Universiteti tabiiy fanlar kafedrasi



Download 23,75 Mb.
bet4/178
Sana31.05.2022
Hajmi23,75 Mb.
#622654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178
Bog'liq
УМК 2021-2022 лотинча

Xavfsizlik – bu ob’ektning shunday himoyasiki, bunda unga ta’sir etuvchi barcha moddalar oqimlari, enyergiyalari va informasiyalari maksimal ruxsat etiladigan miqdordan oshmaydi. Xavfsizlik – bu har bir faoliyat yurituvchi shaxsning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, hayot faoliyati xavfsizligi bo‘lsa, shu maqsadga erishish uchun qo‘llaniladigan vositalar, yo‘l-yo‘riqlar, qo‘llanmalar va usullardir.
Hayot faoliyati xavfsizligi o‘z tarkibiga insonning har qanday muhitdagi faoliyatida uning xavfsizligini, sog‘ligini ta’minlovchi, ishlab chiqarishdagi hamda favqulodda vaziyatlardagi xavfli va zararli omillardan uni himoya qiluvchi amaliy va nazariy bilimlar majmuini qamrab olgan.
Texnika va sanoatning yuqori taraqqiy etgan hozirgi davrida Hayot faoliyati xavfsizligining ahamiyati yana ham ortdi. Xavfsizlik masalalari yana ham keskinlashib ketdi, shuning uchun ham mehnat xavfsizligini chuqur o‘rganish, bilish, tashviqot qilish va odamlarni xavf–xatardan himoya qilish masalalari asosida tarbiya qilish kyerak.
Hayot faoliyati xavfsizligi – jamiyatimizning mustahkamlanishida, xalqning xavfsizlik faoliyati darajasini ko‘tarishda muhim ijtimoiy rol o‘ynaydi. Hayot faoliyati xavfsizligining integral ko‘rsatkichi hayotning davomiyligi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich mamlakat aholisining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi bilan baholanadi. Hozirgi vaqtda eng rivojlangan mamlakatlarda o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 77-78 yoshni, mamlakatimiz aholisining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi esa 74 yoshni tashkil qiladi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsad va vazifalari
Hayot faoliyati xavfsizligi fani – har bir odamga xavf soluvchi umumiy xavf-hatarlar va odamning turli hayot sharoitlarida ulardan himoyalanishning turli vositalarini o‘rganadi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani - inson va uning salomatligi uchun xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga qaratilgan texnikaviy, sanitar-gigienik va huquqiy tadbirlar majmuidir.
Bu fan xavfsizlikning maxsus muammolarini hal qilmaydi. Bu ilmiy-uslubiy fan bo‘lib, xavfsizlikning maxsus fanlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va asosiy vazifasi iqtisodiy masalalarni atrof-muhitni muhofaza qilish bilan chambarchas bog‘langan holda olib borishdir. Fanning vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Mehnat faoliyati xavfsizligi talabi bo‘yicha huquqiy savodxonlikka o‘rgatish.
2. Mehat faoliyati xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq byerish va yo‘riqnomalar tayyorlash.
3. Mehnat shartnomasi tushunchalari va unda mehnatni muhofaza qilish tamoyillarini o‘rganish.
4. Mutaxassisni ishlab chiqarish sharoiti bilan organizm faoliyatini o‘zaro ta’sir etish jarayonlarini o‘rganishni nazariy va amaliy tomondan tayyorlash.
5. Mehnat qonunchiligi, yoshlar va ayollar mehnati, jarohatlanish, baxtsiz hodisa sabablari va uni bartaraf qilish yo‘llari, kishi organizmiga yorug‘lik enyergiyasi, issiqlik, shovqin va tebranishlar ta’sirini o‘rganish.
6. Mehnat sharoitini, undagi ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, ularga baho byerish uslublarini egallash, ish sharoitini sog‘lomlashtirish tadbir-choralarni ishlab chiqish.
7. Mehnat faoliyati davrida ish qobiliyatini o‘rganish uslublarini egallash va ishlab chiqarish jarayonida charchashning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish.
8. Umumiy va kasb kasalliklari kelib chiqishining oldini olish hamda ishlab chiqarish unumdorligini oshirish maqsadida barcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
9. Mehnat faoliyati xavfsizligini o‘rganishda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy omillarning ahamiyatini o‘rgatish. Yaratuvchanlik va bunyodkorlikda mehnatni muhofaza qilishga doir xavfsizlik talablarini o‘rgatish.
10. Yong‘in va elektr xavfsizlik talablarini o‘rganish.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani mehnatni muhofaza qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi fanlari asosida tashkil qilingan.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani quyidagi masalalarni ko‘rib chiqadi:
1. Maishiy muhitdagi xavfsizlik
2. Ishlab chiqarishdagi xavfsizlik
3. Shaxar muhitidagi xavfsizlik
4. Atrof-muhitdagi xavfsizlik
5. Tinchlik va urush vaqtida favqulodda holatlardagi xavfsizlik

Download 23,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish