Texnologik ta’lim


Kurs ishi mavzusining maqsadi



Download 1,59 Mb.
bet3/10
Sana23.07.2022
Hajmi1,59 Mb.
#841544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi STEM BAHRONOVA

Kurs ishi mavzusining maqsadi: STEAM va SMART ta’lim texnologiyalari asosida kompetentlikning rivojlanganligini baholash mezonlarni ishlab chiqish.
Kurs ishi mavzusining obyekti: oliy ta'lim muassasalarida STEAM va SMART ta’lim texnologiyalari asosida kompetentlikning rivojlanganligini baholash mezonlari mazmunini o'qitish jarayoni.
Kurs ishi mavzusining predmeti: STEAM va SMART ta’lim texnologiyalari asosida kompetentlikning rivojlanganligini baholash mezonlari asosida o‘qitish mazmuni, shakllari, metodlari va vositalari.
Tadqiqot metodlari:

  1. Kuzatish usuli yordamida mavzuga doir ilmiy-metodik adabiyotlar va ilg’or pedagogik tajribalar o’rganildi hamda umumlashtirildi, oliy ta’lim muassasalarida “Texnologiya ta’limi praktikumi” fanining “Servis xizmati” yo’nalishi darslari kuzatildi, tahlil qilindi.

  2. Taqqoslash usuli sosida “Servis xizmati” yo’nalishi darslarini an’anaviy va no’ananaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish o’zaro taqqoslandi.

  3. Eksperimental (tajriba) usulidan foydalanib, “Mashina choklaridan namuna tayyorlash” mavzusini keys-stadi texnologiyasi asosida tajriba darsi tashkil etildi va erishilgan natijalar asosida xulosa va metodik tavsiyalar bayon qilindi.

Adabiyotlar tahlili
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Farmoni. 2017 - yil 7 - fevral. ПФ-4947-sonli “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’risida”. Ushbu farmon asosida 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi belgilab berilgan [1].
2. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim tizimlarida texnologiya fanini o‘qitishni rivojlantirish konsepsiyasi. Konsepsiya, maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim tizimlarida texnologik ta’limni rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini belgilab beradi. Jumladan, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda takomillashtirish, texnologik ta’lim me’yoriy hujjatlarini ta’lim sifati va xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash, texnologik ta’lim bo‘yicha maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim tizimlari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini uzviyligini ta’minlash hamda amaliyotga tatbiq etish, texnologik ta’lim mazmuni va mohiyatini sifat jihatidan yangilash, shuningdek o‘qitishning yangi aspektdagi metodikasini ishlab chiqish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim tizimlarida texnologik ta’limning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash va bitiruvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish orqali hayotga tayyorlash ishlarini tashkil etish, texnologik ta’lim mazmuni, mustaqil hayotda qo‘llash imkoniyati bo‘lgan texnologik savodxonlikni, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish masalalari konsepsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi [3].
3. N.A.Muslimov, Sh.S.Sharipov, O.A.Qo’ysinov “Mehnat ta’limi o’qitish metodikasi, Kasb tanlashga yo’llash”, O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2014 y. Darslik asosan 5112100-Texnologik ta’lim yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalarga mo'ljallangan bo'lib, umumiy o'rta ta’lim maktablarining 5-9-sinf o'quvchilarini texnologiya fanidan metallga, yog'ochga va gazlamaga ishlov berish texnologivalari, pazandachilik va qishloq xo'jaligi asoslari bo'yicha o'qitish uchun pedagogika, psixologiya va maxsus fanlardan olgan bilimlarini mujassamlashtirish bilan birga tanlagan ixtisosliklari bo'yicha ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va amalga oshirish yo'llari bayon qilingan [4].
4. Z.D.Rasulova, Sh.H.Quliyeva, A.R.Jo’rayev “Texnologiya fanini o’qitish metodikasi”, “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti. –Buxoro. 2021.
-384 b. Mazkur o'quv qo'llanma 5112100-Texnologik ta'lim yo'nalishi talabalari va umumiy o'rta ta'lim muassasalarining "Texnologiya" fani o'qituvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda fanning maqsad va vazifalari, metodologik asoslari, tarixiy taraqqiyoti, didaktik asoslari, ta'lim metodlarining tasnifi, ilmiy tadqiqot metodlari, amaliy fanlar bilan integratsiyasi, fanni o'qitish jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish, texnologiya fanini o'qitish metodikasi fanidan kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi va pedagogik amaliyotga qo'yiladigan metodik talablar kabi masalalar yoritilgan [5].

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish