Texnologik ta’lim


Kurs ishining tuzilishi va hajmi



Download 1,59 Mb.
bet4/10
Sana23.07.2022
Hajmi1,59 Mb.
#841544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi STEM BAHRONOVA

Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, ikki asosiy bob, to’rt reja, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, hajmi 34 sahifani tashkil etadi.
I BOB. “STEAM VA SMART TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING” NAZARIY ASOSLARI
STEAM va SMART ta’lim texnologiyalari asosida kompetentlikning rivojlanganligini baholash mezonlari
Jahonda axborot makonining globallashuvi, ochiqligi va ommaviy kommunikatsiyaning kuchayishi integratsiyalashgan ta’lim muhitida ta’lim oluvchilarning kasbiy va ijodiy rivojlanishini ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Ta’lim sohasidagi rivojlanish tendensiyalari axborotlashgan jamiyatda o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalarini kengroq joriy etish va ularning samaradorligini yanada oshirishning dolzarbligini ko‘rsatmoqda. Dunyo hamjamiyatida YUNESKOning “O‘qituvchilaming axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha kompenentligini rivojlantirish” dasturi va “Yevropa Kengashi mamlakatlarining 2020 yilga qadar ta’lim va kadrlarni kasbiy tayyorlash sohasidagi Hamkorlik strategiyasi” asosida keng ko‘lamli amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Axborot asrining kirib kelish davri haqida so‘z borganda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), ularni real o‘quv jarayoniga qo‘llash, zamonaviy axborot infrastruktu­rasini yaratish, mutlaq yangi multimedia o‘quv dasturlarini yaratish va ta’limga tatbiq etish bosqichlari asta-sekin nihoyasiga yetib bormoqda.


Shu o‘rinda, tabiiy bir savol paydo bo‘ladi: orttirilgan bilim va tajribalarni qanday baholash mumkin, keyingi qo‘yiladigan qa­dam qanday bo‘lmog‘i kerak?! Masalan, an’anaviy o‘quv jarayonlarining AKT qo‘llash bilan bog‘liq muammolari, jumladan: dunyo internet tarmoqlarida tobora taraqqiy etib borayotgan turli ko‘ri­nishdagi noformal ta’lim birlashmalari, «real» ta’lim maskanlarini «virtual» lari bilan almashinuvi, masofaviy ta’lim va boshqalar.
AKT rivojlanishining zamonaviy bosqichida nafaqat klassik ta’lim texnologiyalari, balki elektron ta’lim (e-learning) ham qanoatlantira olmaydigan ehtiyojlar kuzatiladi. Ayni vaqtda e-learning tizimidan Smart (ingl. — aqilli, mushohadali, harakatchan) e-lear­ning hamda Smart Education (aqilli ta’lim) ga o‘tish jarayoni bormoqda. Bu konsepsiya ta’lim sohasining barcha jarayonlarini, shuningdek, bu jarayonda qo‘llaniluvchi barcha usul va texnolo­giyalarni kompleks modernizatsiyasini mujassamlashtiradi. Smart konsepsiyasi ta’lim kesimida o‘zi bilan birga, «aqilli taxta», «aqilli ekran», ixtiyoriy nuqtadan Internetga chiqish kabi texnologiyalarni shakllantiradi. Ushbu texnologiyalarning har biri kontentni ishlab chiqish jarayonini yangidan qurish, yetkazib berish va aktuallashtirish imkonini beradi. Natijada ta’lim olishni nafaqat sinfda, balki uyda, ish joyida, jamoat joylarida, dam olish joylarida ham amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Bunda ta’lim jarayonini baholovchi aso­siy element sifatida faol ta’lim beruvchi kontent maydonga chiqadi. Uning asosida vaqt va fazo tushunchalari to‘sig‘idan holi qiluvchi yagona repozitor yaratiladi.
Smart ta’lim konsepsiyasi — mavjud manbalarga tez mosla­shuvchanlik, multimedianing maksimal xilma-xilligi, tinglovchi­ning saviyasi va talabi darajasiga tezkorlikda moslashuvchanlikdan iborat. Kompetentlikning uzluksiz rivojlanishi, bilimlarni doimiy o‘sishi va yangilanib borishi zamonaviy ta’lim tizimidagi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Sababi bilimni rivojlantirish uchun endi inson kapitalining ta’siri kamlik qila boshlaydi. Bu kabi masalalarni hal qilishda nafaqat ta’lim muhitining o‘zini, balki ta’lim tizimining tarkibi, instrumentlari, usullari tubdan o‘zgartirilishi shart. Analitik kompetensiyalar, kompleks muammolarni yechish mahorati, yangi g‘oyalarni rivojlantiruvchi — innovatsion xususiyatlar, o‘zaro kommunikatsiya madaniyati kabi bilimlarni takomillashtirish zarur. Chunki an’anaviy ta’lim parametrlari asosida bilim berish insonlarni Smart — jamiyat uchun tayyorlamaydi (1-rasm). O‘z navbatida, Smart — texnologiyasisiz, innovatsion faoliyat yuritib bo‘lmaydi. Agar ta’lim shu yo‘nalishda ortda qolsa, u tormozlanib, qotib qoladi.
Hozirgi kunda, o‘quv darslarida, multimedia vositalaridan foydalangan holda, Microsoft Power Point yoki Macromedia Flash dasturiy paketlarida tayyorlangan taqdimotlarni qo‘llash oddatiy holga aylanib bormoqda, biroq shu bilan birga, ta’lim sohasiga shunday interfaol texnologiyalar kirib kelmoqdaki, ular slayd-shou turkumidagi taqdimotlarni siqib chiqarmoqda. Axborotlarni talabalarga yangi interfaol uskunalar (interfaol taxta — Smart Boards, interaktiv displey — Sympodium) yordamida uzatish, ma’ruzachiga dars jarayonining o‘zida taqdimotlar yaratish imkonini beradi. Interfaol Smart Boards taxtalariga maxsus markerlar yordamida yozish, o‘quv materiallarini namoyish etish, ekrandagi tasvir ustidan yozma sharh­lar berish mumkin. Shu bilan birga, interfaol Smart Board taxtasiga yozilgan ma’lumotlarni magnit tashuvchilarda saqlanib qolib, ularni bosib chiqarish, darsga kelmagan talabaning elektron pochtasiga yuborish amalga oshiriladi. Ma’ruza davomida Smart Board taxtasida yaratilgan o‘quv materiallini esa, o‘rnatilgan videokoderga yozib olib, ko‘p martta qayta qo‘llanishi mumkin.
Albatta bugungi kunda interfaol smart taxtalar imkoniyatlaridan maksimal foydalanish uchun maxsus dasturiy ta’minotlar (Smart Notebook, Bridgit, Synhron Eyes) ishlab chiqilgan. Mazkur dasturiy ta’minotlar har birining o‘z imkoniyatlari mavjud. Masalan, Smart Notebook matnlar va obyektlar bilan ishlaydi, axborotlarni saqlaydi, yozma harflarni bosma harflarga aylantiradi. Bridgit dasturi taqdimotlarni tez va osonlik bilan butun dunyoning turli nuqtala­ridagi hamkorlarga tarqatadi, o‘z hujjatlariga taqrizlar oladi. Buni amalga oshirish uchun o‘qituvchi chiqishidagi muhim pozitsiyalarini umumiy «ishchi stol»da ajratib ko‘satishi bilan shu onning o‘zidayoq, dastur real vaqtda, barcha konferensiya ishtirokchilari oynasida paydo bo‘ladi. Synhron Eyes (sinxron ko‘z) dasturiy paket yordamida o‘qituvchi barcha o‘quvchilarni kuzatib turishi, o‘quvchilar ishchi monitorlarini ekranga chiqarishi, blokirovka qilishi, inter­faol taxta yordamida o‘quv materiallarini, darsliklarni, testlarni yuborishi va jarayonni nazorat qilishi mumkin.
Bugungi kunda elektron ta’limning takomillashgan shakli bo‘lib hisoblangan Smart-ta’lim (smart-education) jadal rivojlanmoqda. Yevropada Smart - ta’lim tamoyilida «Yagona Yevropa universiteti» ni shakllantirish dasturi, AQSH da ushbu o‘n yillikda Smart - ta’lim falsafasida ta’limda katta inqilob yaratish dasturi , Janubiy Koreyadagi SMART Education - raqamli darsliklar tashabbusi va KERIS - edunet tizimi , IBM - aqlli sayyora uchun ta’lim konsepsiyasi , Xitoy PLS (Personal Learning Space) modeli tizimi, Rossiyadagi Moskva, Omsk, Perm, Qozon universitetlarida “Aqlli universitet” shakllanmoqda.
Mamlakatimizda esa O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash» ustivor masala qilib qo‘yilgan .
SMART” atamasi dastlab 1954 yilda olim, iqtisodchi, publitsist, pedagog Piter Ferdinand Druker tomonidan kiritilgan, 1965 yilda Paul J Meyer, 1981 yili esa George T. Doran o‘z ilmiy ishlarida qo‘llagan [149].
SMART - “Specific” (aniq, o‘ziga xos), “Measurable” (o‘lchovli), “Attainable” (erishiladigan), “Relevant” (muvofiq, resurs), “Time- bound” (vaqt bo‘yicha chegaralar, aniq muddatli) inglizcha so‘zlarining bosh harflari bilan ifodalangan .
Texnologiya - (ingl: technology, rus: texnologiya) muayyan ishlab chiqarish sohasidagi usullar va jarayonlar majmuasi .
Respublikamiz etakchi olimlaridan A.A. Abduqodirovning ta’kidlashicha, Smart-texnologiyalar - o‘zaro ta’sir va tajriba almashish negizida protseduralarga uzatiladigan, avvallari axborot va bilimlarga asoslangan texnologiyalardir «Smart» ning tayanch xossasi atrof - muhit bilan o‘zaro ta’sir etish va unga moslashish qobiliyatidir. Uning ushbu xususiyati mustaqil qiymatga ega va shahar, universitet, ta’lim, texnologiya, jamiyat va ko‘pgina boshqa kategoriyalarga qo‘llanishi mumkin .
SMART - bu tizim yoki jarayonning hususiyati bo‘lib, atrof - muhit bilan o‘zaro munosabatlarda o‘zini namoyon qiladi va tizimga qobiliyatini qayta ishlashga, tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga darhol javob qaytarish, o‘zgaruvchan sharoitga moslashish, mustaqil taraqqiyot va o‘zini o‘zi boshqarish, natijalarni samarali bajarishga imkon beradi .
Bugungi kunda SMART-texnologiyalarning asosiy vositalarini IoT (Internet of things) - buyumlar interneti tashkil etmoqda. Buyumlar interneti IoT (Internet of things) bu - maxsus elektronika, dasturiy ta’minot, sensorlar, qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalarning o‘zaro ma’lumot almashinuvidan iborat tarmoq tizimi bilan jihozlangan sun’iy intellekt yordamida masofadan boshqariluvchi maishiy texnikalar, transport vositalari va boshqalar. IoT texnologiya tadqiqotchilariga kamroq quvvat sarflaydigan va deyarli har qanday turdagi qurilmaga ulanishi mumkin bo‘lgan kichikroq va arzonroq simsiz tizimlarni ishlab chiqish uchun kuch beradi.
“Internet - buyumlar” (ba’zan “buyumlar interneti” yoki “internet ashyolari” degan atama ham ishlatiladi) ingliz tilidagi Internet of Things so‘zlaridan olingan bo‘lib, bir-biri yoki tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirlashuv uchun ichiga joylashtirilgan texnologiyalar bilan jihozlangan, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni qayta qura oladigan hodisa kabi tarmoqlarni tashkil etishni ko‘rib chiqadigan, harakat va operatsiyalar ichidan inson ishtiroki zaruriyatini inkor etadigan, fizik jarayonlar hisoblash tarmog‘i konsepsiyasi hisoblanadi .

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish