Umumiy psixologiya” fanidan oraliq nazorat ishi Toshkent-2020 yil


Мулоқотнинг коммуникатив воситаларини инсон ҳаётидаги ўрни нималардан иборат



Download 0,75 Mb.
bet19/24
Sana21.06.2021
Hajmi0,75 Mb.
#72589
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Мулоқотнинг коммуникатив воситаларини инсон ҳаётидаги ўрни нималардан иборат

Hozirgi paytda mamlakatimizda va xorijda muloqot muammosiga

qiziqish ortib bormoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kishilarning

bir-birlari bilan qiladigan muloqoti katta ahamiyatga ega. Psixolog olim

V.N. Myasishev muloqot masalasiga chuqur yondashgan, uni

o'rgangan. Boshqa olimlar muloqotni nutq kommunikatsiyasi bilan

bog'lab o'rgangan bo'lsalar, V.N. Myasishev muloqotni jarayon sifatida

o'rgangan. Ya’ni shaxslarning bir-biriga muloqot orqali ta’sir

ko'rsatishlarini, bir-birlarini idrok qilish obyekti sifatida tahlil qiladi.

Uning fikricha: «Shaxs turlicha munosabatlarda qarama-qarshi sifatlami

namoyon qilishi mumkin.»

Tajribali psixolog A.A. Bodalyev esa shaxs o'yinda, o'qishda,

muloqotda, ya’ni faoiiyatning turli sohalarida o'zining o'mini bilishi

zarurligini uqtiradi. U o'zining «Shaxs va jamiyat» kitobida bu masalaga

katta e’tibor berib, bu muammolar kam o'rganilganligini ta’kidlaydi.

A. A. Bodalyevning fikricha, «insonni muloqot orqali tarbiyalashda bu unga qanday ta’sir qilishini avvaldan o‘ylash zarur».


Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri — muloqotga bo'lgan

ehtiyoj. Muloqotga bo'lgan ehtiyoj qondirilmasa, ong ham rivojlanmaydi.

Shuning uchun biz doimo muloqotga bo'lgan ehtiyojimizni

qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir muloqotdan qoniqish, ba’zi

hollarda esa qoniqmaslikni his qilamiz. Katta yoshdagi kishilar rasmiy va

norasmiy munosabatlarga kirishadilar. Rasmiy munosabatlar ish, xizmat

yuzasidan bo'ladi. Norasmiy muloqot esa ishdan boshqa paytlarda, uyda

(oila), mahallada, ko'cha-ko'ylarda bo'ladi.

Kattalar muloqotida ko'pincha muloqot madaniyati amalga

oshiriladi, ya’ni bir-birlarini hurmat qilish, ishonish, anglash kabilar.

Ammo ba’zi paytlarda muloqot buzilishi ham mumkin. Chunki ular

ham ayrim paytlarda bir-birlarini tushunmasdan xafa qilib qo'yishlari,

ko'ngilga og'ir botadigan gaplar aytib yuborishlari, natijada nizolarni

keltirib chiqarishlari mumkin. Agar muloqot madaniyati kishilarda

yaxshi shakllangan bo'lsa, ular bir-birlarini tushunishlari oson kechadi.

Muloqot madaniyati yoshlikdan oilada, ijtimoiy muhit ta’sirida, o'z-

o'zini anglash, tarbiyalash jarayonida shakllanishi mumkin. Biz kattalar

yoshlarga namuna, ibrat bo'lishim iz bir-birimizga bo'lgan

muloqotimizdan kelib chiqadi. «Oltin so'zlar» (azizim, aylanay,

o'rgilay, juda ham ajoyibsiz, bugun boshqachasiz, ochilib ketibsiz,

kiyimingiz juda yarashibdi kabi) dan kundalik hayotimizda ko'proq,

ammo o'm i kelganda foydalanishimiz zarur. Kattalar muloqotiga

yoshlarning taqlid qilishlari orqali ularda muomala san’ati, madaniyati

shakllanib boradi.

Shaxsning shakllanishida muloqotning ahamiyati haqida psixolog

olimlar o‘z fikrlarini bayon qilganlar. Jumladan, psixolog B.G. Ananev

«Odam bilishning predmeti sifatida» asarida bu masalani chuqur tahlil

qilgan. U bilimning turli elementlarini egallash muvaffaqiyatli

o‘zlashtirishning garovi ekanligini ta’kidlaydi. Bilimlarni egallash

muloqot orqali amalga oshirilishini ham uqtirib o'tadi. Agar kishilar

o'zaro bir-birlariga axborot uzatmasalar, tajribalarini muloqot orqali

almashmasalar rivojlanmay qolishlari to'g'risida B.G. Ananev asosli

fikrlami keltiradi.

B.G. Ananev fikricha muloqot ijtimoiy va individual holatdir.

Shuning uchun nutq bilan uzviy bog'liq, kommunikativ vazifani

bajarishda pantomimika, imo-ishoralar muloqot shakllari sifatida yuzaga

chiqadi.

Demak, olim muloqot tushunchasini umumiy, yosh va pedagogik

psixologiya kabi fanlar uchun chuqur tahlil qilib bergan.



Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish