Reja: Yo„nalishning o„quv rejasi. O„quv rejasi va uning asosiy mazmuni


Talabalarning o‘quv va ilmiy ishlarini tashkil etish



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana31.12.2021
Hajmi0,84 Mb.
#246536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Маruza

Talabalarning o‘quv va ilmiy ishlarini tashkil etish 

 

Oliy  o„quv  yurtida  o„qish  belgilangan  tartibda  tasdiqlangan  o„quv  rejasi  va 



dasturlariga mos ravishda olib boriladi. Oliy o„quv yurtida quyidagi asosiy o„quv 

mashg„uloti  turlari  ko„zda  tutilgan:  ma‟ruzalar;  laboratoriya  ishlari,  amaliy 

mashg„ulotlar  va  seminarlar;  ishlab  chiqarish  amaliyoti;  kurs  loyihasi  va  bitiruv 

ishi;  maslahatlar;  test,  yozma  ish  yoki  og„zaki  ko„rinishidagi  reyting  nazorati, 

nazorat ishlari va talabalarning mustaqil ishi.  

 

Talaba  o„qishini  to„g„ritashkil  etishining  asosiy  vositasi  bo„lib  puxta 



o„ylangan  va  uslubiy  asoslangan  haftalik  dars  jadvali  hisoblanadi.  Dars  jadvali 

dekanat tomonidan tuziladi. Dars jadvalini tuzishda quyidagi holatlar:    

 

- darslarning o„quv rejalariga mos kelishi;  



 

- hafta davomida talabaning o„qishi bir tekis taqsimlanganligi;  

 

- fanlarning turi va o„zlashtirish qiyinligiga qarab o„rin almashib turishi;  



 

- ma‟ruzalarning avval bo„lishi, amaliy mashg„ulot va laboratoriya ishlarining 

undan keyin, na„zariy mashg„ulotlardan so„ng qo„yilishi;  

 

-  o„quv  mashg„ulotlarining  boshlanishi  doimo  kunning  bir  vaqtiga  to„g„ri 



kelishi kerakligi va boshqalarni hisobga olinadi.  

 

Har bir amaliy mashg„ulot, seminar va laboratoriya ishlaridan so„ng talabalar 



joriy reyting ballarini oladilar. Ma‟ruzalar  mazmunini o„zlashtirish  bo„yicha esa 

semestr mobaynida belgilangan vaqtda oraliq baholash o„tkaziladi. O„quv rejasiga 

ko„ra semestr oxirida barcha fanlardan yakuniy baholash o„tkaziladi.   

 

Talaba darsdan so„ng mustaqil ishini bajarishga alohida e‟tibor berishi zarur. 



Fanni  muvaffaqiyatli  o„zlashtirib  olishning  garovi  bo„lib  talabaning  har  kuni 

mustaqil  ravishda kundalik  o„tilgan  materialni   qaytarib  chiqishi,  mustaqil  ish  va 

tekshiruv topshiriqlarini bajarishi hisoblanadi.   

 

Iqtidorli  talabalar  rejadagi  o„quv  materialini  o„zlashtirish  bilan  kifoyalanib 



qolmasdan,  rejadan tashqari  ilmiy  tadqiqot ishlari bilan shug„ullanish uchun  ham 

vaqt ajratadilar. Bunday ilmiy ishlarga professor-o„qituvchilar rahbarlik qiladilar.   

Iqtidorli yoshlar – O„zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini 

hamda uning jahon hamjamiyatida munosib o„rin egallashini ta‟minlovchi muhim 

omil  va  millat  ziynati  hisoblanadi.  Ularni  maqsadga  intilish,  qat‟iylik  va 



mehnatsevarlik  kabi  fazilatlari  hamda  ijodiy  faoliyat  bilan  shug„ullanish  istagi 

boshqalardan ajratib turadi.  

 

Universitetda «Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo„limi» va «Beruniy» yoshlar 



akademiyasi tashkil etilgan. Bu bo„lim o„z faoliyatini oliy va o„rta maxsus ta‟lim 

vazirligi tasdiqlagan nizom va ish rejasi asosida olib boradi.  

Iqtidorli  talabalar  bilan  ishlashga,  ular  bilan  ilm-fan  taraqqiyotining  ustivor 

yo„nalishlari bo„yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borishga eng malakali professor-

o„qituvchilar jalb etiladi.  

 

Iqtidorli talabalar bilan kengaytirilgan o„quv rejasi va yakka tartibda maqsadli 



yoki chuqurlashtirilgan dastur bo„yicha o„qish tashkil etiladi.  

 

Kengaytirilgan  o„quv  rejasi  qo„shimcha  malakaga  ega  bo„lish  huquqini 



beradi.  Bunday  qo„shimcha  malaka  tanlangan  yo„nalish  bo„yicha:  chet  tilidan 

tarjimon; EHM dasturchisi; kasb-hunar kolleji o„qituvchisi, maxsus noyob uskuna 

va jihozda ishlay olish va hokazo bo„lishi mumkin.    

 

Iqtidorli  talabalar  uchun  muntazam  ravishda  fan  olimpiadalari,  ilmiy  



anjumanlar  o„tkaziladi,  ularning  ilmiy  maqolalarini  chop  etish  uchun  maxsus 

nashrlar  tashkil  etilgan,  masalan,  ToshDTU  ning  «Texnika  yulduzlari»  jurnali 

shular jumlasiga kiradi.   

 

Ilmiy ishlari bo„yicha yuqori natijalarga erishgan iqtidorli talabalar moddiy va 



ma‟naviy rag„batlantiriladi.  

 

Talabalarning  OO„Yu  kafedralarida  bajarilayotgan  ilmiy-tadqiqot  ishlarida 



ishtirok etishi, fan olimpiadalari va talabalarning ilmiy anjumanlarida qatnashishi, 

ularni bilimlarni chuqur va puxta o„zlashtirishi uchun yordam beradi.  




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish