Umumiy psixologiya fanidan



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana03.06.2022
Hajmi0,52 Mb.
#632464
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Xulq-atvorning irodaviy boshqaruvi kurs ishiffff




MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI 
 
“PSIXOLOGIYA” FAKULTETI 
“PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI 
“PSIXOLOGIYA: AMALIY PSIXOLOGIYA” YO‘NALISHI 931-20 GURUH 
TALABASI XO‘ROZOV MUXIDDINNING 
“UMUMIY PSIXOLOGIYA” 
FANIDAN 
KURS ISHI 
Mavzu: Xulq-atvorning irodaviy boshqaruvi 
Ilmiy rahbar: G. T. Arakulov 
Jizzax-2022 



MUNDARIJA 
 
KIRISH

I.BOB. 
SHAXS 
XULQ-ATVORINING 
PSIXOLOGIK 
XUSUSIYATLARI

1.1. 
Shaxsning xulq-atvor nazariyasi 

1.2. 
Shaxs xulq-atvorini shakllantirish 

1.3. 
Psixikaning taraqqiyot muammosi 
15 
II.BOB. XULQ-ATVORINING IRODAVIY BOSHQARUVI
18 
2.1. 
Irodaviy xulq-atvorning asosiy bosqichlari
18 
2.2. 
Insonning ijtimoiy xulq-atvori 
20 
2.3. 
Inson xulq-atvorining irodaviy boshqaruvi 
24 
 
Xulosa 
29 
 
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar 
30 



KIRISH 
Ijtimoiy-ruhiy eshtiyojga asoslangan holda mamlakatimiz yoshlarini komil 
inson qilib kamol toptirish uchun ularni o‘zini o‘zi uddalashga o‘rgatishdan ish 
boshlamoq zarur. Shaxsning o‘z faoliyatini va xulq-atvorini shaxsiy xoHish 
irodasiga bo‘ysundirish, ro‘yobga chiqarish mustaqil fikrlashni barqarorlashtiradi, 
ko‘zlangan maqsadni amalga oshirishga puxta zamin shozirlaydi, har xil 
xususiyatli qiyinchiliklar oldida matonat, sabr-toqat tuyg‘ularini namoyish etishga 
chorlaydi. Buning natijasida mustashkam irodali, prinsipal, qat’iyatli, uzoqni 
ko‘zlovchi, teran fikrlovchi, aql-zakovatli, vatan tuyg‘usi bilan yonuvchi shaqiqiy 
milliy vatanparvar yoshlarni ijtimoiy shayotida, ta’lim-tarbiya jarayonida 
shakllantiradi.
Insonga tug‘ilishdan beriladigan tabiiy mayllardan, aqliy va axloqiy 
imkoniyatlardan unumli foydalanmasdan turib, yuksak ma’naviyatli, farosatli, 
ijodiy izlanuvchan shaxslarni voyaga yetkazib bo‘lmaydi. Xuddi shu boisdan
insonning bolaligidan tortib to ijtimoiylashuviga qadar davr oralig‘ida o‘zini o‘zi 
boshqarish usullari, vositalari bilan tanishtirish qat’iyatlilikni vujudga keltiradi.
Odatda iroda inson tomonidan o‘z xulqi va faoliyatini ongli ravishda 
boshqarish sifatida basholanadi, maqsadga yo‘naltirilgan xatti-harakat va xulq-
atvorning amalga oHishida tashqi, ichki qiyinchiliklarni yengib o‘tish tariqasida 
ta’riflanadi.
Yoshlarning irodasi, eng avvalo shaxsning ijtimoiy faolligida, mehnat 
faoliyatida, ijtimoiy tajribasida va ta’lim jarayonida namoyon bo‘ladi. 
Mazkur faollikdan uning mazmunini va shaklan tuzilishini farqlash mutlaqo 
zarur. Shaxs faolligining mazmundor tomoni- uning ijtimoiy xislatlarida o‘z 
ifodasini topadi, chunki bunda ijtimoiy ko‘rsatma (attityud), e’tiqodlar, ma’naviy 
His-tuyg‘ular, qiziqishlar dominantlik xususiyatini kasb etadi. Shaxs faolligining 
shakli faoliyatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi ruhiy jarayonlar, ichki, tashqi 
va anglashilgan irodaviy xatti-harakat, intilish namoyon bo‘lishi orqali aniqlanadi. 
Shaxs uchun qiyin haroitlarda o‘zini o‘zi ongli ravishda boshqara olish imkoniyati 
irodaviy zo‘r berishning yordami bilan yuzaga keladi va belgilangan muayyan aniq 



maqsad, reja hamda uni ro‘yobga chiqaruvchi xatti-harakatlar ularning ijrosiga 
yo‘naltiriladi. 
Barkamol avlod shaxsining psixologik xususiyatlari markaziy rolining 
motivasiya doirasi bajaradi va u eshtiyojlar, qiziqishlar, e’tiqodlar va ma’naviy 
His-tuyg‘ularda o‘z aksini topadi. Shaxslarning shayoti va faoliyatida, shuningdek, 
ijtimoiy tarbiyasiga asta-sekin ustuvor va barqaror motivlar vujudga kela 
boshlaydi, ular inson ijtimoiy hartlangan yo‘nalganligi va shayotiy pozisiyasini 
qat’iy belgilash uchun xizmat qiladi.
Aksariyat shollarda inson shaxsining ijtimoiy hartlangan xususiyatlari uning 
irodaviy faolligi yo‘nalishini gavdalantiradi. Ijtimoiy yo‘nalganlik shaxsning 
motivasion-irodaviy xislati Hisoblanmish sobitqadamlikda o‘z ifodasini topadi. 
Inson shaxsining irodaviy jarayonlari, holatlari, xislatlari faoliyatning motivlari va 
maqsadini amalga oshirishning o‘ziga xos usuli sifatida yuzaga keladi. Aqliy 
faoliyatda irodaviy jarayonlar irodaviy xatti-harakatlar kechishining aynan ichida, 
ya’ni maqsad belgilashdan tortib to uning bajarilishigacha oraliqda ko‘zga 
tashlanadi. Ongli xulq-atvorda, ixtiyoriy diqqatda, eslab qolishda, esga tushirishda, 
tafakkurda, xayolda ifodalanadi, murakkab muammolarni yechish, irodaviy zo‘r 
berishni safarbar etish uchun mutlaqo zarur, chunki busiz mehnat va o‘quv 
faoliyatida shech qanday natijaga eriHish mumkin emas. Ularning o‘zaro 
uyg‘unlashuvi samaralar keltirish majmuasi sifatida ikkiyoqlama xususiyat kasb 
etadi. Mehnat faoliyatidagi va ta’lim jarayonidagi irodaviy holatlar-bu vujudga 
kelgan qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf etishning usullari, inson shaxsining 
omilkor, oqil ichki haroitlarining muvaqqat ruhiy hodisasidir. Ularning qatoriga bir 
talay shayotiy hart-haroitlar ta’siri ostida vujudga keluvchi optimizm va umumiy 
faollik, qiziquvchanlik, motivasion, mobilizasion tayyorgarlik, qat’iyatlilik 
xususiyatlari kiradi.
Mehnat va stress-emosional zo‘riqishning keskin holati ko‘rinishi, shakli 
Hisoblanib, tashqi va ichki mushitning noxush omillarini shaxsga favqulodda ta’sir 
etish natijasida vujudga keladi. Ta’limiy hamkorlik (o‘qituvchi bilan talaba hamda 
talabalarning o‘zaro) faoliyatidagi frustrasiya-bilish faoliyatini tashkillashtirishning 



tubdan teskari tomonga yo‘naltiruvchi ruhiy holatdir. Shaxs uzluksiz paydo 
bo‘luvchi va bartaraf qilish qiyin to‘siqlarning ta’siri ostida ruhan tushkunlik
o‘zini yo‘qotib qo‘yish, ko‘pincha eksperimentga, vaziyatga nisbatan agressiv 
(tajovus) reaksiyalar (javob xatti-harakatlari) yuzaga kelishi kuzatiladi. 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish