Xabibullayev shaxbozning mustaqil ishi mavzu


Operasion kuchaytirgichlar



Download 100,95 Kb.
bet3/3
Sana10.06.2022
Hajmi100,95 Kb.
#650788
1   2   3
Bog'liq
Xabibullayev Shaxboz(4-mus ish)

Operasion kuchaytirgichlar


Operasion kuchaytirgich (OK) – bu kuchlanish bo`yicha yuqori kuchaytirish koeffisienti (104’106), yuqori kirish (104107 Om) va kichik chiqish (0,1’1 kOm) qarshiliklariga ega bo`lgan o`zgarmas tok kuchaytirgichi. OK ikkita kirish va bitta chiqishga ega. Chiqish va kirishdagi signallarning qutbiga ko`ra kirishlarning biri inverslaydigan (―-‖ ishorasi bilan belgilanadi), ikkinchisi – inverslamaydigan (―+‖ishorasi bilan belgilanadi) deb ataladi.
OKning shartli belgisi 55 a, b - rasmda keltirilgan. Manba qiymatlari bir – biriga teng, lekin umumiy shinaga nisbatan ishoralari teskari bo`lgan ikkita manbadan ta‘minlanadi. Bu bilan kirish signali mavjud bo‗lmaganda chiqishda nol potensial ta‘minlanadi va chiqishda ham musbat, ham manfiy signal olish imkoniyati yuzaga keladi.
Real OKlarda kuchlanish manbai qiymati ±3 V ’ ±18 V oralig‗ida yotadi. Signal umumiy shinaga ulangan simmetrik signal manbaidan 1 va 2 kirishlarga, yoki ikkita alohida manbalardan uzatilishi mumkin. Bu kirishlardan biri inverslaydigan kirish va umumiy shinaga, ikkinchisi esa – inverslamaydigan kirish va umumiy shinaga ulanadi.


  1. b)

4– rasm.



OK doim teskari aloqa zanjirlari bilan qamrab olinagan bo`ladi. Teskari aloqa zanjiri turiga ko`ra OK analog signallar ustidan turli amallarni (operatsiyalarni) bajarishi mumkin. Bunday amallarga yig`indi olish, integrallash, differensiallash, solishtirish, logarifmlash va boshqalar kiradi. Shuning uchun bunday kuchaytirgichlar – operasion deb ataladi.
OK ideal kuchaytirgich element hisoblanadi va butun analog elektronikaning asosini tashkil etadi. OK yetarlicha murakkab tuzilmaga ega bo`lib, yagona kristall yuzasida bajariladi va birvarakayiga ko`p miqdorda ishlab chiqariladi. Shuning uchun OKni diod, tranzistor va x.z. kabi elektron sxemalarning sodda elementi kabi qarash mumkin. Hozirgi kunda OKlarning yuzlab turi ishlab chiqariladi, kichik o`lchamga ega va juda arzon hisoblanadi.
Katta kuchaytirish olish uchun OKlar ikki yoki uch bosqichli o`zgarmas tok kuchaytirgichlari asosida quriladi.
5– rasmda uch bosqichli OK tuzilmasi keltirilgan.



5-rasm.
OKlarda kirish bosqichi sifatida differensials kuchaytirigich qo`llaniladi, bu kuchaytirish dreyfini maksimal kamaytirishga va ancha yuqori kuchaytirish olishga imkon yaratadi. U bilan kuchaytirgichning yuqori kirish qarshiligi, sinfaz signallarga sezgirlik va siljish kuchlanishi aniqlanadi. Oraliq (muvofiqlashtiruvchi) bosqichlar kerakli kuchaytirishni taʼminlaydilar va differensials kuchaytirgich chiqishidagi kuchlanish siljishini nolga yaqin qiymatgacha kamaytiradi. Oraliq bosqichlarda differensials kuchaytirgichlar kabi, bir bosqichli kuchaytirgichlar ham qo`llaniladi. Chiqish bosqichlari OKning kichik chiqish qarshiligi va katta chiqish quvatini taʼminlashi kerak. Chiqish bosqichlari sifatida odatda AV rejimda ishlaydigan komplementar emitter qaytargich qo`llaniladi (55 - rasmga qarang).
Birinchi avlod operasion kuchaytirgichlari, masalan K140UD1, uch bosqichli tuzilmasi sxema asosida n–p-n tranzistorlarda bajarilgan. Birinchi kuchaytirish bosqichi klassik differensials kuchaytirgichda bajarilgan (DK rasmiga qarang). Ikkinchi bosqich ham differensials kuchaytirgichda bajarilgan bo`lib, bu bosqichda BTG qo`llanilmaydi. Chiqish bosqichi A rejimida ishlaydi, yaʼni emitter qaytargich vazifasini bajaradi. Mazkur operasion kuchaytirgichlarninng kamchiligi bo`lib uncha katta bo`lmagan kuchaytirish koeffisienti (KU0=300’4000) va kichik kirish qarshiligi (RKIR4 kOm) hisoblanadi.
Aytib o`tilgan kamchiliklar ikki bosqichli sxemada yasalgan ikkinchi avlod OKlarda bartaraf etilgan. Xarakteristikalarni yaxshilash tarkibiy tranzistorlar, yuqori omli rezistorlar qo`llash va differensials bosqich yuklama rezistorlarini dinamik yuklamalarga almashtirish hisobiga amalga oshirilgan. Bir qator ikkinchi avlod OKlari maydoniy tranzistorlarda bajarilgan, buning natijasida kirish qarshiligi yanada oshirilgan.
140UD7 turdagi kuchaytirgich keng tarqalgan ikki bosqichli OK hisoblanadi. Bu OK kuchaytirish koeffisienti KU0=45000, kirish qarshiligi esa RKIR= 400 kOm.
Maʼlumotnomalarda KU0, RKIR i RChIQ qiymatlari MTAsiz OK lar uchun keltiriladi. OK chiqish bosqichini yana maksimal chiqish toki (tez ishlaydigan keng polosali OKlar uchun IChIQ,max 20 mA va quvvati katta OKlar uchun IChIQ,max 500 mA) va yuklamaning minimal qarshiligi (RYu.min 1 kOm) parametrlari ham keltiriladi.
OKning asosiy xarakteristikalari bolib uning amplituda (uzatish) xarakteristikalari hisoblanadi. Ular 6 – rasmda keltirilgan. Xarakteristikaning qiya (chiziqli) sohasi ishchi soha hisoblanadi, uning og`ish burchagi KU0 qiymati bilan aniqlanadi. UChIQ,max - maksimal chiqish kuchlanishi bo`lib, manba kuchlanishi Ye qiymatidan ozgina kichik bo`ladi.
OKning chastota xossalari uning AChXsida aks ettiriladi. Bu xarakteristikani qurishda KU0 dBlarda ifodalanadi, chastota esa logarifm masshtabida gorizontal o`q bo`ylab o`rnatiladi.

6-rasm.
OKning bunday AChXsi logarifmik amplituda – chastota xarakteristikasi (LAChX) deb ataladi. 7 – rasmda tez ishlaydigan K140UD10 turdagi OKning LAChXsi keltirilgan. fYu – chastotadan kichik qiymatlarda kuchaytirish koeffisienti 20 lg KU0 ga teng bo`ladi, yaʼni LAChX chastota o`qiga parallel to`g`ri chiziqni beradi. Kirish signalining ortishi bilan KU0 kamaya boshlaydi va f1 chastotada kuchaytirish koeffisienti birga teng bo`ladi.

7-rasm.

XULOSA
Operatsion kuchaytirgichlarning qo‘llanilish sohasi juda keng. Ularni invertirlovchi, invertirlamaydigan, jamlovchi va differensiallovchi kuchaytirgichlar, kuchlanish takrorlagich, integra­tor va komparator sifatida qo‘llash mumkin. Operatsion kuchaytirgichga ulanadigan tashqi komponentlar uning konkret qo‘llanilish sohasini belgilaydi. Xulosa qilib aytadigan bo`lsam men triggerlarning tuzilishi, ularning ishlash prinsipi, qayerlarda qo`llanilishi, nima uchun kerakligi, ularning formulalari va hakozalarni o`rgandim. Men bu mustaqil ishda shu mavzuga oid o`zimga tushunchlar hosil qilib oldim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1. Introductory Circuit Analysis. By Robert L Boylestad, Twelf th Edition Pearson New International Edition, 2014. p. 1096
2. Fundamentals of Digital Logic with Verilog Design Third edition Stephen Brown and Zvonlo Vranesic 2014, p.864
3. Digital Principles and Logic Design, A.Saha, N, Manna., Infinity Science Press LLS.2007, p. 506
4. Digital Electronics: Principles, Devices and Applications Anil K.Maini. John Wiley&Sons Ltd, 2007
5. Grob`s Basic Electronics/ Schultz, Michel E. -11 th ed. 1233 p.
6. Baker, R. Jacob, CMOS: circuit design, layout, and simulation/ Jaker Baker. 3 rd ed 2010 1214p
7. Digital design principles and practices John F.Wakerly 3rd ed Prentice HALL 795 p.
8. Jona than W.Valvano Embedded Microcomputer System./ Real Time Interfacing CenGaga Learning ISBN13, Boston 2012.
9. Krzysztof Iniewski Embedded Systems, Hardware, Design, and Implementation. CMOS Emerging Technologies Research
10. Willey A JohN Wiley & Sona. Ins Publication 2013 369 p.
Internet saytlari.

  1. www.intuit.ru

  2. http://tuitfiles

  3. http://www.kgtu.runnet.ru

  4. http://www.piter.com

  5. http:// www.ciscopress.ru

http:// www.williamspublishing.com





Download 100,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish