Universiteti olmaliq filiali texnik tizimlarda axborot texnologiyalari


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Download 2,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana02.01.2022
Hajmi2,65 Mb.
#306746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mustaqil Ish Abdurasulov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV 

Toshkent sh., 

2018-yil 1-may, 

318-son 


Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son 

qaroriga 

1-ILOVA 

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 

vazirligi to‘g‘risida 



NIZOM 

1-bob. Umumiy qoidalar 

1.  Ushbu  Nizom  O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va 

kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligining  (keyingi  o‘rinlarda  Vazirlik  deb  ataladi) 

maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi. 

2. Vazirlik axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi davlat boshqaruv 

organi hisoblanadi. 

Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi. 

3.  Vazirlik  o‘z  faoliyatida  O‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasi

 va  qonunlariga, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalarining  qarorlariga,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlariga,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlariga,  shuningdek,  ushbu  Nizomga  va  boshqa  qonun 

hujjatlariga amal qiladi. 

4. Vazirlik: 

a) quyidagilar: 

axborotlashtirish,  elektron  hukumat,  elektron  tijorat,  elektron  raqamli  imzodan 

foydalanish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida

O‘zbekiston  Respublikasi  Telekommunikatsiyalar  tarmoqlarini  boshqarish  tizimini 

shakllantirish va uning samarali faoliyatini ta’minlovchi; 

O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  xorijiy  ommaviy  axborot  vositalarining  teleradio 

mahsulotlar tarqatilishi sohasida maxsus vakolatli organ; 

b) telekommunikatsiyalar sohasidagi litsenziyalovchi organ

v) Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining ishchi organi hisoblanadi hamda 

uning  faoliyatini  tashkiliy-texnik,  normativ-huquqiy  jihatdan  ta’minlash,  muvofiqlashtirish, 

materiallarni ishlab chiqish va tayyorlashga doir joriy tezkor ishlarni bajaradi; 

g) radiochastota organi hisoblanadi

d)  Xalqaro  elektraloqa  ittifoqida,  Butunjahon  pochta  ittifoqida  hamda  axborot 

texnologiyalari  va  kommunikatsiyalari  sohasidagi  boshqa  xalqaro  tashkilotlarda  O‘zbekiston 

Respublikasi manfaatlarini ifodalash vakolati berilgan organ hisoblanadi. 

5.  Vazirlikning  elektromagnit  moslashuv  va  radiochastota  spektri  monitoringini 

ta’minlash  bo‘yicha  radiochastota  organi  sifatidagi  funksiyasini  “Elektromagnit  moslashuv 

markazi” davlat unitar korxonasi bajaradi. 

6.  Vazirlikning  o‘z  vakolatlari  doirasida  qabul  qilingan  qarorlari  davlat  va  xo‘jalik 

boshqaruvi  organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari,  boshqa  tashkilotlar  va  ularning 

mansabdor  shaxslari,  shuningdek,  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan  bajarilishi  majburiy 

hisoblanadi. 

7.  Vazirlik  “O‘zbekiston  pochtasi”  aksiyadorlik  jamiyati  va  “O‘zbektelekom” 

aksiyadorlik  kompaniyasining  ustav  fondlaridagi  aksiyalar  davlat  paketlari  bo‘yicha  aksiyador 

huquqini amalga oshiradi. 

8.  Vazirlik  va  uning  tuzilmasiga  kiradigan  tashkilotlar  yuridik  shaxslar  hisoblanadi, 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr 

va  blankalarga,  mustaqil  balansga,  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  G‘aznachiligida 

shaxsiy  g‘azna  hisobvaraqlariga,  bank  hisobraqamlariga,  shu  jumladan  chet  valyutasidagi 

hisobraqamlariga ega. 

9. Vazirlikning rasmiy nomi: 

a) davlat tilida: 



to‘liq 

nomi 


— 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Axborot 


texnologiyalari 

va 


kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, qisqartmasi — Axborot texnologiyalari vazirligi

b) rus tilida: 

to‘liq  nomi  —  Ministerstvo  po  razvitiyu  informatsionnix  texnologiy  i  kommunikatsiy 

Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi — Mininfokom; 

v) ingliz tilida: 

to‘liq  nomi  —  Ministry  for  development  of  information  technologies  and 

communications of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi — MITC. 

10. Vazirlikning joylashgan joyi: Toshkent shahri, 100047, Amir Temur shoh ko‘chasi, 

4. 

 

 




Download 2,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish