15-mavzu. Xizmatlar sohasi


Xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish siyosati



Download 34,74 Kb.
bet5/7
Sana24.04.2023
Hajmi34,74 Kb.
#931409
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15-мавзу.Маъруза 1

15.3. Xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish siyosati
Barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashda xizmatlar sohasining ahamiyati yuqori baholanadi. Shu sababli xiznmatlar sohasida iqtisodiy o'sishning muhim shart-sharoitlari yaxshilanayapti va omillaridan samarali foydalanishga harakat qilinmoqda.
Mustaqillik yillarida xizmatlar sohasining rivojlanishiga davlat tomonidan ustuvor ahamiyat berib kelindi. Soha korxona va muassasalari keng miqyosda xususiylashtirildi, bozor islohotlari amalga oshirildi, bu sohada raqobat munosabatlarining rivojlanishi rag'batlantirildi. Natijada ilg'or va zamonaviy xizmat turlari ko'paydi.Xizmatlar sohasining tashkiliy-institutsional, tashkiliy-huquqiy asoslari takomillashtirilmoqda. Qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlar qabul qilinmoqda, kompleks dasturlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Xususan, 1999-yilda «Turizm to'g'risida»gi Qonunning qabul qilinishi va sohada islohotlar chuqurlashishi bilan turistik xizmatlar sohasi jadal rivojlana boshladi. Ayniqsa, mehmonxona biznesi yuqori sur'atlarda rivojlanmogda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 28-avgustdagi «Lizing faoliyatini rivojlantirishni yanada rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarori bilan lizing xizmatlari sohasini taraqqiy ettirish jadallashdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-aprel va 2007-yil 21-maydagi qarorlari bilan «2006-2010-yillarda xizmatlar sohasi va servisni rivojlantirish dasturi» qabul qilindi. Dasturni bajarish jarayonida xizmatlar sifati oshdi va tarkibiy tuzilishi o'zgardi. Internet, videotelefoniya, raqamli televideniye, zamonaviy bank xizmatlari, lizing, sug'urta, audit, injiniring kabi xizmat turlari ommalashdi.
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-may-da 2012-2016-yillarda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to'g'risida»gi Qarori, 2013-yil 17-aprelda «2013-2016-yillarda qishloq joylarda xizmat ko'rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi Qarori qabul qilindi. Bu qarorlarda qishloq joylarda xizmat ko'rsatish va servis sohasini jadal va muvozanatlashgan tarzda rivojlantirish, qishloq aholisining zamonaviy yuqori texnologik va bozor xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, buning asosida yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlari oshirilishini ta'minlash vazifalari belgilandi.
2013-2016-yillarda 0'zbekiston Respublikasining qishlog’ joylarida xizmat ko'rsatish va servis sohasini yanada jadal rivojlantirish dasturi, shuningdek, shu yillarda qishloq joylarda xizmat ko'rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirishning asosiy xizmat turlari va hududlar bo'yicha maqsadli parametrlari tasdiqlangan. 2013-2016-yillarda qishloq joylarda xizmat ko'rsatish va servis sohasini yanada rivojlantirish va o'sish ko'lamini kengaytirish bo'yicha chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilmoqda.
2013-yilda 2013-2020-yillarda O'zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi qabul qilindi. Ushbu dastur doirasida 2014-yilda O'zbekistonda barcha avtomat telefon stansiyalari raqamli tizimga o'tkazildi. Natijada xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi sezilarli darajada oshdi.
O'zbekistonning chekka hududlarida yashayotgan aholining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanish imkoniyati kengayib bormoqda. Jumladan, 2016-yilda Qo'ng'irot, Boysun, Uzun, Mo'ynoq kabi chekka tumanlarda 2 ming kilometrdan ziyod optik tolali aloqa tarmoqlari barpo etildi.Kommunikatsiya sohasidagi korxonalarga texnik xizmat ko'rsatish, kompyuter va abonent terminallarini ta'mirlash, interaktiv televideniye, videotelefoniya, pochta aloqa obyektlaridagi kompyuter texnikasi, mobil telefonlarni ta'mirlash, PAYNET» tizimi orqali mobil operatorlar xízmatlarí uchun to'lovlarni qabul qilish, elektron pul o'tkazmalarí xizmatlarí jadal rivojlantirilmoqda.
Xizmatlar sohasini rivojlantirishda soliq imtíyozlarí joriy etildi. Lizing, sug'urta, auditorlik xizmatlari, buxgalteriya hisobini yuritish, mikrokreditlash, soliq konsultatsiyalari bo'yicha xizmat ko'rsatuvchi mikrofirma va kichik korxonalar yagona soliq to'lovidan ozod etilgan.
Soliq imtiyozlari teri mahsulotlari va poyabzallarni ta’mirlash, soatlarni ta'mirlash, maishiy elektron va elektr uskunalarini ta'mirlash bo'yicha xizmat ko'rsatuvchi mikrofirma va kichik korxonalarga ham joriy etilgan.
Bugungi kunda sanatoriyalar, bolalar sog'lig'ini tíklashmuassasalari, bolalarning sport muassasalarí va seksiyalari,shuningdek, bolalar, keksalar va nogironuchun ijtimoiy xiz-matlar, va axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari, elektron ta'lim kabi xizmatlar ham soliq imtiyozlariga ega.

Download 34,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish