Umumiy psixologiya” fanidan Mavzu: “O’spirinlarda qobilyatlar rivojlanganligining psixologik xususiyatlari” kurs ishi bajardi



Download 278 Kb.
bet1/10
Sana28.06.2022
Hajmi278 Kb.
#717023
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Shahobiddinova Dilafruz Fazliddin qizi. kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI

Umumiy psixologiya” fanidan


Mavzu: “O’spirinlarda qobilyatlar rivojlanganligining psixologik xususiyatlari”
KURS ISHI


Bajardi: PS 204-guruh talabasi
Shahobiddinova Dilafruz Fazliddin qizi.


Ilmiy rahbar: Psixologiya kafedrasi
o’qituvchisi Sh.X. Saboxiddinova


TOSHKENT-2022
Mundarija:
Kirish …………………………………………………………………..….…….3
I.BOB. Mavzuning adabiyotlarda o’rganilishi….................................
1.1 Yosh davrlari psixologiyasi haqida tushuncha…...………….….….…..….….6
1.2. Qobiliyatlar tuzilishi va turlari.............................................................……...17
II.BOB. Ilk o’spirinlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari...…..
2.1. Ilk o’spirinlik davrida yoshlarning shaxsiy xususiyatlari ……............……..30
2.2. Ilk o’spirinlik davrida qobilyatlarning rivojlanish xususiyatlari …….....…..35
Xulosa ……………………………………………………………...………….41
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………….43

Kirish
Mavzuni dolzarbligi O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy mustaqillikka erishganligiga yigirma yildan oshdi. Kishilik jamiyati tarixi uchun bu nisbatan qisqa vaqt hisoblansa-da, bu davrda Respublika ijtimoiy hayotining barcha sohalarida tub o’zgarishlar yuz berdi. Jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarida qaror topgan munosabat mazmuni o’zgarib, yangicha qarashlar shakllandi. Iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonida rivojlangan bozor munosabatlari ustuvor o’rin egallayotgan bo’lsa, madaniy sohada milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligiga erishish – ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy omillardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohasida olib borilayotgan harakat davlat va jamiyat qurilishining umumiy mohiyatini ifodalaydi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yilning 30-oktabr kuni mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo’yicha videoselektor yig‘ilishi bo’lib o’tdi. “Biz ustozni otaday ulug‘ deb bilgan, doimo ardoqlagan ma’rifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham o’qituvchi, muallim deganda o’zim uchun eng aziz va hurmatli bo’lgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va ta’lim berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan. Bugungi kunda O’zbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin ko’makchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir”, – dedi Prezident yig‘ilishda. Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bog‘langani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishi ekani ta’kidlandi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Kelajakda O’zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan faxrlanib kelishi lozim”. Darhaqiqat, O’zbekistonning kelajagi hozirgi kun yoshlari bo’lib, aqlan, ahloqan kamoloti muhimdir. Ayniqsa, ularni bilim cho’qqilarini, kasb malakalarini egallashlari, jamiyat faoliyatiga faol kirib borishlari, jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchlari hisoblanadi. Ertangi kun davomchilari bo’lgan yoshlar nafaqat bilim cho’qqilarini egallabgina qolmasdan balki ularda fidoiylik, Vatanga sadoqat, insoniylik tuyg’ularini shakllantirishlari lozim.
Ilk o’spirinlik davri "kamolot bo’sag`asi" deb ta’riflanadi. Bu kamolot bosqichi fiziologik, psixologik va ijtimoiy chegaralarni o’z ichiga oladi.Psixologiya fani o’spirinlik muammosini kompleks o’rganishni da’vat etadi.
Bu juda qiyin masala, chunki psixofiziologik taraqqiyot sur’ati bilan uning bosqichlari ijtimoiy etilish muddati bilan hamma vaqt ham to’g‘ri kelavermaydi. Akselerasiya natijasida bugungi ilk o’spirinlarning taraqqiyoti avvalgi avlodlarga nisbatan o’rtacha ikki-uch yil avval etilmoqda.
Fiziologlar bu jarayonni 2-darajali jinsiy belgilarning paydo bo’lishiga qarab, 3-ta bosqichga ajratadilar:
I bosqich - prepubertat;
II bosqich - pubertat;
SH boskich - postpubertat.
YOsh psixologiyasi o’spirinlikning yoshini 1-2 bosqichlar bilan bog‘lab kelar edi. Akselerasiya munosabati bilan o’spirinlik yoshining chegarasi endi 15-16 dan 18 yoshgacha bo’lmoqda. Demak, o’spirinlik ham oldin boshlanadi. Lekin, bu taraqqiyot davrining konkret mazmuni birinchi navbatda ijtimoiy sharoitlar bilan belgilanadi. Yoshlarning jamiyatda tutgan o’rni, ularning mavqei, ular egallaydigan bilimlarning xajmi va bir qator boshqa faktorlar ijtimoiy sharoitlarga boqliqdir.
Ilk o’spirinlik yoshidagi bolalar bu 14-15 yoshdan 17-18 yoshgacha bo’lgan akademik licey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilaridir.
Bo’yning o’sishi o’spirin qizlarda 15-16 yoshgacha, o’qil bolalarda 17-18 yoshgacha davom etadi. Bu yoshda muskullar kuchi tez o’sadi. Masalan, 18 yoshli bola muskul kuchi 12 yoshli bolaga nisbatan 2 baravar ko’p bo’ladi. Jismoniy taraqqiyot, asosan, to’g`ri ovqatlanish rejimiga va jismoniy tarbiya bilan shuqullanishiga ko’p jihatdan bog`liq. Jinsiy taraqqiyot jihatdan bu yoshdagi ko’pchilik yigit va qizlar postpubertat (tugallanuvchi) davrda bo’ladilar. Bularning jismoniy rivojlanishi katta yoshdagi odamning jismoniy rivojlanishidan kam fark qiladi. Bo’yning va organizmning notekis o’sishi va rivojlanish davri tugallanadi, qamda jismoniy rivojlanishning nisbatan birmuncha tekis davri boshlanadi.O’spirinlik yoshida jismoniy sifatlar (bo’y, oqirlik) nisbatan barqaror darajaga etgan bo’ladi. SHuningdek, muskul kuchi va ishchanlik qobiliyati sezilarli darajada ortadi.

Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish