Учитесь быстро читать



Download 326,07 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana22.07.2022
Hajmi326,07 Kb.
#838997
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-maruza.-Axborot-bilan-ishlash-usullari — копия



5-ma'ruza. Axborot bilan ishlash usullari 
 
Reja: 
1. Ilmiy va o'quv axborotlari bilan ishlash muammolari. 
2. Verbal axborotni qabul qilish. 
3. Regressiya muammosi. 
4. Artikulyatsiya muammosi. 
5. Ko'rish maydoni muammosi. 
6. O'qish usulini aniqlash. 
1. Ilmiy va o'quv axborotlari bilan ishlash 
muammolari 
Insoniyat qoldirgan axborot manbalari 6-7 ming yillik tarixga 
borib taqaladi. Shu bilan birga dunyoda har yili yuz mingdan ortiq 
nomdagi jurnallar chiqadi. Hozirgi vaqtda kelib axborotlar soni 
shunchalik ko'payib ketganki, saturatsiya muammosi paydo bo'lgan, 
ya'ni ilm-fandagi axborotlar hajmi insonning axborotni qabul qilish 
imkoniyatlaridan oshib ketgan. 
Mashhur organik-kimyogar akademik A.N.Nesmeyanovning 
fikricha, agar olim har kun 24 soat faqat organik kimyoga oid 
axborotlar bilan tanishsa, u butun umri davomida atigi 20% axborot 
bilan tanishishga ulgurar ekan.
Demak, agar biz ilmli bo'lishni xohlasak bu muammoga jiddiy 
qarashimiz kerak. Bunga axborotni yetkazish tezligi va axborotni 
qabul qilish tezligi o'rtasidagi nomutanosiblikni ham qo'shadigan 
bo'lsak, muammo yanada chigallashadi. 
O'quv jarayonining axborot manbalariga auditoriya darslari, 
o'quv va ilmiy adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari, Internet va 
kundalik jonli muloqotlar kiradi. Talabalar ma'ruza, amaliy va 
laboratoriya mashg'ulotlari bo'yicha ilmiy va o'quv adabiyotlaridan 
ko'plab axborotlarni yozib oladilar va o'rganadilar. Axborotlarni 
og'zaki yetkazish tezligi ularni yozish tezligidan deyarli 10 barobar 
yuqori bo'lganligi sababli darsda barcha axborotlarni yozib ulgurib 
bo'lmaydi. Shuningdek, ma'ruza darsini ham diktantga aylantirib 
bo'lmaydi, aks holda 90% axborot yetkazilmasdan qolib ketadi. Agar 
axborotlar yuqori tezlikda berilishda davom etadigan bo'lsa, 
auditoriya bilan muloqot yo'qolishi mumkin.
Agar talabalar zarur axborotlarni tanlash va qisqartirib yozish 
malakasiga ega bo'lishsa, konspektlash tezligi 7-10 marta oshar edi. 
Agar talabalar tez o'qish mahoratiga ega bo'lishsa, u holda axborotni 
qabul qilish tezligi 4-5 marta ortadi
1

1
Минько Э.В. Методы и техника ускоренного коспектировния и чтения. СПбГУАП. СПб., 2001. c. 12-15. 


Hozirgi kunda barcha fanlarning nazariy materiallari ma'ruza 
matnlari shaklida yetarli darajada chop qilingan. Ularning mazmuni 
aksariyat hollarda talaba uchun qulay qilib tuzilgan. Demak, yozib 
olish muammosini kun tartibidan olib tashlash mumkin, asosiy 
muammo esa - axbototnlarni o'zlashtirish bo'lib qoladi. Bu yo'ldagi 
birinchi qadam esa axborotni izlash, tanlash va uni qabul qilish 
mahoratiga borib taqaladi.

Download 326,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish