Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti



Download 9,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/1014
Sana08.12.2021
Hajmi9,28 Mb.
#190035
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   1014
Bog'liq
август кенгаши конфиренсия

183

 

 

"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"  



xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 

 

O‘smirlar va bolalarni kompyuter qarshisida, jumladan, Internet tarmog‘ida vaqt 

o‘tkazishining yuqoridagi kabi taqsimlanishidan maqsad “Internetga qaramlik”, ko‘rish 

qobiliyatining  pasayishi  (“quruq  ko‘z”  sindromi),  umurtqa  pog‘onasining  qiyshayishi 

(skalioz),  qomatning  buzilishi  (bukchayish)  kabi  kasalliklardan  asrashdir.  Albatta, 

Internetning imkoniyatlari faqat salbiy jihatlarda aks etmaydi. Uning o‘ziga xos ijobiy 

tomonlari  ham  mavjud.  Ular  sirasiga  ma’lumotga  darhol  ega  bo‘lish,  axborot  va 

ma’lumotlarning  xilma-xilligi,  shaxsning  o‘zini  namoyon  qilishga  yordam  beruvchi 

muloqot imkoniyatining mavjudligi, ta’lim borasida Internet imkoniyatlarini ko‘rsatish 

mumkin.  Axborot  xavfsizligini  ta’minlashda  fuqarolarning  axborot  madaniyatini 

yuksaltirish, ya’ni ularga axborotni saralash va undan ongli foydalanish ko‘nikmalarini 

shakllantirib  borish  muhimdir.  Muhimi,  insonlarni  axborotni  to‘g‘ri  idrok  etishga 

tayyorlash lozim. Ya’ni, har bir shaxs ma’lum axborotning o‘z professional faoliyati va 

shaxsiy hayoti uchun qadr-qimmatini baholash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur.  

Qolaversa, so‘nggi yillarda aqidaparast, diniy ekstremistik oqimlar o‘z g‘oyalarini 

yoshlar  orasiga  kengroq  kirib  borish,  mehnat  migrantlarini  ta’sir  doirasiga  olish, 

vayronkor  mazmundagi  materiallarni  elektron  ko‘rinishda  tarqatish,  internet  orqali 

targ‘ibot  o‘tkazish  kabi  usullarda  amalga  oshirmoqda.  Bunday  yot  oqimlar  ta’siriga 

tushib  qolmaslik  uchun  yoshlarda,  avvalo,  milliy  tafakkur  va  sog‘lom  dunyoqarashni 

shakllantirish lozim. 

Xulosa  qilib  aytganda,  o‘smirlar,  yoshlarni  internetning  salbiy  ta’siridan 

himoyalash  uchun  bir  qator  ishlarni  amalga  oshirish  zarur.  Jumladan,  me’yorga  amal 

qilish  kerak,  ya’ni  bolaning  kompyuter  oldida  o‘tkazadigan  vaqtini  belgilab  doimo 

nazorat qilib borish lozim. Uning o‘rniga turli badiiy, ilmiy kitoblarni o‘qish, musiqa, 

sport bilan shug‘ullanishga undash, mehnat qilishga o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Shu 

bilan  birga,  internetning  ma’lum  bir  saytlari  va  portallariga  kirishni  chegaralovchi 

dasturlardan foydalanilgani ham ma’qul. Bu ishlarni amalga oshirish orqali Internetning 

yoshlar ongiga salbiy ta’sirini kamaytirish mumkin.  

Yoshlarni  chalg‘itishga,  to‘g‘ri  yo‘ldan  toydirishga  qaratilgan  informatsion 

tahdidlardan,  g‘arazli  axborot  xurujlaridan  himoyalash  choralarini  ko‘rishimiz  kerak. 

Bunda  nafaqat  ota-ona,  biz  ustozlar  ham  e’tiborli  bo‘lishimiz  zarur.  Farzandlarimizni 

irodasi mustahkam qilib tarbiyalashimiz yurtimiz kelajagi uchun bajarilishi lozim bo‘lgan 

vazifamizdir. 

 


Download 9,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   1014




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish