1.5. Ultratovush uskunasida ekstraktsiya olib borish jarayonining qulayliklari va afzalliklari
Ultratovushli ekstraksiya oʻsimlik xomashyosi va suv oʻtlaridan polifenollar, karatinoidlar ajratib olishda keng qoʻllanilgan va oʻrganilgan [115].
Ultratovush kavitatsiyasining parametrlari, jumladan ekstraktsiya harorati va davom etish muddati ekstraktsiya qilingan moddalar unumi va ularning biologik faolligini maksimal darajada oshirish uchun muqobillashgan boʻladi. Ultratovush ekstraktsiyasidan foydalanish an’anaviy xom ashyoni qayta ishlash texnologiyalariga nisbatan sezilarli afzalliklarga ega. Xususan, u erituvchining hujayraviy strukturaga ega materialga yanada chuqurroq kirib borishini ta’minlaydi, ishlov berish vaqtini kamaytiradi, mahsulotning yuqori rentabelligini va reproduktivligini ta’minlaydi, erituvchi modda sarfini kamaytiradi, jarayon tezligini oshiradi va termolabil moddalarni ekstraktsiya qilish imkonini beradi. Ushbu jarayonda qoʻllaniladigan uskunalar katta texnik harajatlarni talab qilmaydi, qayta ishlash uchun kam energiya sarflanadi, natijada, bu jarayon ekalogik jihatdan toza va qulay, iqtisodiy jihatdan esa foydali boʻladi. Masalan, sharbat tarkibidagi polifenollar, flavonoidlar, flavonollar, glukoza, minerallar va karotenoidlarning kontsentratsiyasini oshirishda ultratovush ekstraksiyasidan foydalanish [116-118] tadqiqotlarda oʻrganilgan.
Ultratovush ekstraktsiyasi, shuningdek oziq-ovqat sanoatida oʻsimlik moyi, oqsillar, antotsiyaninlar, polisaxaridlar va aromatik moddalarni olish uchun ham ishlatiladi. Ekstraktsiyani intensifikatsiya qilish (kuchaytirish) uchun analitik kimyoda ulьtratovush koʻpincha namunalar tayyorlashda ishlatiladi. Olma pyuresidan polifenollarni ajratib olish jarayoniga ulьtratovush ekstraktsiyasining ta’siri ham oʻrganilgan [119]. Tadqiqotlardan maʻlum boʻldiki, harorat va ishlov berish vaqtining oshishi bilan, ultratovushli kavitatsiyaning optimal parametrlarida polifenollarning samaradorligi ham oshadi. Ultratovushli va an’anaviy ekstraktsiya paytida olma pyuresidan olingan polifenollarning rentabelligini taqqoslashda [120] shu narsa ma’lum boʻldiki, olingan polifenollarning rentabelligi an’anaviy usuliga qaraganda 30% yuqoridir. Ultratovushni qoʻllash qora mevali aroniya Aronia melanokarpa dan polifenollarni ekstraktsiya qilish jarayonida rentabellikni 85% ga oshiradi [121]. Yana shu narsa aniqlandiki, ultratovushdan foydalanishning dastlabki bosqichida ekstraktsiya kinetikasi va polifenollarning hosil boʻlishini yaxshilaydi, shu bilan birga an’anaviy ekstraktsiyaga qaraganda kam energiya sarflanadi va olingan ekstraktning antioksidant faolligi oshadi. An’anaviy ekstraksiya jarayoni issiq suv va organik erituvchilar yordamida amalga oshiriladi va bu koʻp vaqt va koʻp energiya talab etadi. An’anaviy ekstraktsiyaga nisbatan qiyoslanganda olingan ekstraktlarda moddaning rentabelligi koʻpligi yaqqol koʻzga tashlanadi [122].
Ultratovushli kavitatsiya vositasida ekstraktsiya qilish usuli aromatik oʻsimliklardan, masalan, yalpiz barglaridan [123], shuvoqdan [124], lavanta [125], sarimsoqdan [126], sitrus gullaridan [127] efir moylarini olish uchun ham qoʻllanilgan. Kavitatsion ekstraktsiya bilan yalpiz va shuvoq barglaridan efir moylari ajratib olish unumi 22% ga oshadi; lavanta yogʻining asosiy tarkibiy qismlarining rentabelligi an’anaviy usul bilan taqqoslanganda 2-3 baravar koʻpaygan. Ultratovushli kavitatsiyani qoʻllash bilan nafaqat olingan moddalar hajmi oshadi, balki tayyor mahsulotga termik ta’sir sezilarli darajada kamayadi. Shuningdek, ziravorlardan, masalan vanilin poʻstlogʻidan, zira urugʻidan [128] va za’farondan [129] aromatik moddalar ajratib olish boʻyicha tadqiqotlar olib borilgan. Ulьtratovushli kavitatsiya ta’siri ostida bir soatlik ekstraktsiyadan soʻng, vanilin eritmasi miqdori shunday hajmga yetadiki, an’anaviy usul bilan ekstraktsiyalashda bu miqdorga sakkiz soatlik ishlovdan keyin erishsa boʻladi. Ulьtratovush uskunasidan oziq-ovqat sanoati va farmakologiyada keng qoʻllaniladi. Shunday qilib, kavitatsion effektlar ta’siri ostida ishlov berish muddati qisqaradi va olingan mahsulot sifati yaxshilanadi. [130]
Kavitatsion effektlar - mikroskopik pufakchalar generatsiyasi natijasi boʻlib, ular tebranadigan, juda tez kattalashadigan va keyin yuqori bosim ostida qisqaradigan xususiyatga egadir. Siqilish natijasida pufakchalar kritik kattalikka yetganda, ular portlab, katta miqdordagi energiya ajralib chiqadi, pufakcha yorilishi markazidagi harorat 5000 K ga, bosim esa 5000 bar ga yetadi. Qattiq jismning yuzasida pufakchalar imploziyasi sodir boʻlish paytida, sirt yoʻnalishi boʻyicha mikrotoʻlqinlar hosil boʻladi. Ushbu mikrotoʻqinlar oʻsimlik xom ashyosidan biologik faol moddalarni ajratib olish uchun ishlatilishi mumkin. Imploziya paytida hosil boʻlgan harorat va bosim oʻsimlik xom-ashyosining hujayra membranasini yoʻq qiladi va hujayraning tarkibiy qismlari atrofga tarqaladi.
Adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, pomidor urugʻidan biologik faol moddalarni ajratib olish jarayonida ultratovushli kavitatsiyadan foydalanilganda yuqori samaradorlikka erishilgan [131]
Do'stlaringiz bilan baham: |