Ushbu fan neft konlarini samarali ishlash muammosining ayrim tarafini o‘rganuvchi ko‘plab fanlar bilan uzviy bog‘liq



Download 2,11 Mb.
bet8/12
Sana24.03.2023
Hajmi2,11 Mb.
#921383
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kurs ishi Aziz

Bir qatorli ishlash sistemasi.Bunday sistemada ishlatish quduqlarini joylashtirish sxemasiIII.6-rasmda keltirilgan. Ishlashni qatorli sistemalarini (ko‘rsatilgan to‘rtta asosiysidan tashqari) ayrim boshqa ko‘rsatkichlar bilan ta’riflash kerak. Masalan, haydovchi quduqlar 2Gh va oluvchi quduqlar 2Goqorasidagi masofadan tashqari bo‘lma yoki tasma kengligini Lt inobatga olish zarur.

Ishlatish quduqlari to‘ri zichligi SqudvaNkrko‘rsatkichi bir qatorli, uch qatorli va besh qatorli sistemalar uchun taxminan chegara tashqarisiga suv bostirishdagi kabi yoki kattaroq bo‘lishi mumkin. Qatorli sistemalar uchun ko‘rsatkichi chegara tashqarisiga suv bostirish sistemalariga nisbatan yaqqolroq ifodalangan. Ammo u ba’zi oraliqlarda o‘zgarishi mumkin. Masalan, ko‘rilayotgan bir qatorli sistema uchun Bu degani haydovchi quduqlar soni oluvchi quduqlar soniga (taxminan) teng, chunki qatorlardagi bu quduqlar soni va ular orasidagi masofalar (2Goqva2Gh) turlicha bo‘lishi mumkin. Suv bostirish qo‘llanilganda tasma kengligi 1-1,5 km ga teng, neft beraolishlikni oshirish usullari qo‘llanilganda esa kichikroq bo‘lishi mumkin.



III.6-rasm. Bir qatorli ishlash sistemasida ishlatish quduqlarini joylashishi:

1-neftlilikning shartli chegarasi;


2-haydovchi quduqlar; 3-oluvchi quduqlar

Bir qatorli sistemada oluvchi va haydovchi quduqlar soni taxminan tengligi sababli, bu sistema juda jadaldir. Qattiq suv tazyiqli rejimda oluvchi quduqlarning debiti haydovchi quduqlarga haydalayotgan omil sarfiga teng. Bu sistemani ta’sir bilan kattaroq qamrab olishni ta’minlash maqsadida kichik o‘tkazuvchanli va bir turli bo‘lmagan qatlamlarni ishlashda foydalaniladi. Konlarda qatlamlarni neft beraolishligini oshirishni yangi texnologiyalarini sinashda ham ushbu sistema keng qo‘llaniladi, chunki u tajriba ishlarining natijalarini tez olish imkoniyatini ta’minlaydi. Bir qatorli sistemada, hamma qatorli sistemalardagi kabi, qatorlardagi haydovchi va oluvchi quduqlar sonining turlicha bo‘lishi sababli, bir turli bo‘lmagan qatlamni ishlash bilan qamrab olinganligini oshirish maqsadida haydovchi quduqlarni turli qatlamchalarga ta’sir etish uchun foydalanish mumkin.

Quduqlar geometrik tartibli joylashgan hamma sistemalarda, ushbu sistemalarga xos bo‘lgan, elementar qismni (elementni) ajratish mumkin. Elementlarni qo‘shish natijasida to‘liq ishlash sistemasi hosil qilinadi.

Qatorli sistemalarda qatorlardagi haydovchi va oluvchi quduqlar soni turlicha bo‘lganligi sababli, ulardagi quduqlarni joylashishi shartli ravishda geometrik tartiblidir. Shuning uchun ajratilgan element ham shartlidir.

Bir qatorli ishlash sistemasi elementi III.7-rasmda keltirilgan. Ushbu chizmaning chap qismida ko‘rsatilgan quduqlarni shaxmatli joylashishiga haydovchi 1 va oluvchi quduq 3, o‘ng qismida ko‘rsatilgan “chiziqli” joylashishiga esa haydovchi 2 va oluvchi quduq 4 mos keladi. Ishlatish quduqlarini shaxmatli va chiziqli joylashtirish nafaqat bir qatorli balki ko‘p qatorli ishlash sistemalarida qo‘llanilishi mumkin.


Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish