Vii bob. Menejmentning tashkiliy tuzilishi



Download 186,46 Kb.
bet13/15
Sana21.04.2022
Hajmi186,46 Kb.
#570709
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
7-mavzu

Vakolatlarni uzatish deganda rahbar tomonidan biror-bir kishiga vakolat va javobgarlikning yuklatilishi tushuniladi. Agar rahbar qancha ustalik yoki mahorat bilan vakolatni taqsimlasa, shunchalik u yaxshi ishlaydi deyish mumkin.
Vakolatlarni uzatish bu:

  • muammoni maqsadli vazifa ko‘rinishiga aylantirib va uni hal etishni xodimlarga topshirish;

  • qo‘yilgan vazifani hal etishda faqatgina yetarli darajada malaka va bilimga ega bo'lgan xodimlarga vakolatni berish;

  • vazifalardan kelib chiqqan holda xodimning majburiyatlarini aniqlash;

  • xodimlaming ishini tizimli nazorat qilib borish.

Boshqaruv vakolatlarini uzatish zaruriyati:

  1. Ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi.

  2. Yakka boshqaruv imkoniyatining yo‘qligi.

  3. Boshqaruv vakolatlarini tarkibiy qismlarga ajratish zarurligi.

  4. Yuqoridan pastga qarab qo‘l ostidagilarga vakolatlarni taqsimlash. Vakolatlarni uzatish hisobiga rahbar, bir tomondan joriy kichik vazifalardan va ikkinchi darajali ishlardan o‘zini ozod etsa, ikkinchi tomondan qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash joyini yaqinlashtiradi.

Boshqarishning biror bo‘g‘iniga topshiriladigan vakolat miqyosi echiladigan muammolaming murakkabligiga, muhimiigiga, turli-tumanligi kabi omillarga bog‘liq. Shu jihatlar qanchalikmavjud bo‘lsa, shunchalik vakolat miqyosi va ko'lami kengayadi.
Vakolatlami uzatishdan qat’iy nazar, rahbar vazifaning bajarilishiga va sifatiga mas’ul hisoblanadi. Vakolatlami topshirib qo'yish imkoniyati qo‘l ostidagi kishilarning qobiliyati, salohiyati, tayyorgarlik darajasi va tarkibiga bog‘liq. Masalan, xodimlar qanchalik malakali va mustaqil bo‘lsa, ularga vakolatlami topshirib qo‘yish shunchalik oson bo‘ladi.
Kommunikatsiya, aloqa vositalarining rivojlanganlik darajasi ham vakolat miqyosiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar bu soha rivojlangan bo‘lsa, rahbar vakolat topshirmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori rahbariyatdan topshiriq olishi va quyi rahbarlarga topshiriq berishi mumkin.
Vakolatlami topshirib qo‘yishda rahbar uchun eng muhim vakolatlar topshirib qo‘yilgan qo‘l ostidagi xodimning ana shu vakolatlar doirasidagi xatti-harakati uchun ham, chora ko‘rish lozim bo‘lgan vaziyatda hech nima qilmaslik uchun ham javobgarligini belgilab qo‘yish muammosidir.
Rahbar o‘zi tanlagan ijrochi uchun to‘la-to‘kis javob beradi, bu esa albatta, ijrochining shaxsiy mas’uliyatini soqit qilmaydi. Vakolatlami topshirib qo‘yish tufayli rahbar ishining ancha katta hajmini bajarish mumkin hamda istiqbolli va eng asosiy masalalarga diqqat-e’tiborni jalb etish imkoniyati vujudga keladi. Ayni chog‘da u umumiy rahbarlik va umumiy nazoratni o‘z ho‘lida saqlab qoladi. Shu nuqtai nazardan vakolatlar bo‘laklangan va qobiqlangan usullarda taqsimlanadi (7.10-chizma).
Vakolatlami uzatish samaradorligi ikki omildan bog'Iiq: birin- chidan, rahbaming o‘z vakolatini tarqata olishi va xohishi, ikkinchi tomondan, xodimlami javobgarlikni olishi va xohishidan iborat.
Shuni ta’kidlash kerakki, rahbarlar har doim ham vakolat berishni xush ko‘rmaydilar. Amerikalik olim Uilyam Nyumen buning beshta sababini ko‘rsatdi:





Download 186,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish