Umumiy psixologiya” fanidan oraliq nazorat ishi Toshkent-2020 yil



Download 0,75 Mb.
bet18/24
Sana21.06.2021
Hajmi0,75 Mb.
#72589
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
Umumiy psixologiya

ФСМУ технологияси


Савол

Фаолиятининг асосий турлари инсон камолотининг асосий мезони буни қандай тушуниш керак?

Ф-фикрингизни баён этинг

Odamlaming faoliyati ongli faollik sifatida inson ongining tarkib topishi va

taraqqiyoti bilan bog’liq holda tarkib topadi va rivojlanadi. Inson faoliyatida

taraqqiyotning asosi hamda ong mazmunining manbai bo’lib xizmat qiladi.

Faoliyatda insonning shaxsi ifodalanadi, shu bilan birga faoliyat odam shaxsini

tarkib toptiradi. Odamlarda har xil turdagi faoliyatlaming paydo bo’iishi va

taraqqiyoti juda ham murakkab hamda uzoq davom etadigan jarayon. Bolaning

faoliyati uning kamoloti davomida *faqat asta-sekin ta'lim va tarbiyaning ta'siri ostida

ongli maqsadga m os faoliyat shaklini egallab boradi. Inson faoliyati asosan uch turga

bo’linadi: o ’yin, mehnat, ta’lim faoliyati. Bu faoliyat turlari bola shaxsining tarkib

topishida hal qiluvchi rol o ’ynaydi.



С-Фикрингиз баёнига сабаб кўрсатинг

Hayotining birinchi yillaridayok bolada faoliyatning oddiy shakllarini o`zlashtirishi uchun dastlabki shart - sharoitlar tarkib topa boshlaydi. Ulardan birinchisi o`yin faoliyati hisoblanadi. Ma’lumki, o`yin faoliyatini hayvonlarning bolalarida ham kuzatiladi. Bu - ularning turli xildagi xarxashalaridan, urishishni taqlid qilishi, u yoqdan - buyoqqa chopishi va hokozolardan iboratdir. Hayvon bolalarining o`yin jarayonidagi kiligini avvalo ularning organizmidagi faoliyatga, jamlangan kuch - kuvvatni sarflashga bo`lgan ehtiyojni qondirishi deb qarash mumkin. Agar hayvon bir muncha vaqt mobaynidan o`ynaydigan sherigidan mahrum etib qo`yilsa, keyinchalik uning qo`zg’alishi va o`yin faoliyati keskin kuchayadi, ya’ni tegishli kuch quvvat to`plangani kabi hodisa ruy beradi. Bu hodisa "o`yinga to`ymaslik" deb ataladi.

Bolaning "odamga aylanguncha" egallagan hamma narsani o`rganishdan, ya’ni tajribani o`zlashtirib olishdan iboratdir. Insonning hatti-harakatlari biologik tajriba bilan belgilanmaydi, balki sotsial tajriba bilan belgilanadi. Lekin sotsial tajribani biologik yo`l bilan berib bo`lmaydi. Sotsial tajriba organizmning xususiyatlariga bog’liq bo`lmay, balki inson yashab turgan jamiyatning xususiyatlariga bog’liqdir. Biologik yo`l bilan nasliy jihatdan sotsial tajribani va insoniy ish-harakat shakllari hamda faoliyatlarini organizmning amaliy o`zlashtirishi uchun kerakli bo`lgan faqat ma’lum xususiyatlari berilishi mumkin.

Mehnat ma’lum ijtimoiy foydali moddiy yoki ma’naviy mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdan iboratdir. Mehnat faoliyati odamning asosiy, yetakchi faoliyatidir. Kishilarning mehnat faoliyati o`z mohiyati jihatidan ijtimoiydir.


М-кўрсатилган сабабингизни исботловчи далил келтиринг

O`yin faoliyati bilan organizmda kuch - quvvat almashinuvi o`rtasidagi bog’lanish o`yinga nisbatan ma-yilning tug’ilishiga olib keladi. Lekin o`yin faoliyati ruyobga chiqaradigan chiqaradigan fe’l - atvor shakllari qanday va qaerdan paydo bo`ladi? Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki ularning ba’zi birlari, masalan, mushukchadagi "sichkon ovlash" ishtiyoki hayvonning tug’ma instinktiv harakatlari jumlasiga kiradi. Boshqa bir xillari esa, masalan, shimpanze bolasining katta yoshdagi maymunlar va odamlarning harakatlarini takrorlashi taqlid qilish orqali yuz beradi. Uchinchi bir xili tevarak - atrofdagi olam bilan o`zaro birgalikda harakat qilish jarayonida hayvonlarning o`zlari tomonidan topiladi.

Taraqqiyot davomida shunday vaqt keladiki, unda bolaning hayotiga alohida faoliyat turi kirib keladi. Bu faoliyatning shunday turiki, uning bevosita maqsadi ma’lum informatsiyalar, harakatlar va ish-harakatlar shakllarini o`zlashtirishdan iboratdir. Sub’ektning o`z maqsadi o`rganishdan iborat bo`lgan mana shunday maxsus faoliyatni TA’LIM (O`QUV) deb ataladi. Ta’lim faoliyati o`z tarkibiga quyidagilarni oladi: a) ma’lum bir ideal va amaliy faoliyat turini muvaffaqiyat bilan tashqil qilish uchun narsa va hodisalarning zarur xususiyatlari haqidagi informatsiyalarni o`zlashtirish ( bu jarayonning mahsuloti bilimdir); b) mana shu faoliyat turlarini yuzaga keltiradigan usul va operatsiyalarni o`zlashtirish (bu jarayonlarning mahsuloti malakalardan iborat bo`ladi);


v) ko`zlangan maqsad va berilgan masala shartiga mos ravishda to`g’ri yo`l va operatsiya tanlash hamda nazorat qilish uchun ko`rsatilgan informatsiyalardan foydalanish usullarni egallash (bu jarayonning mahsuli - ko`nikmadan iborat bo`ladi).

Jamiyat ehtiyojlari mehnat faoliyatini tarkib toptiradi, uni aniqlaydi, yo`naltiradi, uni aniqlaydi va boshqaradi. Mehnat taqsimoti tufayli, bironta kishi ham o`ziga kerakli narsalarni o`zi to`liq, oxirigacha ishlab chiqarmaydi. Odam jamiyat uchun kerakli, jamiyat talab qilgan (ehtiyojga ko`ra) narsalarni ishlab chiqaradi. O`zi uchun kerakli narsalarni esa o`z mehnati evaziga jamiyatdan oladi. Shaxsning ehtiyojlarining qondirilish mexanizmi va shakllari jamiyatda xukmron bo`lgan ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Shunday ekan, odamning mehnatda bajaradigan ish-harakatlari biologik ehtiyojlar bilan belgilanmaydi, balki ko`zlangan ishlab chiqarish MAQSADI hamda bu maqsadni amalga oshirishda uning boshqa kishilarga munosabatlari bilan belgilanadi.



У- фикрингизни умумлаштиринг

Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, o`yin bolalarda ham o`z faolligini ro`yobga chiqarish shakli, hayot kechirish va faoliyat ko`rsatish shakli bo`lib xizmat qiladi. Bolaning o`yin harakatlari avval boshdanoq buyumlardan foydalanishning insoniy usullari va amaliy xulq - atvorining katta yoshdagilar bilan muloqot jarayonida va katta yoshdagilar raxbarligida o`zlashtirilib olinadigan insoniy shakllari zamirida rivojlanib boradi.

Shunday qilib, insonning ma’lum bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirishda ongli maqsad bilan boshqariladigan barcha harakatlari ta’lim bilan bog’liq bo`ladi. Ta’lim jarayoni insoniyatning ijtimoiy tajribasini o`zlashtirishga yo`naltirilgandir.


O`quv faoliyati o`quvchilarga, yoshlarga bilim berib qolmay, ularni o`z harakatlarini, operatsiyalari va malaka, tajribalarni, bilish jarayonlarini boshqarish o`rgatishga yo`naltirilgan. O`quv faoliyati odamni mehnat faoliyatiga tayyorlaydi.




Савол

Таълим инсон ақлий фаолиятининг кўриниши” мазкур фикрни изоҳланг?

Ф-фикрингизни баён этинг

Ta`lim. O`yin faoliyatining pirovardida ta`lim faoliyati yuzaga keladi. Bu faoliyatning maqsadi ma`lum axborotlarni - bilimlarni harakatlar va amallarni o`zlashtirishdan iboratdir. Odamning o`z maqsadiga ko`ra batamom o`rganish va o`zlashtirishdan iborat bo`lgan mana shunday maxsus faoliyati ta`lim faoliyati deyiladi. Psixologik jihatdan olganda, ta`lim faoliyati o`z ichiga quyidagi jarayonlarni oladi: ma`lum bir nazariy va amaliy faoliyat to`rini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ob`ektiv olamning eng muhim xususiyatlariga doir axborotlarni o`zlashtirish, bu jarayonning mahsuloti bilimlardir.

С-Фикрингиз баёнига сабаб кўрсатинг

Mana shu faoliyatni, ya`ni bilimlarni almashtirishda yuzaga keladigan usul va operatsiyalarni egallash, bu jarayonlarning mahsuloti malaka va uquvlardan iboratdir. Ta`lim faoliyatining tarkibi juda ham murakkab bo`lib tarkibiga - ilmlar, tushunchalar, malakalar, odatlar, uquvlar kiradi.

М-кўрсатилган сабабингизни исботловчи далил келтиринг

O`quv faoliyati o`quvchilarga, yoshlarga bilim berib qolmay, ularni o`z harakatlarini, operatsiyalari va malaka, tajribalarni, bilish jarayonlarini boshqarish o`rgatishga yo`naltirilgan. O`quv faoliyati odamni mehnat faoliyatiga tayyorlaydi.

У- фикрингизни умумлаштиринг

Shunday qilib, inson faoliyatida ta’limninr o’rni beqiyos bo’lib, unda inson to’liq shakllanib, mehnat qilishga layoqatli inson sifatida yetishadi.

Муаммо” органайзерини тўлдиринг





Муаммонинг тури

Муаммонинг келиб чиқиш сабаблари

Муаммони ечиш йўллари ва сизнинг ҳаракатингиз


Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish