Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti norkobilov akram mallayevich



Download 6,64 Mb.
bet24/25
Sana21.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#834187
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Norkobilov Akram - DISSERTATSIYA (2)

\

3-bob bo’yicha xulosalar


XULOSA

Xulosa sifatida ta’kidlash lozimki, Elektron hukumat imkoniyatlarini amalga oshirish maqsadida ko’pgina davlatlar o’zlarining elektron xukumatni rivojlantirish siyosiy rejalariga kiritishmoqda. Jumladan, aholining mehnat bilan ta’minlanmagan ishsiz qatlamini ko’rib chiqish va tegishli qaror va qonunlar asosida AKTdan foydalanish orqali davlat ishlari samaradorligini oshirishga berildi. Shu bilan birga, elektron xukumat xizmatlariga davlat tomonidan cheklangan investitsiyalar ta’siri natijasida, 2000 yilning o’rtalarida fuqaroga yo’naltirilgan yondashuv tomon natijalar o’zgardi. Ushbu yondashuv natijasida xukumat xizmatlarini etkazib berish jarayonida fuqarolarning davlat xizmatlariga turli extiyojlarining mosligini ta’minlash birinchi o’ringa qo’yilganligi orqali sezilarli o’zgarishlarga sababchi bo’ldi. Bugungi kunda elektron hukumat nafaqat davlat sektori vazifalarini va jarayonlarini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash uchun bir muhim vosita, balki hukumatni o’zgartirishga va xizmat ishlab chiqish va etkazib berish uchun yangi yondashuvlarni yaratishda asosiy hisoblanadi.


Umuman olganda, onlayn xizmatlarning ko’payishi, ushbu xizmatlardan yanada kengroq foydalanish, o’z navbatida elektron hukumat tizimining ta’siri katta ekanligidan dalolat beradi. Shunday qilib, elektron hukumat, hukumat shaffofligi va ichki samaradorlikka ta’sir etib barqaror ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eelektron fuqarolar va elektron biznes ishtirokchilarining muhim ommasi mavjud bo’lishligini talab qiladi. Elektron hukumat xizmatlari foydalanuvchilarining muhim ommasining ko’payishi, ana’naviy xizmat ko’rsatish usulidan voz kechib, elektron hukumat xizmati ko’rsatish usuliga o’tib ketishlari talab etiladi va bu jarayon osonlik bilan amalga oshmaydi. Jahon banki elektron fuqarolar va elektron biznes ishtirokchilariga onlayn xizmatlarni ko’paytirish xamda ulardan foydalanish muhimligi xaqidagi izlanishlarni olib bordi va quyidagini aniqladi: 5-10 yil oldin birinchi marotaba elektron hukumatni joriy etgan ko’pgina davlatlar shunday xulosaga keldilarki jamoaga, elektron hukumat tizimi ushbu sohaga davlat tomonidan taklif etilayotgan sarmoyalar yordamida davlat xizmatlarini Internet tizimida onlayn ko’rinishda taqdim etishiga qaramasdan xizmatlaridan foydalanish darajasi pastligicha qolayotganligini ta’kidladilar.
Elektron hukumat tizimini joriy etish, ishlatishda qachonki ko’pchilik aholining talablari va ular tomonidan qo’llab-quvvatlanishi imkoniyatlari bo’lsagina tizim muvafaqiyatga erishadi. Aholi talablarining bir qismi aholining ushbu tizim haqidagi bilimlarining etarli bo’lganligi, uning imkoniyatlari xamda davlat xizmatlarini tezda va yahshi xizmat ko’rsatish orqali amalga oshiriladi. Fuqaro va tadbirkorlar e-hukumati tizmatlaridan foydalanishda qiziqishlari yoki motivatsiyalari, aktual, oson olish mumkin bo’lgan raqamli kontent xizmatlarini taqdim etishlari lozim.
Bulardan tashqari davlat jamoaga elektron ko’rinishdagi xizmatlarga bo’lgan ishonchni oshirishini ma’lumotlarni ximoyalash va uning konfidentsialligini ta’minlashini nazarda tutishi kerak.
Xususan, quyidagi elektron hukumat xizmatlaridan foydalanish talablari va qo’llab quvvatlash darajasini oshirishda quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim:

  • Ko’p kanalli yagona oyna umumiy xizmatlarni etkazib berish infratuzilmasini, avtonom ravishda jamoaga xizmat ko’rsatish markazi va joylari, jumladan telemarkazlar, chaqiruvlarni qayta ishlash markazlari, veb va mobil portallarini ishlab chiqish;

  • AKT ishtirok etgan operatsiyalarni va raqamli muhitdagi barcha o’zaro munosabatlarga jamoa tomonidan ishonch bildiradigan choralarni amalga oshirish;

  • Belgilangan talablarni qoniqtiradigan, qulay kontent va xizmatlar, shu jumladan “ilovalar ishlashini tugatuvchi” deb ataluvchi dasturlarni ishlab chiqaruvchilarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish;

  • Elektron xizmatlarning va imkoniyatlarini kengaytirish va takomillashtirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish.

Fikrimizcha, mamlakatimizda ish o‘rinlarini tashkil etish sohasidagi davlat siyosati ishsizlikni qisqartirish va aholining ijtimoiy zarur mehnat bilan bandligini ko‘paytirish bo‘yicha xorijiy davlatlar singari aniq usullar asosida ishlab chiqilishi kerak.
Buning uchun quyidagi tadbirlarni e’tiborga olish zarur deb o‘ylaymiz:
- davlat tomonidan iqtisodiyotga kiritilayotgan investitsiyalarni rag‘batlantirish, bu esa yangi ish joylarini yaratishning asosiy sharti hisoblanadi;
- yangi ish joylari tashkil etilganda tadbirkorlarga va kichik biznes korxonalariga soliq imtiyozlari berish;
- o‘z-o‘zini ijtimoiy zarur mehnat bilan band qilishni rag‘batlantirish;
- kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikda investitsion faollikni rag‘batlantirish asosida shart-sharoitlar yaratish, bu ko‘plab mamlakatlarda aholi bandligini ta’minlashning muhim uslubi sifatida o‘rganilmoqda;
- tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq ishsiz qolgan yoki ishidan ajralib qolish xavf solayotgan shaxslarning ish izlashlarini faollashtirish maqsadida kasbga o‘qitish, qayta tayyorlash va ularga axborot-konsalting xizmatlarini ko‘rsatish;
- mehnat bozorida vositachilik qilayotgan mehnat birjalari va bandlik xizmatlarini rivojlantirish, friksion ishsizlik va tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq ishsizlikni pasaytirish maqsadida vakant ish joylari to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish, tahlil qilish va ularga tezkor murojaatini ta’minlash (axborot-maslahat markazlari;
- aholining alohida guruhlari - yoshlar, nogironlar, ishlash qobiliyati chegaralangan insonlar uchun ish joyi sharoitlarini yaratish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashlari uchun ish beruvchilarga kompensatsiyalar ajratish;
- kompetentlik va mehnatga ijodiy munosabat uchun moddiy rag‘batlantiradigan ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaratish;
- zarurat tug‘ilganda oilalarga ishchi kuchi zich bo‘lgan hududlardan vakant joylar bo‘lgan xududlarga ko‘chib o‘tishida subsidiya va kreditlar berish yo‘li bilan ko‘maklashish;
- bandlik muammolarini hal qilishda xalqaro hamkorlik, xalqaro mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq masalalarni hal qilish;
- davlat sektorida – ta’lim, tibbiy xizmatlar, kommunal xo‘jaligi, jamoatchilik binolari va inshootlarini qurish sohalarida ishchi o‘rinlarini yaratish; - maqsadli jamoat ishlarini tashkil qilish va hokazo.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida aholi ish bilan bandligini oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlari bo‘yicha xorijiy amaliyotlar tajribasini ilmiy tadqiq va tahlil etish mazkur davlatlar tajribasining ilg‘or, respublikamiz uchun qulay bo‘lgan jihatlaridan foydalangan holda, aholi ish bilan bandlik darajasini oshirishning samarali, istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash va amaliyotda qo‘llash imkonini beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelejagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz.2017 yil.

  2. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va halq farovonligining garovi. 2017 yil.

  3. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini barpo etamiz. 2017 yil.

  4. Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib - intizom va shahsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatinig kundalik qoidasi bo'lishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag’ishlangan majlisidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Halq so'zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, № 11.

  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF - 4947-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6- son.

  6. «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasining qonuni, 11.12.2003 y.

  7. «Elektron hukumat to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasining qonuni, 29.04.2004 y.

  8. «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 16.12.2005 y.

  9. The Linkage between ICT Applications and Meaningful Development. Usha Rani Vyasulu Reddi. UN-APCICT/ESCAP 2011. Module 1. (Second Edition).

  10. ICT for Development Policy, Process and Governance. Emmanuel C.Lallana. UN-APCICT/ESCAP 2011. Module 2. (Second Edition).

  11. e-Government Applications: Nag Yeon Lee and Kwangsok Oh. UN- APCICT/ESCAP 2011. Module 3. (Second Edition).

  12. ICT Trends for Government Leaders. Rajnesh D. Singh. UN-APCICT/ESCAP 2011. Module 4. (Second Edition).

  13. Internet Governance. Ang Peng Hwa. UN-APCICT/ESCAP 2011. Module 5. (Second Edition).

  14. Information Security and Privacy. Korea Internet & Security Agency. UN- APCICT/ESCAP 2011. Module 6. (Second Edition).

  15. ICT Project Management in Theory and Practice. Maria Juanita R. Macapagal and John J. Macasio. UN-APCICT/ESCAP 2011. Module 7. (Second Edition).

  16. 12.Options for Funding ICT for Development. Richard Labelle. UN-APCICT/ESCAP 2011. Module 8. (Second Edition).

  17. Social Media for Development. UN-APCICT/ESCAP 2011. Module (Second Edition).

  18. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori “ Ishga joylashtirishga muhtoj aholi sonini aniqlash, shu jumladan, uy xo‘jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish, shuningdek, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish metodikasini takomillashtirish to‘g’risida” Toshkent sh., 2017- yil 22- dekabr, 1011- son

  19. “Ozbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini

  20. tashkil etish chora- tadbirlari to‘g’risida 2017- yil 24- maydagi PQ- 3001- son qarori.

  21. “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Mehnat resurslari hisobot balansini hisoblash bo‘yicha uslubiy Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2018 yil 4 maydagi 13- sonli qarori.

  22. O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘risida”gi qonuni.

  23. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi.

  24. Breyev B.D. Bezrabotitsa v sovremennoy Rossii. – M.: Nauka, 2005. – 272 s.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish