Mundarija kirish 3 I bob. Adabiyotlar sharhi



Download 56,43 Kb.
bet7/12
Sana09.07.2022
Hajmi56,43 Kb.
#767158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MUNDARIJA, KIRISH, ADABIYOTLAR SHARHI

Fomes fomentarius zamburugʻi meva tanasidan melanin ajratib olish jarayoni oʻrganilgan boʻlib, ajratib olingan melanin pigmentining fizik-kimyoviy xususiyatlarini oʻrganishda, preparat neytral va gidroksidli muhitda yaxshi erishi, kislotalikni pH 3 ga tushirish quyuq jigarrang choʻkma hosil boʻlishi aniqlangan [30].
Melanin pigmentlarining keng tarqalishi ularning turli xil hayot shakllaridagi abiotik va biotik stresslarga qarshi kurashdagi rolini koʻrsatadi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, katta sa’y-harakatlarga qaramay, melanining kam eruvchanligi tufayli ekstraksiya jarayonlarining rivojlanishini hamda ularning biotexnologik salohiyatidan samarali foydalanishini chekladi. Ushbu tadqiqotlar mikroorganizmlardan ajratilgan melanin pigmentlarini har tomonlama koʻrib chiqishga shoshilinch ehtiyoj tugʻdirdi, shuning uchun biosintez, bioishlab chiqarish, xarakteristikalar va potentsial qoʻllanilishini oʻz ichiga olgan bunday izlanishlar turli xil muhitdagi tadqiqotchilarga mikrob melaninlarining ahamiyatini tushunishga va ma’lumotlardan foydalanishga yordam beradi[31].
Zhang va hamkasblari dorivor Inonotus hispidus zamburugʻining meva tanasidan melaninni ekstraksiya qilish sharoitlarini oʻrganishgan va ekstraksiya unumi 23,73 ± 0,57% ni tashkil etgan [32].
Yana bir tadqiqotda Hou va boshqalar Inonotus hispidus meva tanasidan melanin ajratib olishda qattiq holatdagi fermentatsiyadan foydalanishgan. Uning fizik-kimyoviy xususiyatlari tavsiflangan va ekstraksiya jarayonini optimallashtirish uchun ultratovush yordamida ekstraksiya ishlatilgan. Melaninni aniqlash uchun element tahlili va boshqa xarakterlash usullari ishlatilgan. Ajratib olingan melaninning eruvchanligi, barqarorligi va antioksidant faolliklari oʻrganilgan [33].
Keyingi tadqiqotda, tabiiy holda oʻsgan Inonotus obliquus zamburugʻi tarkibidan melanin ajratilganda, pigment unumi xom-ashyoni mexanik-kimyoviy qayta ishlash hisobiga 19% ga oshgan. Madaniy holatda oʻstirilgan Inonotus obliquus tarkibidan melanin ajratilganda esa, yuqori unumga erishilgan (quruq biomassaning 20%). Shuningdek tabiiy va madaniy holatda oʻstirilgan zamburugʻlar tarkibidagi melaninning kimyoviy tuzilishi hamda biologik faolliklari bir-biridan farq qilishi aniqlangan [34].
Xitoylik tadqiqotchilar kalamar siyohidan suvda eriydigan melaninni ajratish uchun ishqoriy ekstraksiyalashni ultratovush yordamida ishlov berib amalga oshirgan. Bu fraksiyani tayyorlash jarayonida samarali va tejamkor degradatsiya usuli ishlab chiqilgan boʻlib, harorat va ultratovush quvvati optimallashtirilgan. Turli xil ishqoriy kontsentratsiyalarning melaninning tuzilishini oʻzgarishiga taʻsirini solishtirish maqsadida UB va IQ spektrlari tahlil qilingan. Bundan tashqari, turli xil eriydigan melanin fraksiyalarining antioksidant faolligi, jumladan, superoksid anion radikali va gidroksil radikalini tozalash faolligi solishtirilgan. Olingan natija yangi erkin radikallarni tozalash vositasi ekanligini koʻrsatdi [35].
Melaninlar polisaxaridlar bilan kimyoviy bogʻlanganligi va oʻzaro tarmoqlangan tuzilishga ega boʻlishi mumkinligini hisobga olsak, bu birikmalarni organik ekstraktorlar yordamida muvaffaqiyatli ekstraksiya qilishning zaruriy sharti sifatida oz miqdordagi suv va kislota katalizatori ishlatiladi. Kislota katalizatorining mavjudligi yengil solvolizning paydo boʻlishiga olib keladi. Melaninlarni ajratib olishda maseratsiya usuli qoʻllanilgan [36].
Auricularia polytricha yuqori ozuqaviy qiymatga ega boʻlgan zamburugʻ turi boʻlib, melanin uning asosiy faol komponentlaridan biridir. Ushbu tadqiqotda Fu Junsheng A. polytrichadan melaninni ajratgan. Natijalar shuni koʻrsatadiki, A. polytricha melanini eumelanin boʻlib, amorf tuzilishga ega melaninning barqarorligi va antioksidant faolligi organilgan. Olingan natijalar A. polytricha melaninni samarali ishlab chiqarish va uni oziq-ovqat boʻyoqlari, shuningdek, antioksidant sifatida qoʻllash uchun tavsiya etilgan [37].
Manivasagan va boshqalar tomonidan dengiz aktinobakteriyalariga tegishli Actinoalloteichus sp. dan melaninni ajratish va tavsiflash boʻyicha tadqiqot olib borilgan. Melaninning tuzilishi ultrabinafsha va infraqizil spektroskopiya usullari yordamida tekshirilgan. Melanin yuqori antioksidant va antibakterial faollikka ega ekanligini koʻrsatdi [38].
Korolyova va hamkasblari Aspergillus niger zamburugʻidan melaninni ananaviy usulda ajratib olishgan [39].
Chaga xom-ashyosidan melaninlarni ajratib olishda, ishqoriy ekstraksiyalashdan foydalanishgan. Bunda xom-ashyoning ekstragentga nisbati 1:20 qilib olingan. NaOH konsentratsiyasi 7%, harorati 90 °C va vaqt davomiyligi 5 soat qilib belgilangan. Bunday sharoitda melaninlarning unumi 35-45% ni tashkil etgan [40].
Zamburugʻ melaninlari koʻplab fizik va kimyoviy xossalari boʻyicha gumin kislotalarga yaqin. Yuliya Anatoliyevna oʻzining tadqiqotida gumin kislotalar va zamburugʻ melaninlarining kimyoviy xossalarini, hamda biologik parchalanishlarga chidamliligini qiyosiy tahlil qilgan. Torf va koʻmirdan olingan gumin kislotalari va Aspergillus niger va Cladosporium cladosporiodes zamburugʻlari mitseliysidagi melaninlarning xossalari birinchi marta oʻrganilgan. Zamburugʻ melaninlarining gumin kislotalardan yuqori molekulyar ogʻirligi, kislotali funktsional guruhlarning yuqori miqdori va past oksidlanish darajasi bilan farqlanishi koʻrsatilgan. Gumin kislotalar va melaninlarning minerallashuv tezligi namunaviy tajriba sharoitida aniqlangan. Gumin kislotalarning biologik parchalanishi jarayonida ularning polidisperslik darajasi pasayib, suvda eruvchanligi oshishi aniqlangan. Aniqlanishicha, zamburugʻ melaninlarining biodegradatsiyasi jarayonida ularning elementar tarkibi, molekulyar ogʻirliklari va optik xususiyatlari gumus moddalarining xususiyatlari bilan birlashadi. Proteaza bilan fermentativ gidrolizlanish tezligi tuproqdan ajratilgan gumin kislotalar uchun bir xil, oʻrganilayotgan melaninlar uchun esa keskin farq qilishi koʻrsatilgan [41].
Keyingi tadqiqotda uzum qoldigʻidan suvda eruvchan melanin ajratilgan. Olingan pigment spektroskopik usullar bilan oʻrganilgan. Bunda issiqlik bilan ishlov berish natijasida melaninning amorf choʻkmasi 120 °C gacha boʻlgan haroratlarda barqaror ekanligi va olingan melanin eritmasining kislotaga chidamliligi pH > 4,0 oraligʻida ekanligi aniqlangan. Sifat reaktsiyalar va spektroskopik usullar yordamida melanin ekanligi isbotlangan. Bundan tashqari melaninning elementar tarkibi, eruvchanligi va antioksidant xususiyatlari ham aniqlangan. Xom ashyodan ajratib olingan melaninning unumi 17,3% ni tashkil etgan. Fizik-kimyoviy xususiyatlariga asoslanib, melaninni tabiiy oziq-ovqat boʻyoqlari va kuchli antioksidant modda sifatida ishlatish tavsiya etilgan [42].


Download 56,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish