Ma’naviyat tushunchasi: mohiyati, mazmuni, tuzilmasi, namoyon bo’lish shakllari



Download 166 Kb.
bet7/9
Sana20.04.2023
Hajmi166 Kb.
#930763
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ma’naviyat tushunchasi mohiyati, mazmuni, tuzilmasi, namoyon bo

Ma‟naviyatdagi ratsionallik (okilonalik) va irratsionallik (nooqilonalik). Ma‟naviyat nafaqat ratsional, shuningdek, ma‟lum darajada irratsional xarakterga ega. Ma‟naviyatning ongga, aqlga, mantiqka oid tomoni insonning ratsional dunyosini tashkil etsa, irodaga oid tomoni qisman irratsional dunyosini tashkil etadi. Ma‟naviyatning hissiyotga oid jihatlari esa ham ratsional, ham irratsional xarakter kasb etadi.
Hissiyot ong va irodani birlashtiruvchi qatlam, u bir tomoni bilan ongga singib ketadi. Ikkinchi tomoni bilan irodaga tutashadi (estetik zavq ongli ravishda kechishi mumkin, masalan, asarning badiiy mukammalligini yaxshi tushungan holda yoki shaxmat kombinatsiyasining go„zalligini idrok etgan holda ulardan zavqlanish mumkin. Shu bilan birga, estetik zavq go„zallikning bevosita ta‟sirida, go„zallikning tashqi “sehri”ga maftunlikdan hosil bo„ladi. Bunda ratsional tahlil ikkinchi o„ringa chekinadi). Uyat, or-nomus va vijdon tuyg„usi, g„urur, qo„rquv bir tomondan - ratsional, ikkinchi tomondan - irratsional mazmunga ega.
Alpomishning bandilikdan qutulishda Kayqubod yordamidan voz kechishi oriyatning, irodaning ko„rinishidir. Amaliy foydalilik nuqtai nazaridan (tezroq bandilikdan qutulib, dushmanlardan o„ch olish, adolatni tiklash, Barchin visoliga yetish, o„z yurtiga tezroq qaytish, u yo„qligida sodir bo„lishi mumkin bo„lgan turli
xavf- xatarlarning oldini olish va hokazo), ya‟ni oqilona ish tutish nuqtai nazaridan Alpomishning qarori unchalik to„g„ri emas. Ammo Alpomish obrazi ifodalaydigan ma‟naviy tushunchalar, axloqiy ideallar o„zgalarning yordamidan asosiy maksadiga erishish uchun foydalanishga yo„l qo„ymaydi. U boshqa sohalarda o„zgalardan yordam olishi mumkin (Kaykubodning oziq-ovqatlarini rad kilmaydi), lekin dushmanlar bilan prinsipial kurashda alp sifatida o„zligini to„la-to„kis namoyon etishi, o„z kuchi bilan g„alaba qozonishi lozim. Bunday ish tutish xalqning ma‟naviy idealidir, lekin u ratsionalizm doirasiga sig„maydi.
G„urur, or-nomus va fidoyilikka ko„plab tarixiy misollarni keltirish mumkin. Ayniqsa, xalq ozodligi uchun kurashgan buyuk shaxslar, qahramonlar, siyosatchilar, ko„zg„olonchi va inqilobchilar hayotida ichki tuyg„u, sezgi va fahm-farosatga tayanib, tavakkalchilik bilan ko„rqmasdan amalga oshirilgan ishlar son-sanoqsiz. Ularni oxirigacha ratsionalizm nuqtai nazaridan tushuntirib berish qiyin. Lekin bundan iroda fakat irratsionalistik bo„lar ekan, degan xulosa kelib chiqmaydi. Badiiy ijod jarayonida esa irratsionalizm va ratsionalizmni ko„p hollarda bir-biridan ajratish kiyin.
Ma‟naviyatdagi irratsional jihatlar, diniy, diniy-mistik qarashlarda, turli irimlarda, ayrim hollarda ijodkor shaxslarning «darvishona», «mashrabona» xatti- harakatlarida, ba‟zan bama‟ni kishilarning «aql bovar qilmaydigan» bema‟ni qiliklarida ko„rinib qoladi. Irratsionalizm ma‟naviy hayotda, insonning xulk-atvorida ancha ta‟sirli rol o„ynaydi.
Yuqorida ma‟naviyatda sub‟ektiv va «moddiylashgan» ob‟ektiv tomonlar mavjudligi qayd etilgan edi. Ma‟naviyatning sub‟ektiv tomoni, o„z navbatida, ikki ratsional va irratsional qismlarga bo„linadi. Iroda ko„p hollarda irratsional xarakterga ega.
Ma‟naviyat sub‟ektiv hodisa, tuyg„ular, aql va iroda sifatida borliqning shunchaki aksi emas, balki dunyoqarashning (kengroq olsak, ongning) borlikqa nisbatan amaliy munosabat shaklidagi muayyan faoliyatga aylanishidir. Ma‟naviyat ob‟ektivlashgan qadriyatlar tizimi (ma‟naviy madaniyat) sifatida esa millatning o„z- o„zini anglash, o„z ruhini, irodasini va ongini, ijtimoiy amaliyotini takomillashtirish imkoniyatlarining va vositalarining erishilgan darajasidir, jamiyatning madaniy saviyasidir.
Qisqa qilib aytganda, ma‟naviyatda millatning aqliy va ruhiy salohiyati hamda ijodkorlik qobiliyati yuzaga chiqadi. Bu salohiyat va kobiliyat asrlar davomida toblanib, xalqning tarixiy bunyodkorlik, diniy va dunyoviy tajribasini o„zida mujassamlagan. Shu bois ma‟naviyatga barqarorlik xos. Ma‟naviyat jamiyat bilan birga yuksaladi, rivojlanadi, tanazzulga va inkirozga uchraydi, qayta uyg„onadi, gurkirab o„sadi. Ma‟naviyat uchun izchil tarixiylik va zamonaviylik, an‟anaviylik va yangilanish xos. Ma‟naviyatning rivojlanishi tarixiy zaruratni jamiyat tomonidan to„g„ri tushunilishiga va shunga muvofik jamiyatda amalga oshirilayotgan ishlarga bogliq.

Download 166 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish