Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti norkobilov akram mallayevich


III BOB. ELEKTRON HUKUMAT TIZIMI INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARIDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH CHORA-TADBIRLARI TAHLILI



Download 6,64 Mb.
bet21/25
Sana21.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#834187
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Norkobilov Akram - DISSERTATSIYA (2)

III BOB. ELEKTRON HUKUMAT TIZIMI INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARIDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH CHORA-TADBIRLARI TAHLILI.


3.1. Elektron hukumat portalida aholi bandligini ta’minlash bosqichlarini amalga oshirish.

Yuqorida ta’kidlanganidek, elektron hukumat portalida aholini mehnat bilan ta’minlash jarayonlari protsedurasini amalga oshirish davomiy jarayondir. Elektron hukumat portali uchun avvalambor bu jarayonning ishlash strukturasini ishlab chiqamiz va bu strukturaning rivojlantirish jarayonlarini bosqichma-bosqich amalga oshiramiz. Elektron hukumat bir nechta ketma-ket bo’lmagan bosqichlar to’plami hisoblanib, oshib borayotgan imkoniyatlar darajasi, bilimlar va infratuzilmaga asoslangan. Ommaga ma’lum modellar Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Jahon Banki tomonidan ishlab chiqilgan. Ular elektron hukumatni tadrijiy jarayon sifatida ko’rishadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tadqiqotiga ko’ra elektron hukumat o’sishini aniqlashda beshta bosqich mavjud. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, elektron hukumatni amalga oshirish bosqichlari hukumatning tayyorgarlik darajasi bo’lib, asosan aniq maqsad va rasmiy veb-saytlar orqali ta’minlanadigan onlayn xizmatlarga asoslanadi.



  1. Paydo bo’lish: Internetda bir nechta mustaqil bo’lgan rasmiy veb-saytlar tashkil etiladi. Axborotlarning cheklanganligi va asosan statik saytlardir.

  2. Kengaytirilgan: Davlat organlari veb-saytlarida ma’lumotlar hajmining oshishi, axborotlar ko’proq dinamik holatda o’zgaradi.

  3. Interaktiv: Foydalanuvchilar shakllarni yuklab olishi, interaktiv xizmatlardan foydalanishi mumkin.

  4. Tranzaktsiyalashgan: Foydalanuvchilar xizmatlar uchun onlayn tarzda to’lov va moliyaviy tranzaktsiyalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi.

  5. Yagona: Davlat organlari axborot tizimlarining to’liq integratsiyasi.

Jahon Banki elektron hukumatni amalga oshirish jarayoni uchta bosqichga bo’ladi. Bu bosqichlar bir-biriga mutlaqo bog’liq emas, ya’ni, bir bosqich tugallanmasdan ikkinchi bosqichni boshlash mumkin.

  1. Nashr etish: Iloji boricha ko’proq ommaga hukumat haqida axborotni va tarqatish. Davlat portallari elektron hukumatning asosiy xizmatchisi vazifasini o’taydi.

  2. Interaktiv: Interaktiv elektron hukumat ikki tomonlama aloqani o’z ichiga oladi, misol qilib hukumat ishchilari uchun e-mail kontakt kabi boshlang’ich funktsiyalarni yoki siyosiy va qonuniy takliflarga doir foydalanuvchilarning fikr bildirishi uchun sharoit yaratib berish hisoblanadi.

  3. Tranzaktsiya: fuqarolar hukumat interakiv xizmatlaridan foydalanishi hamda onlayn to’lovlar va elektron hisobotlarni jo’natishi mumkin.

Elektron xizmatlar


Elektron davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari koʼrsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 728-son qaroriga asosan “Oʼzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʼgʼrisida nizom” tasdiqlangan va ushbu Nizomga asosan Yagona portalning ishlash faoliyati tartibga solingan.
Elektron hukumat toʼgʼrisidagi qonunga muvofiq, elektron davlat xizmati - axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qoʼllanilgan holda koʼrsatiladigan davlat xizmati.
Elektron xizmatlar jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat tashkilotlariga koʼrsatiladi.
Elektron davlat xizmatlari 3 turga boʼlinadi bular:
1. Аxborot turdagi xizmatlar
2. Interaktiv xizmatlar
3. Tranzaktsion xizmatlar.
Аxborot turidagi xizmati bu xizmat boʼyicha maʼlumot boʼlib unda qayerda kim tomonidan qaysi manzilda kabi maʼlumotlar beriladigan xizmatlardir. Interaktiv xizmatlar ariza yuborish va natijasini olish uchun kerakli tashkilotga borish orqali olinadigan xizmatlar yani ariza berasiz xizmat koʼrsatuvchi tomondan inson omili ishtirokida qabul qilib koʼrib chiqiladigan xizmatlar xisoblanadi. Tranzaktsion xizmatlarga ariza berish va oxirgi natijagacha onlayn tarzda axborot tizimlari ishtirokida olinadigan xizmatlar kiradi.
2021 yil 14 aprel holatiga Yagona portal orqali 210 ta davlat xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Birgina, 2020 yilda Yagona portalda jami 50 dan ortiq xizmatlar joriy etildi va takomillashtirildi. 2021 yilda Yagona portalda talabgorligi yuqori boʼlgan 60 ta elektron davlat xizmatlarini joriy etish hisobiga Yagona portaldagi davlat xizmatlari sonini 300 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Elektron davlat xizmatlari sohasidagi oʼzgarish va yangiliklarni muntazam aholiga yetkazish maqsadida
Shuningdek, Yagona portal orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida vujudga kelgan savollar hamda takliflarga javob berish, texnik nosozliklarni bartaraf etish maqsadida qayta aloqa tizimi, xususan, 1242 qisqa telefon raqami, telegram bot (@myGovUzSupportBot) faoliyati yoʼlga qoʼyilgan.
Davlat xizmatlari markazlari uchun maxsus modulda 148 ta davlat xizmatlari mavjud boʼlsa, pochta boʼlimlari uchun “Yagona agent kabineti”da 17 ta davlat xizmatlari mavjud.



Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish