“Umumiy kimyoviy texnologiya” Mavzuv Texnologiyani asosiy taraqqiy yo'nalishlari



Download 2,32 Mb.
Sana10.06.2022
Hajmi2,32 Mb.
#652441
Bog'liq
ukt 87b20

 “Umumiy kimyoviy texnologiya” Mavzuv Texnologiyani asosiy taraqqiy yo'nalishlari

  • Reja:
  • 1. Kirish. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha. 2. Asosiy tushunchalar. Xom ashyo, mahsulot, yarim mahsulot, maqsadli va qo'shimcha maxsulot, ishlab chiqarishning chiqindilari va tashlandiqlari. 3. Ishlab chiqarishning asosiy texnik iqtisodiy ko'rsatkichlari

Tayanch iboralar: Xomashyo, iste'mol mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, ishlatiladigan tabiiy moddalar. Texnik iqtisodiy kursatgichlar, jorayonlar, jarayonlarning turlari Texnologiya deganda, bu so‘znig keng ma’nodagi talqinida sanoatning qaysi bir tarmog‘idagi ishlab chiqarishning uslubi va vositalarining ilmiy tavsifi tushuniladi. Masalan, metallarga ishlov berish uslubi va vositalariga metallar texnologiyasi fani, mashinalar ishlab chiqarish uslubi va vositalariga mashinasozlik texnologiyasi fani tashkil etadi. Mexanikaviy texnologiya jarayonlari ko‘proq mexanik ta’sir etishga asoslangan bo‘lib, ishlov berilayotgan moddanig tashqi ko‘rinishi, fizik xususiyatlari o‘zgarib, ularning kimyoviy tarkibiga ta’sir etmaydi. Tabiatiga ko‘ra kimyoviy va fizikkimyoviy hodisalargaasoslangan kimyoviy texnologiya jarayonlarga xom ashyoga kimyoviy ishlov berish kiradi.

  • Tayanch iboralar: Xomashyo, iste'mol mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, ishlatiladigan tabiiy moddalar. Texnik iqtisodiy kursatgichlar, jorayonlar, jarayonlarning turlari Texnologiya deganda, bu so‘znig keng ma’nodagi talqinida sanoatning qaysi bir tarmog‘idagi ishlab chiqarishning uslubi va vositalarining ilmiy tavsifi tushuniladi. Masalan, metallarga ishlov berish uslubi va vositalariga metallar texnologiyasi fani, mashinalar ishlab chiqarish uslubi va vositalariga mashinasozlik texnologiyasi fani tashkil etadi. Mexanikaviy texnologiya jarayonlari ko‘proq mexanik ta’sir etishga asoslangan bo‘lib, ishlov berilayotgan moddanig tashqi ko‘rinishi, fizik xususiyatlari o‘zgarib, ularning kimyoviy tarkibiga ta’sir etmaydi. Tabiatiga ko‘ra kimyoviy va fizikkimyoviy hodisalargaasoslangan kimyoviy texnologiya jarayonlarga xom ashyoga kimyoviy ishlov berish kiradi.
  • Kimyoviy texnologiya - ko‘proq tejamkor va ekologik asoslangan uslublarda tabiiy xom ashyo materiallaridan istemol tovarlari va ishlab chiqarish vositalariga qayta ishlash haqidagi fandir. Zamonaviy kimyoviy texnologiya, tabiiy va texnik fanlar yutuqlariga tayangan holda fizikaviy va kimyoviy jarayonlarini, mashina va apparatlarini, bu jarayonlarni turli moddalarni, mahsulotlarni, materiallarni, buyumlarni sanoat ishlab chiqarishida amalga oshirishni va ularni boshqarishning eng muvofiq yo‘llari majmuini o‘rganadi va ishlab chiqadi. Avvalambor kimyoviy texnologiya kimyoviy ilmlarga, jumladan, fizikaviy kimyo, kimyoviy termodinamika va kimyoviy kinetikaga tayanadi, shu bilan bir vaqtda shunchaki takrorlamasdan, aksincha, bu fanlarning qonuniyatlari asosida keng ko‘lamdagi sanoat jarayonlarini rivojlantiradi.
  • Atoqli fizik-kimyogar, kimyoviy texnologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan akademik D. P. Konovalov kimyoviy texnologiyaning asosiy vazifalaridan biri, bu fanni sof ximiyadan farqli tomoni bu “operatsiyaning eng manfaatli borishini va unga tegishli zavodda ishlab chiqarilgan uskunalar va yordamchi mexanik qurilmalarning loyihalanishidir” deb hisoblagan. SHuning uchun kimyoviy texnologiyani iqtisod, fizika, matematika, kibernetika, amaliy mexanika va boshqa texnik ilmlar bilan chambarchas bog‘lanmaganligisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Kimyo ishlab chiqarishining rivojlanishi bilan kimyoviy texnologiyaning salmog‘i yangi ma’lumotlar, yangi qonuniyatlar bilan boyidi. Kimyoviy texnologiyada mustaqil ilmiy fanlar ajralishi sodir bo‘ldi, bularga kimyoviy texnologiya jarayonlari va qurilmalari, umumiy kimyoviy texnologiya va kimyo-texnologik jarayonlarni modellashtirish va boshqalar kiradi.
  • Kimyoviy ishlab chiqarish tarixi kimyo sanoatining rivojlanishi tarixi bilan ajralmasdir. Birinchi kimyoviy hunarmandchiligi paydo bo‘lishi bilan kimyoviy texnologiyaning boshlanishi amaliy kimyoning chin ma’nodagi tavsifiy bo‘limidangina iborat bo‘lgan. Evropada XV asrda asosiy kimyoviy mahsulotlar olish bo‘yicha kislota, ishqor, tuzlar, turli farmatsevtik preparatlar va ba’zi organik moddalar ishlab chiqaruvchi mayda maxsus manufaktura va hunarmandchiliklarning paydo bo‘lgan. Rossiyada XVI asr oxirlarida, XVII asr boshlarida bo‘yoq, selitra, porox, shuningdek soda va sulfat kislota ishlab chiqaruvchi xususiy ishlab chiqarishlar rivojlanishga sazovor bo‘ldi. XVIII asrning ikkinchi yarmida texnologiyaning maxsus tarmoqqa ajralib chiqishi boshlandi, kimyoviy texnologiyaning ilm va o‘quv fani sifatida asoslanish ta’minlandi. Ilk bor “texnologiya” atamasi 1772 yilda Gyotingen universiteti professori I.Bekman tomonidan ishlatigan, u yaratgan ko‘plab kimyoviy ishlab chiqarishlarning texnikasini yorituvchi birinchi majmuiy asarlari bir vaqtning o‘zida kimyoviy texnologiyadan birinchi darslik bo‘lib xizmat qilgan. XVIII asrning oxirida kimyoviy texnologiya universitetlarda, Evropaning texnik o‘quv yurtlarida, Rossiyanig tijorat va texnik ixtisosligidagi bilim yurtlarida majburiy fan bo‘lib qoldi.
  • 1748 yilda Bermengemda(Angliya) qo‘rg‘oshin kar’erlarida sulfat kislota ishlab chiqarish(kamerali usulning boshlanishi) bo‘yicha uncha katta bo‘lmagan zavod qurilgan. 1805-1810 yillarda Angliyada va Fransiyada kamerali usulida sulfat kislota ishlab chiqarilishi keng tarqaldi. 1804 yilda Rossiyada, 1820 yilda Germaniyada birinchi sulfat kislota zavodilari ishga tushdi. 1787-1789 yillarda N.Leblan sanoat usulidagi birinchi soda olish usulini yaratdi. Sodaga shisha ishlab chiqarishi, natriy ishqori ishlab chiqarishi va boshqa tarmoqlar tomonidan talab katta bo‘lganligi munosabati bilan Leblan usuli juda keng tarqaldi (Leblan usulida soda ishlab chiqaruvchi birinchi zavod 1823 yilda Angliyada qurilgan). 1861 yilda sodani ammiakli usulda olish ishlab chiqarildi(Solve usuli). XIX asrning ikkinchi yarmida kataliz yo‘nalishida tadqiqotlar keng rivojlandiki, bu ko‘plab kimyoviy jarayonlarning sanoat miqyosida amalga oshishiga zamin bo‘ldi. XIX asrning 70-yillarida sulfat kislotaning kontakt usuli ishlab chiqildi, 1886 yilda esa, bu usul bo‘yicha sanoat ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.
  • Geterogen katalizning organik sintezga qo‘llanilishi organik kimyo tarixining birinchi davri boshlanishi bo‘lib qoldi. XX asrning birinchi o‘n yilliklarida uglevodorodlar va uglerod oksidi asosida sintezlar keng rivojlanishga erishdi. Geterogen kataliz sohasida S.V.Lebedevga kauchukni sanoat miqyosida olish imkoniyatini yaratdi. Kimyoviy texnologiyaning aktual vazifalarini echishda kimyoviy termodinamikaning nazariy va eksperimental tadqiqotlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi aniq texnologik yo‘nalishga ega bo‘lgan. Bu ishlar orasida Le-SHatele, Nernst va Gaberlarning mehnatlarini alohida ta’kidlash lazim. 1912 yilda tashkil ztilgan ammiakning bosim ostidagi sanoat qurilmasi kimyo sanoati rivojidagi inqilob bo‘lib, sanoat miqyosidagi kimyoviy jarayonlarda yuqori bosimning qo‘llanilishiga asos soldi.
  • O‘zbekistonda kimyo sanoatini barpo etish va uni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan xom ashyo bazasi va shart-sharoitlar hammasi etarli darajada mavjud bo‘lgan bo‘lsa ham kimyo sanoati nisbatan ancha kech paydo bo‘ladi. O‘zbekistonda eng keksa kimyoviy ishlab chiqarish korxonasi (kichik-kichik keramik buyumlari ishlab chiqarishni xisobga olmaganda) 1906 yilda Farg‘onada Vannov stansiyasi yaqinida qurilgan neftni qayta ishlash zavodidir. Ikkinchi shunday zavod Farg‘onada (Melnikov nomli) 1915 yilda qurildi. Ularda asosan kerasin olinar edi va u yoritish maqsadida ishlatilgan (chiroqlarda yoqilgan). Keyinchalik Toshkentda lak-bo‘yoq va soda zavodlari (1920y.). Bekobod siment va oxak zavodlari(1926y.)qurilib ishga tushirilgan. O‘zbekiston sobiq ittifoq tarkibida eng yirik paxtakor xo‘jalik bo‘lgani uchun,unda kimyo sanoatining vujudga kelishi asosan paxtachilik uchun zarur bo‘lgan o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonalarining qurilishidan boshlandi.1940 yilda ruspublikamiz kimyo sanoatining giganti- CHirchiq elekrokimyo kombinati qurilib ishga tushirildi
  •  Kombinat o‘sha yilning o‘zidayoq qishloq xo‘jaligimiz uchun 1 ming 600 t.mineral o‘g‘it ishlab chiqardi.1942 yilda Qo‘qon superfosfat zavodi, 1965 yilda Navoiy kimyo kombinati,1975 yilda Olmaliq ammofos zavodlari 2000 yilda kizilkum fosforit zavodi kurilib ishga tushirildi. 1985 yilga kelib respublikamiz to‘yimli moddalarini 100 foizga aylantirib hisoblaganda 1mln.592 ming t.mineral o‘g‘it ishlab chiqardi va o‘g‘it ishlab chiqarish bo‘yicha Bolgariya, Vengriya, Polsha, YUgoslaviya, CHexoslovakiyadan ham o‘zib ketdi. Hozirgi paytda O‘zbekiston YAponiya bilan taxminan teng miqtorda o‘g‘it ishlab chiqarmoqda. Respublikamizda qurilish materiallarining asosi bo‘lgan sement ishlab chiqarishning to‘ng‘ich korxonasi Bekobod sement zavodidir(1926y), keyingi yillarda Quvasoy (1932y.)va Angren (1949y.) sement zavodlari, 1968 yilda Ohangaron, 1978 yilda Navoiy sement zavodlari qurilib ishga tushirildi. 
  •  Natijada respublikamizming sementga bo‘lgan ehtiyoji to‘la qondirildi. Bu esa O‘zbekistonda qurilish ishlarining rivojlanishiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbekistonda organik kimyo sanoati boshqa sanoat tarmoqlariga qaraganda juda tez sur’atlar bilan rivojlandi. Organik kimyo sanoatining xom ashyosi asosan, ko‘mir, neft, gaz, yog‘och chiqitlaridir. Bizda ayniqsa gaz, g‘o‘zapoya, zapaslari ancha katta neft va ko‘mir ham bor. Mana shu ashyolar ruspublikamiz organik kimyo sanoatining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
  • Har qanday ishlab chiqarishning muhim tarkibiy qismlaridan biri xomashyodir. Xomashyo - iste'mol mahsulotlari va ishlab chiqarish vositalarini olish uchun sanoatda ishlatiladigan tabiiy moddalardir. Kimyo sanoatida xomashyo asosiy omil bo'lib, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tannarxining 60-70 % ini tashkil etadi. Sanoatda xomashyo tushunchasidan tashqari dastlabki ashyo, tayyor mahsulot va chiqindi tushunchalari ham qo'llaniladi. Xomashyo va dastlabki ashyoni bir-biridan farq qilish kerak. Xomashyo, sanoatda qayta ishlanmagan tabiiy moddalardir. Biron bir ishlab chiqarish uchun xomashyo, yarimfabrikat, oraliq mahsulot, yarimmahsulot (asosiy material), qo'shimcha mahsulot va ikkilamchi ashyolar, dastlabki ashyo bo'lishi mumkin. Yarimfabrikat bu tabiiy xomashyoni sanoatda dastlabki ishlov berish natijasida olingan materialdir.

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish