Universiteti olmaliq filiali texnik tizimlarda axborot texnologiyalari


O’zbekistonda Axborot texnologiyalarning rivojlanishi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar



Download 2,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana02.01.2022
Hajmi2,65 Mb.
#306746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mustaqil Ish Abdurasulov

3. O’zbekistonda Axborot texnologiyalarning rivojlanishi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar 

   Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatda kechayotgan jarayonlarga ijobiy ta’sir 

ko‘rsatib,  islohotlar  samaradorligini  oshiradi,  aholi  manfaatlarini  ta’minlashga  xizmat  qiladi, 

yangidan-yangi  imkoniyatlar  eshigini  ochadi.  Shu  nuqtai  nazardan  aytganda,Ushbu  sohani 

rivojlantirish bo’yicha O’zbekiston o’z strategik yo’lini belgilab bo’lgan va ushbu yo’lda ko’pdan 

ko’p  ishlar  amalga  oshirilmoqda.Men  aynan  shu  ishlar  haqida  eng  so’ngi  malumotlarni 

bermoqchiman 

   2019-yil  31-oktyabr  kuni  Oliy  Majlis  Senati  Sud-huquq  masalalari  va  korruptsiyaga  qarshi 

kurashish qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. 

   Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-

yilning 9-oyida amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha hisobot eshitildi. 

   Majlisda Qo‘mita a’zolari,  tegishli  vazirlik  va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari 

xodimlari ishtirok etdilar. 

   Dastlab  O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini 

rivojlantirish vazirligining joriy yil 9 oyidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi. 

   Ta’kidlanganidek,  2019-yil  davomida  O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va 

kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zimmasiga 40 ta maqsadli vazifa yuklatilgan. Ularni 

amalga oshirish borasida vazirlik tomonidan izchil ishlar olib borilgan. 

   Jumladan,  chet  el  investorlarini  dasturiy  mahsulotlar  sohasida  qo‘shimcha  loyihalarni  amalga 

oshirishga jalb qilish maqsadida joriy yilning sentyabr oyida “ICTWEEK Uzbekistan 2019” AKT 

haftaligi  o‘tkazildi.  Mazkur  tadbir  doirasida  “DIGITAL  UZBEKISTAN”  AKT  forumi, 

“ICTEXPO”  ko‘rgazmasi,  “Shanxay  hamkorlik  tashkilotiga  a’zo  davlatlarda  axborot 

texnologiyalari va innovatsion rivojlanish” forumi tashkil etilib, Birlashgan Arab Amirliklari bilan 

birgalikda “mGowAward” respublika tanlovi e’lon qilindi. 



   Aloqa  va  axborot  texnologiyalari  sohasidagi  yetakchi  xorijiy  mamlakatlar  (Belarus  va 

Hindiston)  oliy  o‘quv  yurtlari  bilan  qo‘shma  fakultetlarni  tashkil  etish  maqsadida  Vazirlar 

Mahkamasining  “Muhammad  al-Xorazmiy  nomidagi  Toshkent  axborot  texnologiyalari 

universiteti  tuzilmasida  O‘zbek-Belarus  qo‘shma  fakultetini  tashkil  etish  to‘g‘risida”gi  qarori 

qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2019/2020-o‘quv yilida yangi yo‘nalish bo‘yicha 505 nafar yigit-qizlar 

talaba bo‘ldi. 

   Bundan  tashqari,  1-band  bo‘yicha  investitsiya  dasturi  doirasida  III-IV  choraklarda  bajarilishi 

lozim bo‘lgan “Optik tolali aloqa liniyalarini qurish”, “Radiochastota spektri monitoringi tizimini 

kengaytirish  va  rivojlantirish”,  “Magistral  va  multiservis  transport  tarmog‘ini  kengaytirish” 

loyihalari amalga oshirilmoqda. 

   Shu bilan bir qatorda, majlisda vazirlik faoliyatidagi kamchiliklar ham tahlil qilindi va shundan 

kelib  chiqib,  bir  qator  tavsiyalar  bildirildi.  Xususan,  magistral  telekommunikatsiya  transport 

tarmoqlarini  kengaytirish  bo‘yicha  amalga  oshirilayotgan  loyiha  doirasida  qurilmalarni 

respublikaga  keltirish  va  joylarda  o‘rnatish  ishlarini  jadallashtirish  lozimligi  ta’kidlandi. 

Shuningdek,  joriy  yilda  optik  tolali  aloqa  liniyalari  qurilishini  10  ming  kilometrga  yetkazish 

choralarini  ko‘rish  zarurligi,  bunda  olis  qishloq  aholi  maskanlari  va  ijtimoiy  infratuzilma 

ob'yektlariga alohida e’tibor qaratish kerakligi qayd etildi. 

   29-oktyabr  kuni  Muhammad  al-Xorazmiy  nomidagi  Toshkent  axborot  texnologiyalari 

universitetida  O‘zbekiston  Respublikasi  hamda  Yaponiya  hukumatlari  kelishuviga  muvofiq 

mamlakatimizdagi  OTMlar  orasida  yagona  bo‘lgan,    qiymati  1,6  mln.  AQSh  dollarini  tashkil 

etuvchi o‘quv media-markazi ochildi. 

   O‘quv  media-markazining  ochilish 

marosimida  O‘zbekiston  Respublikasi  axborot 

texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Yaponiya xalqaro 

hamkorlik  agentligining  (JICA)  vitse-prezidenti  janob  Kazuxiko  Kashikava,  Yaponiya  elchisi 

janob  Fujiyama  Yoshinori,  universitet  professor-o‘qituvchilari,  OAV  vakillari  hamda  talabalar 

ishtirok etishdi. 

   Ochilish  marosimidan  so‘ng  tadbir  ishtirokchilari  va  mehmonlarga  media-markazning  barcha 

imkoniyatlari, eng ilg‘or texnologiyalar, uning faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. 

   O‘quv media-markazida xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini 

joriy  etish,  ta’lim  tizimida  eng  so‘nggi  zamonaviy  texnologiyalarni  qo‘llash,  shuningdek, 

talabalarga  amaliy  ko‘nikmalarni  rivojlantirishda  foydalaniladi.  Bu  orqali  zamonaviy  media 

makoniga yuqori tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni yetkazib berish maqsad qilingan. 

   4  sentabr  kuni,  Toshkentdagi  Xalqaro  savdo  markazida  ICTWEEK-2019  haftaligi  oldidan 

matbuot  anjumani  tashkil  etildi.  Unda  «O‘zbektelekom»  AK,  Huawei  kompaniyasi,  Axborot 

texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT texnoparki vakillari ishtirok 

etishdi. Mutasaddilar haftalik doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar, tanlovlar, xalqaro hamkorlik va 

boshqa  muhim  masalalar  haqida  ma'lumot  berishdi.  Jumladan,  5G  tarmog‘i  borasida 

«O‘zbektelekom» AK tijorat direktori v.b Alisher Zufarov kengroq axborot berdi. 



   Aholi imkoniyatini hisobga olib, keyin texnologiyani yaxshilashga e'tibor bersak, ancha orqada 

qolib  ketishimiz  mumkin.  14  sentyabrda  Toshkent  univermagida  test  rejimida  5G’ni  ishga 

tushirdik.  Keyin  «O‘zekspomarkaz»da  xuddi  shu  jarayon  o‘tkazildi.  U  yerda  5G  tarmog‘iga 

ulangan  smartfon,  kompyuterlar  namoyish  etildi.  Bu  tarmoqni  keng  foydalanuvchilarga  taqdim 

qilishdan  oldin  qiladigan  ishlarimiz  ko‘p.  Eng  avvalo,  malakali  kadrlarni  tayyorlash.  Keyingi 

bosqichlarda 5G’ni aholi gavjum hududlarga o‘rnatish mo‘ljallangan. Shuningdek, qancha qurilma 

sotib  olishimiz  kerakligi,    qancha  mablag‘  ketishi  masalalari  ham  bor»,  deydi  Zufarov.Uning 

ta'kidlashicha, O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini ishga tushirishga kamida bir yoki bir yarim yil vaqt 

ketadi. Ba'zan rejalar amaliyotdan farq qiladi. Ko‘rsatilgan muddat qisqarishi ham mumkin.  

   Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligining  Axborot  va 

ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani bo'lib o'tdi(4.11.19) 

   O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish 

vazirligi  2019  yil  4  noyabr  kuni  Axborot  va  ommaviy  kommunikatsiyalar  agentligida  matbuot 

anjumanini o‘tkazdi. 

   Matbuot  anjumanida  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vaziri 

o‘rinbosari Q.Yuldashev va “O‘zbektelekom” AK vakillari  ishtirok etdilar. 

   Matbuot  anjumani  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Axborot  texnologiyalari  va 

kommunikatsiyalari  sohasini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”  2018  yil  19 

fevraldagi PF-5349-son Farmoni ijrosiga bag‘ishlandi. 

   O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  "Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalari 

sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2018 yil 19-fevraldagi PF-5349-son 

Farmoni asosida Axborot texnologiyalari vazirligining asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor 

vazifalari belgilab berilgan. 

   Telekommunikatsiyalar  yo‘nalishida  operator  va  provayderlar  tomonidan  amalga  oshirilgan 

ishlar natijasida respublika bo‘yicha, 786,0 ming portli keng polosali texnologiyalarga asoslangan 

uskunalar o‘rnatilib, ularning jami sig‘imi 1,87 mln. portga yetkazildi, shundan 125 ming port (16 

foiz) 330 ta qishloq joylariga to‘g‘ri keldi.9 000 km optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy 

uzunligi 35,6 ming km.ga yetkazildi va buning natijasida 3 117 ta maktab, 1646 ta maktabgacha 

ta’lim  muassasalari,  962  ta  tibbiyot  muassasalari  optik  tolali  aloqa  liniyalari  bilan  qamrab 

olinishiga erishildi, shuningdek, 201 ta davlat xizmatlari markazlarining ob’ektlari, 544 ta sudlar 

ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulandi. 

   Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida mobil aloqa operatorlari tomonidan 1 605 ta 

baza  stansiyalari  o‘rnatilib,  tarmoq  modernizatsiya  qilindi,  shundan  132  tasi  “Obod  qishloq” 

dasturi doirasidagi hududlarga to‘g‘ri keladi.  Xo‘jalik yurituvchi subektlar, telekommunikatsiya 

tarmoqlari  operator  va  provayderlari  tomonidan  650  dan  ortiq  Wi-Fi  tarmog‘i  orqali  Internetga 

ulanish nuqtalari o‘rnatilib, ishga tushirildi. 

 



Shu bilan birga axborot texnologiyalarini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha respublikamizda milliy 

UZ domenida ro‘yxatdan o‘tgan faol domenlar soni 71 mingdan oshdi. 

   Respublikada  Dasturiy  mahsulotlar  ishlab  chiqishni  rivojlantirish  yo‘nalishida  ham  bir  qator 

ishlar amalga oshirildi, jumladan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 yanvardagi 17-son qarori 

bilan  Hindistonning  dasturiy  texnologiyalar  texnoparki  bilan  hamkorlikda  hind  ilg‘or  tajribasi 

asosida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil etildi. Joriy yil 

24  iyuldan  boshlab  Texnopark  faoliyati  yo‘lga  qo‘yilib,  hozirda  Texnoparkda  300  dan  ortiq 

rezident-korxona mutaxassislari faoliyat yuritmoqda. 

   Bugungi  kunda  pochta  aloqasini  rivojlantirish  bo‘yicha  bir  qator  ishlar  amalga  oshirilib, 

“O‘zbekiston  pochtasi”  AJ  tomonidan  pochta  aloqasini  yanada  rivojlantirish  maqsadida  10  ta 

yangi qo‘shimcha xizmat turlari joriy etildi. 

   Muhammad  al-Xorazmiy  nomidagi  Toshkent  axborot  texnologiyalari  universitetiga  xorijiy 

mamlakatlardan  16  ta  professor-o‘qituvchilar  jalb  qilindi  Bugungi  kunda  universitetda  28  ta 

doktorlik  ishi  himoyasi  o‘tkazildi.  Ushbu  universitet  tuzilmasida  O‘zbek-Belarus  qo‘shma 

fakulteti tashkil etilib, 2019/2020 o‘quv yilida qo‘shma fakultetga 505 ta talaba qabul qilindi.      

   Prezidentimizning  2019  yil  7  yanvardagi  PQ-4097-son  qarori  bilan  Toshkent  shahrida  Amiti 

universiteti  tashkil  etilib,  joriy  yil  24  sentyabrdan  boshlab  universitet  rasman  o‘z  faoliyatini 

boshladi. Hozirda 502 nafar talaba tahsil olmoqda. 

   Prezidentimiz  tomonlaridan  ilgari  surilgan  5  ta  muhim  tashabbusning  3-tashabbusi  doirasida 

Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil 

etishga  qaratilgan,  shuningdek  ularni  axborot  texnologiyalari  sohasida  tadbirkorlik  faoliyatiga 

keng jalb qilish maqsadida respublika bo‘yicha 18 ta IT-tadbirkorlik va raqamli texnologiyalar 

o‘quv markazlari tashkil etildi. 

   Matbuot  anjumani  so'ngida  savol-javoblar  bo'lib  o'tdi.  Telekommunikatsiya  tarmoqlarini 

rivojlantirish borasida "O‘zbektelekom" AK jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil 

javob berildi. 



Xulosa 

   Men  o’ylaymanki,  mamlakatimizda  axborot  texnologiyalarining  rivojlanishi  va  yuksalishi 

bundan keyin ham davom etadi. Keyingi o’sib kelayotgan yosh avlod mamlakatimiz berayotgan 

imkoniyatlardan  to’liq  foydalangan  holda,  bu  ishlarni  amalga  oshiradi..  Biz  hamma  ta’lim 

muassalarda,  instut,  universitetlarda  zamonaviy  axborot  texnologiyalarini  ko’rishimiz  mumkin. 

Yoshlarga eng katta imkoniyat chet elga borib o’qish imkoniyati berildi. Mana Rossiya, AQSH, 

Yaponiya, Angliya, Germaniya, Malaziya, Koreya xullas dunyoning ko’plab mamlakatlariga borib 

o’qib  ta’lim  olishlari  mumkin.  U  yerlarda  o’qib  sehrli  diyorimizga  qaytib,  yaxshi  malakali 

mutaxssis bolib yetishib, davlatimizga kerakli inson bo’lib yetishlari shart. Mamlakatimiz axborot 

texnologiya mutaxassislari chet ellik  IT-mutaxassislari bilan fikr almashib O’zbekistonga foyda 

keltirishlari  kerak.  Vatanimizda  axborot  texnologiyalarini  o’zimiz  ishlab  chiqarib, 

mamlakatimizda birinchi o’rinda shu ishlarni yo’lga qo’yishimiz lozim. 





Download 2,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish