima, mustaqillikdan cho‘chiyapsizlarmi, nega qarsak chalmaysizlar?» degandan so‘nggina deputatlar bir qalqib tushishdi va zalda gulduros qarsaklar boshlandi.
Moskvada qon to‘kilayotgan, markaz butun vujudi bilan ittifoq­dosh respublikalarga tazyiq o‘tkazayotgan, zug‘um va zo‘ravonlik bilan ular jilovini tortib turgan bir paytda, unga qarshi qo‘l ko‘tarish, respublika rulini butunlay tortib olish va harakatdagi mashinaga sak- rab chiqib olish chindan ham jasorat edi.
Mustaqillik e’lon qilingach, orqada pisib o‘tirib, zimdan ishla- yotganlar asta-sekin bosh ko'tardilar. Endi o‘zlarini istiqlol qahramo- ni, mustaqillik jarchisi, mamlakatni boshqarishda «nodir iste’dod» ekanliklarini ko‘rsata boshladilar. Butun mas’uliyatni zimmasiga olib, hayotini xavf ostida qoldirib, mustaqillikni e’lon qilganlarga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdilar.
Bu borada 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991- yil 18-21-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan sessiyasi 0‘zbekiston tari­xida alohida voqea sifatida muhrlandi. Ayni ana shu sessiyada bir guruh soxta demokratlar ochiqdan-ochiq bosh ko‘tardilar. Turli to­mondan so‘z olib, sessiya kun tartibini buzish, unga qo‘shimchalar kiritish bahonasida turli, bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan muammolar- ni ko‘tarib chiqishga intildilar. To‘g‘ridan to‘g‘ri mamlakatda olib borilayotgan izchil siyosatga zid, bo‘htondan iborat fikrlar bildira boshladilar. Jumladan, «Tashabbus» guruhi nomi bilan so‘zga chiq- qan bir guruh deputatlar «0‘zbekistonda mitinglar va namoyish- lar o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risida»gi Qaromi bekor qilish, res­publika ma’muriy organlari, shuningdek, Konstitutsiyaviy Nazorat Qo‘mitasiga ultimatum qo‘yish talabi bilan chiqa boshladilar.
Ayni chog‘da, o‘zlarini mustaqillik va xalq tarafdorlari sifati­da ko‘rsatishga urinib, «demokratiyami yoki diktaturami?» qabilida sessiyaga, uning rahbariyati oldiga asossiz kesatiqli savollar qo‘ya boshladilar.
Bir so‘z bilan aytganda sessiyaga ma’lum kuchlaming oldindan tayyorgarlik ko‘rgani yaqqol sezila boshlandi. Bu o‘z navbatida so­biq ittifoq hududida sarosimalik, barcha ittifoqdosh respublikalarda turli hadiksirashlar va ikkilanishlar, mustaqil 0‘zbekistonda esa iqti­sodiy tanglik hukmronlik qilayotgan bir paytda muxolif kuchlaming turli hiyla va nayrang yo‘li bilan hokimiyatni egallashga harakat qi- layotganliklarini ko‘rsatar edi.
Sessiya jangovarlik, shafqatsiz kurash va hujumkorlik mhida o‘tdi. Unda Prezident Islom Karimovning qat’iy iroda kuchi, har qanday tanqidiy fikr va qo‘pomvchilik harakatlariga og‘ir-vazminlik, siyosiy hushyorlik fazilatlari hamda asosli mulohazalari bilan muno- sabat bildirganligi natijasida muxolif kuchlar o‘z maqsadiga yeta olmadi. Agar ana shu yig‘ilishda Prezident ozgina ikkilanib qolga- nida o‘z pozitsiyasini butunlay qo‘ldan berib yuborishi, hokimiyat tepasiga esa bir to‘da amalparastlar-u shuhratparastlar kelib qolishi, natijada butun mamlakat ham, xalq ham tubsiz jarga qulab ketishi mumkin edi.
Sog‘lom fikrli kishilar, aslida qo‘poruvchilaming iddaosi nima- da ekanligini aqlan chuqur his qilgan fuqarolar yuqoridagi soxta demokratlar chiqishlarini qo‘llab-quwatlamadilar, kun tartibida- gi masalalar yuzasidan amaliy takliflar bildirdilar, har bir masalada mamlakatda olib borilayotgan xalqchil siyosatni ma’qullashlarini, mamlakat Prezidenti atrofiga yanada jipslashish zarurligini ayta boshladilar.
Mamlakat aholisi, mustaqillik tarafdorlari o‘zlarining fikr- mulohazalarini Oliy Kengash va sessiya nomiga yozib yubora bosh­ladilar.Mavzuga doir materiallar

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish