X ibragimov, sh. Abdullayeva



Download 0,76 Mb.
bet13/125
Sana12.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#781927
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   125
4-rasm.

Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Har bir fanning mazmun va mohiyatidan kelib chqadigan, uning asosiy tomonlarini yoritishga xizmat qiladigan va eng ko‘p ishlatiladigan asosiy tushunchalari bo'ladi. Xuddi shuningdek, pedagogika fanining ham asosiy kategoriyalari mavjud.


Kategoriya - (yunoncha: kategoriya - «ko‘rsatma», «dalil», «Ш- shuncha») pedagogikada pedagogik jarayonlar xususiyatlarini, mo- hiyat-mazmunini, shaxs va jamiyat, shaxs va gurux, shxs va jamoa o‘rtasidagi, ta’lim va tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-estetik, iqtisodiy-ekologik va h.k., munosabatlarni aks ettiruvchi asosiy tushunchadir. Kategotiriya bilish jarayonlarining tarixiy rivojlanishi va jamiyat tajribasi asosida paydo bo'ldi. Kategoriyalar orqali inson borliqni, tavarak-atrofni, ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan voqea- hodisalami o‘rganadi.
Shulardan biri va asosiysi sifatida «Pedagogika» atamasidir. («Pein» - bola va «agogein» - yetaklamoq degan ma’noni bildiruv- chi yunoncha «paydagogos» so'zlaridan paydo bo'lgan). Buning izohi quyidagieha: Eramizdan oldingi III-I asrlarda qadimgi
29
Yunonistonda quldorlaming bolasini ovqatlantiradigan, sayrga olib boradigan, tabiat qo‘ynida o’ynatuvchi tarbiyachi qullami «pedagok» dab atashgan. Bugungi kunga kelib «pedagok» so‘zi keng qamrovli, yangicha ma’no kasb etgan.
Pedagogikaning yana bir muhim tushunchalaridan bin - «Di- daktika» so'zidir. Qadimgi Yunonistonda quldorning bolasiga mak- tabda ta’lim beruvchi kishini «Didaskal» deb atashgan. «Didaktika» - yunoncha «didaktikos» so‘zidan olingan boiib, «o‘qitish», «о‘г- gatish», «bilim berish» ma’nolarini anglatadi. Qadimgi yunonlar o‘qi- tish faoliyatiga nisbatan «didasko», o'qituvchi o'mida «didaskal», o'quvchiga nisbatan «didaskale» atamalarini ishlatishgan. Ammo «di­daktika» termini o‘zining dastlabki ma’nosidan ancha uzoqlashgan. Hozir bu tushunchalaming hajmi va mazmuni ancha boyigan va kengaygan boiib, u faqat o'qituvchining faoliyatini emas, shu bUan birga o’quvchining faoliyatini ham o‘z ichiga qamrab olgan
Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga ta’lim, tarbiya, ma’lu- mot, rivojlanish, pedagogik faoliyat, pedagogik jarayon, bilish, o‘rgatish, taiim-tarbiya metodlari, prinsiplari va boshqalar kiradi. Biz ularni pedagogik tushunchalar ham deb ataymiz.
Tarbiya - tarbiyachi o‘zi xohlagan sifatlami tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ulaming ruhiyatiga maium maqsadga ko‘ra tizimli ta’sir ko'rsatishiga aytiladi.
Jahon pedagogikasida «tarbiya» atamasi keng qamrovli tu- shuncha sifatida baholanganligi tufayli, uning mohiyati xususida turli nazariyalar mavjud. Tarbiyani kattalar (o'qituvchilar, murab- biylar va ota-onalar)ning bolalarga ta’sir ko'rsatish jarayoni sifatida tushunish eng ko’p tarqalgan tendensiyadir. Bu o‘rinda kattalar to’g’ri deb hisoblaydigan, baholaydigan ideallar, maqsadlar, vazifa- lar, normalar va talablaiga muvofiq tarzda ta’sir ko'rsatish ko‘zda tutiladi, albatta.
Tarbiyani bunday tushunish haqiqatga yaqinroq, biroq u bir tomonlama xususiyatga ega boiib, mazkur jarayonning faqat muay- yan qismini aks ettiradi, xolos. Tarbiyaga bunday ta’rif berishda bolaga kattalaming ta’siri yo’naltirilgan obyekt sifatidagina qaraladi. Pedagogika ham tashabbuskor va mustaqil shaxslami tarbiyalashni nazarda tutadigan bo’lsa, u tarbiyalanuvchiga pedagogika jarayoni- da faol harakat qiluvchi subyekt rolini beradi.
Shaxsning o‘zi, o‘z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mav- qeini tasawur qilish orqali hosil bo’lgan obraz - «Men»-obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi insonning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini belgilaydi va barkamollik mezonlari boiib hisoblanadi.
30
«Men»-obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va uning tarbiyalanganlik darajasi omillaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, «...tarbiyani shaxsning o‘zi va o‘z sifatlari to’g‘risidagi tasawurlarining shakl- lanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin». Demak, har bir inson o'zini, o‘zligini qanchalik aniq va to’g’ri anglasa, tasawur qilsa, unda jamiyatning axloq normalariga zid harakat qilish ehti- moli ham shunchalik kamayadi.
Abdulla Avloniy o‘zining «Turkiy guliston yoxud axloq» asa- rida inson kamolotida tarbiyaning o‘mini alohida ta’kidlab, «Ja- nobi haq insonlarning asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan. Lekin bu insondagi qobiliyatni kamolga etkazmoq tarbiya vositasida bo’ladir. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqdan saqlanib, go‘zal xulqlaiga odatlanib katta bo’lsa, baxtiyor bir inson bo‘lib chiqadi. Agar tarbiyasiz, axloqi buzilib o’ssa, nasihatni qulog‘iga olmaydigan, har xil buzuq ishlarni qiladigan nodon, johil bir rasvoi odam bo'lib chiqadi»-deb ta’kidlaydi. Shunday ekan, bugungi kunda pedagogik nazariya va amaliyot muammolarini tadqiq qilish va echimini topishda pedagogik diagnostika hamda korreksiya muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim - maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o’tkazila- digan o‘quvchilami bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollan- tiradigan bilim qobiliyatlarini o’stiradigan, ulaming dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish