Usmonaliyeva (jamoliddinova) gulruxsor imomiddin



Download 117,5 Kb.
bet1/7
Sana28.06.2022
Hajmi117,5 Kb.
#715682
  1   2   3   4   5   6   7

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM BAZIRLIGI


MUQIMIY NOMIDAGI QO`QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


MASOFAVIY TA`LIM KAFEDRASI


MAKTABGACHA TA`LIM YO`NALISHI


3-BOSQICH SIRTQI BO`LIM TALABASI


USMONALIYEVA (JAMOLIDDINOVA) GULRUXSOR IMOMIDDIN
QIZINING
BOLALAR NUTQINI O`STIRISH
FANIDAN

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA NUTQNI RIVOJLANTIRISHGA DOIR ISHLAR TIZIMI”


MAVZUSIDAGI


KURS ISHI
Ilmiy raxbar: K.K.Komilova
Qo`qon-2021
MUNDARIJA

KIRISH ……………………………………………………………….. 3


1-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH QONUNIYATLARI.
1-§. BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY
ASOSLARI. ……………………………………………………………………. 7
2-§. NUTQ О‘STIRISH BORASIDAGI DIDAKTIK TAMOYILLAR………………………………………………………….…….. 11
2-BOB. MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASASIDA NUTQINI RIVOJLANTIRISH VOSITALARI VA USULLARI
1-§. ILK YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH.……………………………………………………………. 16
2-§. ILK BOLAIIKDAGI NUTQ RIVOJLANISHINING IKKI
DAVRI. …………………………………………………………………………..20
XULOSA ………………………………………………………………… 23
ILOVALAR ………………………………………………………………..25
FOYDALANILGAN ADABIYTOTLAR RO`YXATI ………………..… 29
KIRISH
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz tizimning ilk bo‘g‘ini hisoblanadi va butun ta’lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bo‘lgan - barkamol avlodni tarbiyalashga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2015-2016-yillar davomida 459 ta maktabgacha ta’lim muassasalari mukammal ta’mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi. Shu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalami maktabgacha ta’limga qamrab olish ko'rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolami amaliy bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan “2017-2021 -yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Dastur asosida keng ko`lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
• bolalaming har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalami inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish; • maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlami inobatga olgan holda takomillashtirish;
• 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiytexnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 2.2 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlaming amalga oshirilishi natijasida quyidagilarga erishiladi:
• yuqori sifatli maktabgacha ta’limni ta’minlash, bolalarni sifatli maktabga tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga muqobil dasturlami joriy etishga;
• bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 6100 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etishga;
• 3-6 yoshdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan bolalarni, ulaming ota-onalarini metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash orqali maktab ta’limiga tayyorlashni tashkil etishga;
• maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog4ini 50 ta yangi qurilish hamda mavjud muassasalaming 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali kengaytirishga;
• qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida otaonalar badal to‘lovini 30 foizgacha kamaytirishga; bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 1,5 barobarga oshirishga. Dastuming samarali amalga oshirilishi unda ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlar ijrosining borishini tizimli monitoring qilib borish orqali davlat organlarining doimiy nazoratida bo‘ladi. Bu qaror maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi»da ko‘rsatib o‘tilganidek, maktabgacha ta’lim bu ko‘p tomonlamali, maqsadga yo‘naltirilgan, bolani ta’limning keyingi bosqichi - maktab ta’limiga tayyorlovchi, jismoniy, ruhiy, individual va yoshga doir rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim va tarbiya jarayonidir.
Olimlar nutqqacha bo‘lgan bosqich muhim rol o‘ynashini tushunib yetib, uni batafsil tahlil qilmoqdalar. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon nutqi tadqiqotchilari Ye.I.Tixeyeva, Ye.A.Flerina, A.M.Leushina, L.A.Penyevskaya va boshqalar bolalaming og‘zaki nutqi va hikoya qilishni o‘zlashtirishining o‘ziga xos xususiyatlari, dialogik va monologik nutqning o‘zaro bog‘liqligini ehuqur tushunish asosiga quriladigan ravon nutqni o‘qitish tizimiga asos solishgan. Ular tomonidan bolalar hikoyalari tasniflab chiqilgan bo‘lib, uning asosini fikr bildirish manbasi: predmetlami tavsiflash, adabiy matnlarni hikoya qilib berish, suratga qarab hikoya qilish, shaxsiy va jamoa tajribasidan misol keltirish, ijodiy hikoya qilishlar tashkil etadi. Bolalar nutqining grammatik tuzilishi sohasidagi tadqiqotlar bolalarda nutqning morfologik va sintaktik tomonlarini shakllantirish (F.A.Soxin, M.I.Popova, A.V.Zaxarova, V.I.Yadeshko, A.G.Tambovseva va boshq.), ona tilining so‘z hosil qilish tizimi xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, bolalar nutqining grammatik tuzilishini takomillashtirishga oid pedagogik ishda nafaqat odatdagi grammatik xatoliklami o‘rganish va tuzatishga, balki birinchi navbatda grammatik umumlashmalarni shakllantirishga e’tibomi qaratish zarurligini isbotlash imkonini berdi. Bolalar tomonidan tilning tovush tizimini o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda (G.M.Lyamina, Ye.LRadina, G.A.Tumakova, A.I.Maksakov, M.LGening, N.A.German va boshq.) 0‘rganish predmeti sifatida xizmat qildi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy faollikni shakllantirish masalalarini nutqiy faoliyat nazariyasi asosida tadqiq etish maktabgacha ta’limning nazariyasi hamda amaliyoti uchun dolzarb va ahamiyatli hisoblanadi. Nazariy va amaliy ishlar shundan dalolat bermoqdaki, nutqiy faoliyat motivatsiyasini boyitish bolalar nutqini rivojlantirish borasidagi ishlaming samaradorligini oshiradi (F.A.Soxin, YE.M.Strunina, A.M.Borodich, M.R.Lvov va boshq.). Nutq yaxlit faoliyat va nonutqiy harakatga qo‘shilgan nutqiy harakat kabi til orqali bog‘langan tarixan shakllangan muloqot shakli sifatida ko‘rib chiqiladi (L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, A.A.Leontev, l.A.Zimnyaya). Modelda fahmlab yetilgan axborotni nutq yordamida uzatish, ya’ni nutqiy semantika muammosi; bunda grammatik qoi13 dalardan foydalanish, ya’ni tilni ishga solish; akustik kanalni ishga tushirish imkoniyati; nutqdan muloqot va ijtimoiy aloqa vositasi sifatida foydalanish; ushbu barcha hodisalarni miya harakatiga muvofiq holda tavsiflash kabi hodisalar o‘z izohini topishi lozim. Nutqiy rivojlanish jarayonini A.N.Leontev quyidagicha tavsiflaydi: Nutqni «rivojlantirish jarayoni bola lug‘atining va so‘zlaming assotsiatsiya asosida bogianishining ortishida ifodalanadigan miqdoriy o‘zgarishlar jarayoni emas, balki sifat jihatidan o‘zgarish jarayonidir, zero, u fikrlash va ong rivojlanishi bilan ichki bog‘langan holda so‘zning barcha funksiyalari, tomonlari va aloqalarini qamrab oladigan haqiqiy rivojlanish jarayonidir». XIX asming o‘rtalaridan boshlab, nutq ontogenezi olimlami qiziqtirib qoldi. K.D.Ushinskiy bolalarni ona tilida o‘qitishning zarurligini asoslab, bolalarga ona tilini dastlabki o‘qitish metodikasini ishlab chiqar ekan, bolalar tilni o‘zlashtirishlarining til bilan tafakkuming o‘zaro munosabatlarini falsafiy jihatdan chuqur anglash, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘qitishga asoslangan xususiyatlari va qonuniyatlari borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Rossiya fanida nutq ontogenezi borasidagi tadqiqotlar L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy nazariyasiga va A.N.Leontevning faoliyat nazariyasiga tayangan holda amalga oshirilgan. Natijada bolalar nutqining paydo bo‘lishi va rivojlanishi ulaming atrofdagi odamlar bilan muloqot jarayonlarida ro‘y beradi, degan qarashlar tizimi shakllandi. Bunda bola kattalarning nutq namunalarini sust ravishda qabul qilib olmaydi, balki u nutqni umuminsoniy tajribaning bir qismi sifatida faol o‘zlashtiradi.
«Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi»da maktabgacha ta’lim masalasi alohida yoritib o‘tilgan. Shunday qilib, yuqoridagilardan kelib chiqib, tadqiqotning dolzarbligi:
- maktabgacha ta`lim tizimini takomillashtirishning asosiy yo`nalishlaridan biri “Bolalarni nutqini o’stirishda tarbiyachining asosiy faoliyt turlari” asosida bolalar nutqini o`stirish, bolalarni bilimga undash faollikka chaqirish, tarbiyachi faoliyatini samaradorligini oshirish
Tadqiqotning muammosi: maktabgacha ta`lim tashkilotlarida “Bolalarni nutqini o’stirishda tarbiyachining asosiy faoliyat turlari” orqali mashg`ulotlar asosida o`rganilmagan muammolarni jarayonga tadbiq etish
Tadqiqotning obyekti: maktabgacha ta`lim tashkiloti va bolalar
Tadqiqotning predmeti: maktabgacha ta`lim tashkilotlaridan bolalarni har tomonlama tarbiyalashda “Bolalarni nutqini o’stirishda tarbiyachining asosiy faoliyat turlari” ning turli shakllari, funksiyalarini ta`lim-tarbiya jarayyonlariga nadbiq etish
Tadqiqotning maqsad-vazifalari:
- maktabgacha ta`lim tashkilotlarida “Bolalarni nutqini o’stirishda tarbiyachining asosiy faoliyat turlari” ni tashkil etishning o`ziga xos va muhim tomonlarini o`rganish
- “Bolalarni nutqini o’stirishda tarbiyachining asosiy faoliyat turlari” mavzusi orqali maktabgacha ta`limda bo`lajak tarbiyachining bu boradagi ilmiy va uslubiy ta`minlanganligini, uni tayyorgarligini oshirishdan iborat.
Tadqiqotning gipotezasi: “Bolalarni nutqini o’stirishda tarbiyachining asosiy faoliyt turlari” asosida tadqiqot maqsadiga erishish uchun ta`limni interfaol, innovatsion texnologiyalaridan foydalanishning samarali yo`llarini belgilashimiz mumkin.



Download 117,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish