amaliyotlar turi va ularning o„tkazilish muddati, davlat imtihoni o„tkaziladigan
fanlar ro„yhati, bitiruv ishi va uni davlat attestastiya komissiyasiga himoya qilish
fakultet va bo„limlarning rahbarlari, yirik ishlab chiqarish korxonalarining vakillari
Universitet tarkibida institutlar va fakultetlar bo„lishi mumkin. Universitet
bilimlarning ma‟lum bir sohasi doirasida kasbiy ta‟lim dasturlarini amalga oshiradi
va ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Universitet esa bilim sohalari keng qamrovi
bo„yicha ta‟lim dasturlarini amalga oshiradi, fundamental va amaliy tadqiqotlar
olib boradi, bilimlarning tegishli sohalari bo„yicha ilmiy va uslubiy markaz
kollejlari bo„yicha) oliy o„quv yurtining rahbariyati hisoblanadi. O„quv bo„limi,
uslubiy bo„lim, ilmiy bo„lim, magistratura bo„limi, kutubxona, kadrlar bo„limi,
buxgalteriya va xo„jalik ishlari bo„limi oliy o„quv yurti rektoratining tarkibini
tashkil etadi.
Oliy o„quv yurtida rektoratning bevosita rahbarligi ostida keng ko„lamdagi
ma‟naviy-tarbiyaviy, ommaviy-madaniy va sport-sog„lomlashtirish ishlarini olib
boruvchi jamoat tashkilotlari ham faoliyat yuritadi (kasaba uyushmasi, Kamolot
yoshlar harakati, talabalar Kengashi, xotin-qizlar Kengashi, murabbiylar Kengashi
va hokazo).
Rektorat fakultetlar ishini muntazam boshqaradi, fakultetlarda professor-
o„qituvchilarning tarkibining o„quv, ilmiy, uslubiy va tarbiyaviy ishlari qo„yilishi
va tashkil etilishini nazorat qiladi.
Fakultet va guruhlardagi Kamolot yoshlar harakatining raislari va bulardan
tashqari guruh sardorlari talabalar yig„ilishida saylanadi. Yoshlar tashkilotlari
talabalar o„rtasida va o„quv guruhlarida siyosiy-tarbiyaviy, madaniy-ommaviy,
sport sog„lomlashtirish ishlarini reja asosida olib boradi.
Kasaba uyushmasiga universititet va fakultetning xodimlar hamda talabalar kasaba
uyushmalari kiradi. Ular talabalarning yashashi va moddiy ta‟minoti bilan
shug„ullanadilar (talabalar uyiga joylashish, moddiy yordam ko„rsatish, dam olish
va davolanish uchun yo„llanmalarni taqsimlash kabi).
Xotin qizlar Kengashida talabalar hayot, o„qish va turmushning barcha masalalari
bo„yicha o„qituvchi va yoshi ulug„larning zarur maslahatlarini olishi mumkin.
Talabalar turli badiiy va ijodiy to„garaklarda qatnashishi, sport sekstiyalarida
shug„ullanishlari mumkin.
Universitet xududida va Talabalar uyida qabul qilingan ichki tartib
qoidalarga amal qilish qat‟iy talab qilinadi.
Islom Karimov (ilgari AbuRayhon Beruniy) nomidagi Toshkent davlat
texnika universiteti 1991 yilda O„zbekiston Prezidenti Islom Karimov farmoni
bilan Toshkent politexnika instituti va Toshkent mashinasozlik institutlari asosida
tashkil etilgan. 2007 yilda Toshkent aviatsiya instituti ham universitet tarkibiga
qo„shilgan. Bu yirik oliy ta‟lim maskanining tarkibida hozirgi kunda 6 ta
fakultet:
Muhandislik geologiyasi va konchilik ishi, Energetika, Muhandislik
texnologiyalari, Fakultetlararo umumta'lim kafedralari, Mexanika, Mashinasozlik,
Elektronika va avtomatika
fakultetlari faoliyat ko„rsatmoqda. Universitet tarihi
bilan universitet muzeyida batafsil tanishish mumkin.
Turabdjonov Sadritdin Mahamatdinovich
Rektor
Telefon: 8 (371) 246 46 00
Fax: 8 (371) 227 10 32
E-mail:
s_turopjonov@tdtu.uz
Zaripov Oripjon Olimovich
O„quv ishlari bo„yicha prorektor
Telefon: 8 (371) 246 92 36
Fax: 8 (371) 227 10 32
E-mail:
o.zaripov@tdtu.uz
Do'stlaringiz bilan baham: