Til strukturasi. Til strukturasining o‘rganilishi, uning sistemadan farqi. Reja


Sistema va struktura tushunchalarining o‘ziga xos xususiyatlari va bog‘liq jihatlari



Download 45,17 Kb.
bet2/2
Sana13.09.2022
Hajmi45,17 Kb.
#848765
1   2
Bog'liq
Til strukturasi. Til strukturasining o‘rganilishi, uning sistema

2.Sistema va struktura tushunchalarining o‘ziga xos xususiyatlari va bog‘liq jihatlari. Tilshunoslikda «sistema» va «struktura» tushunchalarining mazmuni qorishtirib yuborilmasligi lozim. Sistema o‘zaro bogliqlikdagi elementlar majmuasidan iborat bo‘lib, bu majmua yaxlitlikni tashkil qiladi va uidagi ishtirokchilarning har biri alohida hamda o‘zaro munosabatda tavsiflanadilar. Struktura esa ushbu sisitemadagi elementlarning munosabatlari asosida yuzaga keladigan tuzilmadir (Nogp 1988: 113-114).Sistema va struktura tushunchalarining shu yo‘sindagi ta’rifi O.Axmanovaning lisoniy atamalar lug‘atida ham o‘z aksini topgan (Axmanova 1969: 412-413; 458). Lug‘atda «sistema»ga til birliklarining botiniy tarkibdagi majmuasi deb qaraladi. Bu birliklar turg‘un (invariant) munosabatlardadir, masalan, ushbu til uchun xos bo‘lgan va nutqiy qurilmalarni hosil qiluvchi sintaktik qoliplar to‘plami. Ushbu ta’rif tilning fonetik tizimini so‘z va morfemalarni farqlash uchun xizmat qiluvchi nutq tovushlari to‘plami sifatida aniqlashga undaydi. Xuddi shuningdek, ushbu til yoki lahja uchun xos bo‘lgan gap turlari va qoliplarini quruvchi so‘z shakllari to‘plami grammatik tizimni tashkil qiladi. Ifoda planiga kiruvchi farqlar umumlashmasiga esa semiologik tizim sifatida qaraladi. O.S.Axmanova «sistema» tushunchasi doirasiga, shuningdek, grammatik kategoriyani ifodalovchi shakllar va forma yasash paradigmasi kabilarni ham kiritadi. Lug‘atda «struktura» tushunchasining mazmuni quyidagicha izohlanadi: 1) tilning tovush, fonologik, morfologik va morfonologik tarkiblariga xos bo‘lgan umumiy, invariant xususiyatlarning bir-biri bilan bog‘liqligi, ya’ni quyi sath birliklarining yuqori sath birliklari tuzilishiga ishtirokiga nisbatan. Bu holda «tovush strukturasi», «leksik struktura», «morfologik struktura» atamalari qo‘llaniladi; 2) struktura atamasiinng ikkinchi ma’nosi «gap strukturasi», «so‘z strukturasi», «ma’no strukturasi» kabi birliklarda namoyon bo‘ladi (Axmanova 1969: 458). Praga lingvistik maktabida «struktura» atamasi ancha tor mazmuida talqin qilinadi. Praga lingvistik lugatida berilgan ta’rifdan ma’lum bo‘ladiki, ushbu tushunchani O.S. Axmanova ajratgan birinchi ma’noda qo‘llab bo‘lmaydi: «Til strukturasi» tushunchasi «so‘z-gap» ga nisbatan mavjud bo‘lgan barcha faktlarni qamrab oladi. Bu gapning umumiy tuzilishi yoki umuman ma’lum tilning grammatik tuzilishi bo‘lish mumkin. ... Umumiy grammatik tizim bir qator alohida tizimlarda namoyon bo‘ladi. Shu sababli tuslanish sistemasi, turlanish sistemasi, fonologik sistema haqida gapirilib, «struktura tushunchasini til grammatik qurilishining umumiy xususiyatlarini atash uchun saqlashadi» (Vaxek 1964: 218). Xullas, sistema va struktura tushunchalari aynan bir hodisa emas. Lekin bu farqqa har doim ham e’tibor berilavermaydi. Ko‘pincha ular sinonimlar sifatida qo‘llaniladi. Buni, masalan, quyidagi ikki ta’rifni qiyoslaganda sezish mumkin. Birinchi turdagi ta’rifda sistema va struktura tenglashtiriladi, biri ikkinchisining yig‘indisi sifatida qaraladi. Masalan, E.Koseriuning yozishicha, «til o‘zaro bog‘liq strukturalar sistemasidir» (Kosernu 1963:172). A.A.Reformatskiyning ta’kidlashicha, «...har bir tilning o‘z fonetik, grammatik va leksik tizimi mavjud. Tarkibidagi birliklarning qo‘llanishidagi o‘xshashlik majburiy bo‘lgan sistemalarning umumlashmasi tilning strukturasini tashkil qiladi» (Reformatskiy 1967: 270).Sistema va strukturaning ikkinchi ta’rifi tilning dinamik va statik holatlari qarama-qarshiligi bilan bog‘liq holda beriladi. Masalan, B.Pote quyidagi ta’rifni keltiradi: «Agarda ajratilishi va tahlil qilinishi mumkin bo‘lgan voqelik qismlarini belgilovchi elementlar majmuasini «struktura» deb bilsak, unda «sistema» struktura elementlarining ma’lum paytda qo‘llanishidir» (RoSHeg 1966: 112-113). B.Pote taklif qilgan «sistema (=sistema)» va «sistema (=struktura)» qarama-qarshiligini farqlash Gustav Giyom psixosistematika ta’limotidagi sistema tushunchasining qo‘llanishiga mos keladi. G.Giyom sistemani ikki tomonlama ya’ni dinamik va statik ko‘rinishda tasavvur qiladi. Lekin B.Pote strukturani statik, sistemani esa dinamik tushunchalar sifatida talqin qilsa, rus tilshunosi V.A.Zveginsev bu tushunchalarning statik va dinamik holatlarini teskari ko‘rinishda tasavvur qiladi. Uning yozishicha, «sistema va strukura ... so‘zsiz, bir-biridan tubdan farq qiladigan ikki hodisalardir. Sistema haqiqiy statik tushunchadir va shunga binoan uning vositasida tilning siixron holati yoritiladi, struktura esa dinamik tushuncha sifatida qo‘llanishi lozim va uning asosida tilning diaxronik hodisalari (tadrijiy jarayonlar) o‘rganilishi kerak» (Zveginsev 1962: 144). Sistema va struktura, ularning farqli jihatlarini yanada yaqqolroq tasavvur etish uchun yana bir qancha ta’riflarga diqqat qilamiz. Muayyan ob’ektning elementlari (umumlashmasi) struktura deb ataladi. Bu strukturada mavjud elementlarning umumiy o‘zaro bogliqligi sistema deb ataladi.(G.S.Shur) struktura deyilganda, elementlarning o‘zaro bogliqligi tushuniladi». Tilning strukturasi bu uning fonemalari, morfemalari, tuzilmalari va ular orasidagi munosabatlardir.Til strukturasi uning yashirin asosidir. U mavjud tilga nisbatan abstrakt tushunchalar orqali o‘rganiladi. (Yu.S.Stepanov) Sistema deyilganda, o‘zaro bogliq qismlardan-elementlardan tashkil topgan, munosabatlarning aniq sxemasiga, ya’ni strukturasiga ega bo‘lgan har qanday murakkab birliklar tushuniladi. Shunday ekan struktura sxemaning ko‘rsatkichlaridan biridir. (G.P.Melnikov) Shunday qilib, «sistema» va «struktura» tushunchalari bir-birlariga yaqin tursalarda, bir xil ma’no anglatmaydilar. Lugatlarda ta’riflanishicha, «sistema» so‘zi grekcha bo‘lib «tashkil qiluvchi qismlardan iborat bo‘lgan butunlik» degan ma’noni anglatadi. «Struktura» so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, «tuzilish», «qurilish», «joylashish» degan ma’nolarni ifodalaydi. «Sistema» so‘zi «struktura» so‘ziga nisbatan kengroq ma’noga ega. «Til sistemasi» - til birliklari, kategoriyalari, sathlarining tipik munosabatlaridir.«Til strukturasi» bu birliklarning qismlari va sathlari orasidagi munosabatlarni ifodalovchi tushunchadir.


Download 45,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish