Ҳужжат матни 493423-(494260)



Download 238,48 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.04.2022
Hajmi238,48 Kb.
#598901
Bog'liq
Ҳужжат матни - 493423-(494260)



e-qaror.gov.uz
29.04.2022
1
2022 йил «4» март
122-13-0-Q/22
Қорақалпоғистон Республикаси
Вазирлар Кенгаши
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi «Quyi bo‘g‘inda
suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv iste’molchilari
orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
PQ-145-sonli qarori haqida
Suv resurslarini samarali boshqarish, ularning hisobi va hisobotini to‘laqonli
yuritish, suv iste’molchilari orasidagi munosabatlarni takomillashtirish hamda
ushbu jarayonlarga xususiy sektorni keng jalb qilish maqsadida Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi
QAROR QILADI
:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi «Quyi
bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv iste’molchilari
orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-145-
sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan quyidagilar:
a) Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer,
dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklarining:
- qishloq xo‘jaligi yerlari o‘z hisobida mavjud bo‘lgan klasterlarga o‘zlariga
tegishli maydonlardagi barcha suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik
tamoyillari asosida boshqaruvga berish;
- meva-sabzavotchilik hamda sholichilikka ixtisoslashgan tumanlar suv
xo‘jaligi obyektlari boshqaruviga davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida
xususiy sektorni jalb qilish;
- mazkur bandning 
ikkinchi
va 
uchinchi xatboshisida
nazarda tutilmagan


e-qaror.gov.uz
29.04.2022
2
qishloq xo‘jaligi sug‘oriladigan yerlarida faoliyat ko‘rsatayotgan suv
iste’molchilari va tuman irrigatsiya bo‘limlari o‘rtasida suv yetkazib berish va suv
xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish
to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilganligi;
b) Mazkur qarorning 2-bandi 
ikkinchi
va 
uchinchi xatboshisida
nazarda
tutilgan suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida
boshqaruvga berishda klasterlar o‘z hisobiga olgan yer maydonlarida, suv xo‘jaligi
obyektlarini boshqaruvga olgan xususiy korxonalar esa xizmat ko‘rsatish
hududida:
- mavjud bo‘lgan barcha suv xo‘jaligi obyektlarini mustaqil boshqarishi;
- dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalarini belgilangan tartibda suv olish
limiti doirasida suv bilan ta’minlashi;
- suv hisobi va hisobotining to‘liq yuritilishini ta’minlashi hamda bu
jarayonga avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy qilinishi;
- xizmat ko‘rsatish hududidagi barcha suv xo‘jaligi obyektlarining
bosqichma-bosqich modernizatsiyasini ta’minlashi.
Bunda, biriktirilgan hududdagi suv xo‘jaligi obyektlarining ekspluatatsiya
xarajatlari uchun Davlat byudjetida nazarda tutiladigan mablag‘larning bir qismi
xususiy sherikka to‘lab berilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Tuman hokimliklari Suv xo‘jaligi vazirligi (Juzbaev), Qishloq xo‘jaligi
vazirligi (Ziyadullaev) va Kadastr agentligi Qoraqalopg‘iston Respublikasi
boshqarmasi (Tleuov) bilan birgalikda 2023-yil yakuniga qadar qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar hududidagi suv xo‘jaligi obyektlarini to‘liq
xatlovdan o‘tkazsin hamda ularning balansiga berilishini, shuningdek, belgilangan
tartibda kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Bunda:
bitta suv iste’molchiga xizmat ko‘rsatuvchi ichki sug‘orish va kollektor-
drenaj tarmog‘i, ulardagi bosh va ichki suv olish hamda boshqa inshootlarni
ulardan doimiy va maqsadli foydalanish hamda ta’mirlash-tiklash uchun tegishli
suv iste’molchisi balansiga;
ikki va undan ortiq suv iste’molchisiga xizmat ko‘rsatuvchi fermerlararo
ichki sug‘orish va kollektor-drenaj tarmog‘i, ulardagi bosh va ichki suv olish


e-qaror.gov.uz
29.04.2022
3
hamda boshqa inshootlarni ulardan doimiy va maqsadli foydalanish hamda
ta’mirlash-tiklash uchun tegishli xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot balansiga
to‘lovlarsiz beriladi.
4. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi boshqarmasi (Yuldashev) suvdan foydalanish va suv iste’moli
bo‘yicha qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilinishi, suv xo‘jaligi obyektlarini
o‘z balansiga olgan subyektlar tomonidan suv olish limiti asosida suv yetkazib
berilishi hamda suv iste’molchilari tomonidan suvdan oqilona foydalanilishi
ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari D.Kaypov zimmasiga yuklatilsin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi Raisi
K.Sariyev

Download 238,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish