Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyottin anjumanda.
(Atoiy)
Nastaran yuvib yuzni, yosumon tuzib o’zni,
Nargis ochibon ko’zni intizori yoronlar.
(Furqat)
Yuksakda raqs etar bir tup na’matak,
Quyoshga bir savat gul tutib xursand!
(Oybek)
INTOQ – nutqsiz narsalarni nutq egasi sifatida tasvirlash. Misollar:
Bunda qorning taglarida qish
Bahor uchun so’zlaydi olqish.
(H.Olimjon)
Erta tong shamoli sochlarin yoyib,
Yonimdan o’tganda so’rab ko’ramen.
Aytadir: bir ko’rib, yo’limdan ozib,
Tog’-u toshlar ichra istab yuramen!
(Cho’lpon «Go’zal»)
Do'stlaringiz bilan baham: |