O'zbekiston respublikasi oliy



Download 308,52 Kb.
bet15/26
Sana29.12.2021
Hajmi308,52 Kb.
#79259
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
talim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishning pedagogik shart-sharoitlari oliy talim misolida (1)

Tafakkur operatsiyalari. Bundan tashqari, psixologiya bizdagi fikrlash jarayonini ta'minlovchi alohida operatsiyalarni ham o'rganadi. Bular:

51


  • Analiz;

  • Sintez;

  • Mavhumlashtirish;

  • Taqqoslash;

  • Umumlashtirish.

Fikrlash operatsiyalariga analiz (fikran narsa va hodisalarga taalluqli sifat va xususiyatlarni alohida qilib ajratish, tahlil qilish), sintez (analiz jarayonida ajratilgan qismlarni yana fikran birlashtirish, qo'shish), mavhumlashtirish (alohida biror xususiyatni ajratib, boshqalaridan fikrni chalg'itish, ayrim xossani mavhumlashtirish), taqqoslash (predmetlar va ularga xos bo'lgan xususiyatlarni fikran bir - biriga solishtirish, umumiy va farq qiluvchi jihatlarini topish), umumlashtirish (umumiy va muhim sifatlariga ko'ra predmetlarni guruhlashtirish, umumiylashtirish) kabilar kiradi.

Biz yuqorida tafakkurni individual xususiyatlari va ushbu jarayonga xos bo'lgan umumiy qonuniyatlarni o'rgandik. Lekin aslida maqsad shundayki, har bir shaxs o'zidagi tafakkur va fikrlash jarayonlarining o'ziga xos tomonini bilgan xolda uni o'stirish yo'llarini bilishi kerak. Oxirgi yillarda psixologlarning o'tkazgan tadqiqotlari va kuzatishlari shuni ko'rsatdiki, fikrlash jarayonlarini guruh sharoitida, dars paytida ham o'stirish va bunga qisqa yo'llar bilan erishish mumkin ekan. Ularning fikricha, guruhdagi hamkorlikdagi faoliyat idrok va xotiraning o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatib, fikrlash jarayonini tezlashtiradi va faoliyatni samaraliroq qiladi. Ayrim juda jiddiy va murakkab ijod daqiqalarini inobatga olmaganda, yaxshi tashkil etilgan dars jarayoni, undagi faoliyat shakli individual tafakkurning ham rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu narsa isbot qilinganki, jamoada ishlash ko'plab nostandart fikrlarning tug'ilishi, ularning ichidan eng yaxshilarining saralanishi va yangidan yangi g'oyalarning paydo bo'lishiga sabab bo'larkan.

Ana shunday samara beruvchi metodikalardan biri «breynstorming» deb atalib, uning lug'aviy ma'nosi «miyani zabt etish»dir («mozgovaya ataka» ruscha -

«brain storming» ingl.). Uni o'tkazish quyidagi tamoyillarga asoslangan:

52

Ba'zi intellektual masalalarni yechishda bitta yechim bilan cheklanib bo'lmaydi va shu maqsadda ijodiy fikrlovchilar guruhi tashkil etiladi va bu jarayonda «gruppaviy effekt» bo'lishi kutiladi. Guruh ishi tez va optimal qarorlar qabul qilishga qaratilgan bo'ladi va bunda alohida ayrim individual qarorlarga ta'sirlanishga yo'l qo'yilmaydi.27



Guruhga shunday kimsalar kiritiladiki, ular bir-birlaridan fikrlash uslublarining noyobligi bilan farq qiladilar. Masalan, kimdadir mantiqiylik ustun, kimdir kreaktiv, kimdir tanqidchi va shunga o'xshash.

Guruhda shunday ijodiylik ruhi bo'lishi kerakki, har kim xoxlagan fikrini bemalol aytaveradi, u yoki bu fikr tanqid qilinishi mumkin, lekin uning egasi tanqid qilinmaydi. Bunday sharoitda o'rtacha intellektual darajaga ega bo'lgan shaxs ham shunday fikrlar izxor qila boshlaydiki, ular alohida qolgan paytida sira ham miyaga kelmagan bo'lardi.

Bu jarayon oliy o'quv yurtlarida darslarda ham qo'llanilishi mumkin, faqat uning yuqoridagi tamoyillari inobatga olinishi va guruhda o'zaro hamjihatlik muhiti bo'lishi kerak.

Shaxs o'z fikrini bayon etishi, boshqalarni tushunishida tafakkur muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun tafakkurning turlari: mantiqiy, nazariy. amaliy, konvergent, divergent, produktiv, reproduktiv, ko'rgazmali harakat, ko'rgazmali obrazlini bilish, tafakkur shakllari: tushuncha, hukm, xulosalarni bilish, tafakkur operatsiyalari: analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, mavhumlashtirishni bilish zarur. Mustaqil fikrlash - talaba-yoshlarda atrof-borliq to'g'risida xolis va obyektiv tasavvurlarning shakllanishi uchun psixologik shart- sharoit bo'lib, yoshlarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o'stirish va erkin fikrlashni tarbiyalash muhimdir.

Bugungi kunda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da qo'yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda talabalarni ijodiy fikrlashga o'rgatish muammosi oliy ta'limning o'z yechimini kutayotgan eng dolzarb muammolaridan biriga aylanib

qoldi. Xo'sh, ijodiy fikrlash o'zi nima? Uning fikrlashning boshqa turlari bilan munosabati, ular orasida tutgan o'rni va mavqei qanday?

Yer yuzidagi eng murakkab va noyob mavjudot — bu insondir. Yashash qonunlari uni atrof olamni o'zgartira borib, ko'nikib qolingan hayotni ta'minlash uchun uzluksiz fikrlash va ijod qilishga majburlaydi. Insonni fikrlash va ijod jarayonlari yetarli darajada rang —barang va murakkab bo'lib, tor ma'noda uni barcha xossalarini va qonuniyatlarini aniq tavsiflash qiyin. Shu sababli ijodiy fïkrlashning aniq ilmiy ta'rifi bugunga qadar mavjud emas. Shuning uchun bo'lsa kerak, fikrlash nazariyasining ko'zga kuringan namoyondalari ham fïkrlashning bu noyob turini mahsuldor yoki intuitiv fikrlash bilan bir o'ringa qo'yib qo'yadilar. Fikrimizning dalili sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:





Talabalarda ratiqidiy fikHetihm rivojLmtirisah strategiyasi


"A

«Ijodiy (mahsuldor) fikrlash tarixi va muammosi yetarli darajada aniq ifodaga ega emas. Ismi eslatilishi bilan «mahsuldor fikrlash» atamasi yodga tushuvchi Vertgeymer ham bu muammoni zarur aniqlik bilan ayta olmadi».

2.2. Ta'lim-tarbiya jarayonida tanqidiy fikrlashni shakllantirishning



metod va vositalari

Tanqidiy fikrlashni o'stirishga xizmat qiladigan metodlar «Demokratik ta'lim uchun» konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladigan «Tanqidiy fikrlash uchun o'qish va yozish» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.

Konsorsium a'zolari: Halqaro o'qish uyushmasi, Xobart va Uilyam Slims kollejlari va Shimoliy Ayova shtat universiteti hisoblanadi. Bu loyihani Nyu- Yorkdagi Ochiq jamiyat instituti va Markaziy Osiyo to'g'risidagi Markaziy va Sharqiy Yevropadagi Soros fondi mablag' bilan ta'minlaydi.

Tanqidiy fikrlashning faol metodlarini ishlab chiqishda quyidagi asoslardan kelib chiqadilar: Tanqidiy fikrlash nima?


Download 308,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish